Buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix10.02.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (2)

 
Mas’ul muharrir: 
 
Qosimov F.M 

BuxDU boshlang’ich ta’lim metodikasi 
kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
A.R.Hamroyev

pedagogika fanlari doktori.
 
 
X.I.Ibrohimov 

pedagogika fanlari doktori, professor
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2020 yil ________________dagi _____________-son 
majlisninig qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.
 


KIRISH 
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga 
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, 
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni 
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish 
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash 
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, 
ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va 
o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilgan. 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi 
uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, 
boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi 
kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi. Shuni hisobga olgan 
holda O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: 
“Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv 
yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga 
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur
……… 
……Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq 
belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la 
taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta 
ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. 
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda 
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar 
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion 


tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta 
ko‘rib chiqish kerak.”
1
Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, 
psixologiya va fanlarni o‘qitish metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy 
texnologiyalardan xabardor shaxs bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu 
jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim 
tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta mas’uliyat, 
bilim, mahoratni talab etadi. 
1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o’rta ta’lim maktab matematika 
fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o’qitilishini eng 
zamonaviy talablar darajasiga ko’tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga 
keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo’lgan elementar, 
tushunchalar shu sinflarda singdiriladi. 
Mazkur o’quv qo’llanmada matematika o‘qitish metodikasi fanining 
predmeti, maqsad va vazifalari, printsiplari, ta’lim metodlarining tasnifi, vositalari, 
o’qitish shaklalari, pedagogik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik 
va axborot texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va 
malakalarini tashxis etish masalalari yoritilgan. 
Qo’llanma boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishida tahsil 
olayotgan bakalavr va magistr talabalari, boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 
mo’ljallangan. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə