Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə5/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.

Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.


Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:
«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risi-da xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
«Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Birinchi mustaqil auditorlar XIX asrda, Evropadagi yirik aktsionerlik kompaniyalarida vujudga kelgan.
Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar to’g’risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aktsioner kompaniyalari bir yilda bir marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va aktsionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi.
1-jadval.
Moliviy nazorat va uning turlari




Nazoratning qo’llanish doirasi

Yuridik shaxsga nisbatan nazorat shakli

Nazorat sub’ektlari

Nazoratni olib boruvchi
shaxs yoki organ

1

Boshqaruvdagi nazorat (keyinchalik)
X1X asrlarga kadar

Tashqi

Dalat nazorati
(keyinchalik)

Davlat Boshqaruvidagi mutaxasis xodimlar

2

Moliyaviy nazorat
(Dastlabki, joriy va keyinchalik)

Ichki

Taftish va nazorat guruxlari

Buxgalter –iqtisodchi mutaxasislar

Ichki audit bo’limi

Malaka sertifikatiga ega auditorlar

Tashqi

Davlat nazorati

O’z.R. Hisob palatasi,
O’z.R. Moliya vazirligi,
O’z.R. Soliq qo’mitasi,
O’z.R. Bojxona qo’mitasi,
O’z.R. Prokuraturasi va boshqa yuridik tashkilotlar mutaxasislari

Bank va birjalar nazorati

mutaxasislar

Moliyaviy yuridik ekspertiza

mutaxasislar

Tashqi audit

Malaka sertifikatiga ega auditorlar

Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar xizmatiga bo’lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bo’lib xizmat qila boshladi.


Angliyada auditorlar deb moliyaviy hisobotning ishonchliligini nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, shu jumladan davlat tashkilotida ishlayotgan mutaxassislar ham hisoblanadi. Frantsiyada mustaqil moliyaviy nazorat bilan shug’ullanuvchi ikki professional tashkilot buxgalter ekspertlar ularning vakolatiga bevosita buxgalteriya hisobini, hisobot tuzish ushbu doirada konsalting xizmatlari ko’rsatish hamda moliyaviy hisobot ishonchliligini nazorat qiluvchi schetlar bo’yicha komissarlar mavjud. AQShda moliyaviy hisobotning ishonchliligini tekshiradigan diplomli jamoat buxgalterlari mavjud.
Rivojlangan barcha davlatlarda buxgalter auditor mutaxassisligini egallashga hohish bildirganlar uzoq yillar davomida o’qishi amaliyot bilan shug’ullanishi va ko’plab imtihonlarni topshirishlari lozim.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə