Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə14/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

4.2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-larida nazarda tutilgan tartibda o’tkazilishi mumkin.


Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada belgilab qo’yiladi».
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroriga ko’ra o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib qo’yishi mumkin:

  • buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash;

  • butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining ahvolini nazorat va tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi bo’yicha ish yuritishni tashkil etish;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;

  • hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baholash;

  • soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar ahvolini tekshirish va h. k.

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq dav-lat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari hisob obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aktsiyadorlarning korxona moliya-xo’jalik faoliyatining ahvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining o’zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqurlashtirilishi munosabati bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k. Bunday muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə