Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-jadval. Auditning vujudga kelish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

2-jadval.
Auditning vujudga kelish



1

Boshqaruv nazoratining tashkil etilishi

Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) teritoriyalarda nazorat olib borgan


Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi (kvestor) teritoriyalarda nazorat olib borgan

2

Audit atamasining ishlatilishi

1324 yil Angliya kiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» lug’atiy mazmuni –u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat territoriya boshliqlari moliyaviy ishlar bo’yicha hisobot berishni bilmagan.


1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy munozaralarni tekshirish uchun belgiladi

3

Davlat miqyosida
majburiy auditning kiritilishi
(qonun bilan belgilanishi)

1862 yili Angliyada, 1867 yili Fransiyada, 1931 yili Germaniyada, 1937 yili AQShda, 1982 yili Xitoyda, 1987 yili Rossiyada 1992 yili O’zbekiston Respublikasida



Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:


Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. (3)
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3).
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjat-larida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə