Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə6/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari
Muzokara – bu, biron-bir masala yuzasidan kelishuv jarayonidir. Bu jarayonda, odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o‘z manfaatini amalga oshirishni ko‘zlaydi. Manfaatlari turlicha bo‘lishiga qaramay, umumiy faoliyat olib boruvchi tomonlar ma’lum qoidalar doirasida harakat qilib, o‘zaro qoniqtiruvchi va hamma tomonga ma’qul yechim ustida ish olib boradilar. Aynan shu umumiy faoliyatning mavjudligi manfaat va maqsadlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini tug‘diradi. Shuning uchun ham, muzokara orqali maqsadga erishishni hohlovchi rahbar bu jarayonga xos tomonlarni, qolaversa, xususiyatlarni bilishi va kezi kelganda ularni boshqara olishi lozim.
Rahbar faoliyatida muzokara. Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayrim ziddiyatli holatni ijobiy yo‘nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb etishdagi qulay pozitsiyani qo‘lga kiritishga va hatto ziddiyatdagi tomonlarni yarashtirish yo‘lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo‘llaniladi. Shu bois, rahbar muzokara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni bilishi, ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Muzokara bu, nafaqat biron masala yuzasidan fikr almashish, balki muzokara ishtirokchisi bo‘lmish rahbar orqali uning tashkiloti haqida xulosa chiqarish manbai hamdir. Demak, muzokara olib borish mahoratiga ega rahbar hatto o‘rtame’yona tashkilotni ham boshqa raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham ega. Ushbu jumlalarni o‘qigan o‘quvchida muzokara bu, yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatish mahorati emasmikan, degan fikr tug‘ilishining mutlaqo tarafdori emasmiz. Rahbar o‘z tashkiloti imkoniyatlari, uning kuchli tomonlarini yaxshi tasavvur qila olishi va bu xususiyatlarni yanada ijobiy tarzda taqdim eta bilishi lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni, kelajakka katta umid bilan qarashni va shaxsning muvaffaqiyatga yo‘nalishini ifodalaydi.
Muzokaralar turli sharoit va tomonlar ishtirokida o‘tadi. Bu esa, muzokaraning oson kechmasligini, bu jarayon davomida turli-tuman kutilmagan omillar ta’siri mavjudligini asoslaydi. Odatda muzokara har qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot, munosabatlar, tadbirlar (qoidalar, muhokama tartibi, protokol). Muzokaraning jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb ahamiyat kasb etadi va muzokara natijasining hal etishga o‘z ulushini qo‘shadi. Masalan, muzokaraga oldindan tayyorlanish, hamma xujjatlarni batafsil o‘rganib, mulozamat qoidalarini o‘rniga qo‘yib ijro etish mumkin, lekin hamsuhbatimiz milliy xususiyatiga oid ba’zi jihatlarga e’tiborsizligimiz butun urinishimizni zoe ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash mumkin. Lekin bu jarayonning ichki tomoni ham borki, unda muzokaraga tayyorlangan tomondan qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish;

  • masalaga yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga ega bo‘lish;

  • o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish;

  • birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas’uliyat uyg‘otish.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosdir.
Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ichki yoki tashqi turlarga bo‘linishi mumkin. Ichki muzokaralar – tashkilot ichidagi muammoga yo‘nalgan bo‘lib, ushbu muzokarani qo‘llash zarurati mazkur sharoitda boshqaruvning odatiy uslublari o‘z kuchini yo‘qotganligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari tashqi muzokara ham mavjud va u o‘z navbatida bir necha darajaga bo‘linishi mumkin: mamlakat doirasidagi sohada, sohalararo va xalqaro muzokaralar. qayd etilgan pog‘onalarga qanchalik yuqori ko‘tarilsak, bunda amalga oshuvchi muzokaraning ahamiyati ham shunchalik oshib boraveradi. Xo‘sh, qanday holda muzokaraga murojaat etiladi va qay sharoitda muzokarasiz ham ish ko‘rish mumkin. Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija bermaydi; masalaning yechimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal etish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda. Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va ular muzokara shakliga ko‘ra turlicha mazmunga ega. Masalan, xalqaro munosabatlar sohasidagi muzokaralar aniq qayd etilgan qoida va me’yoriy tomonlariga ega bo‘lsa, xo‘jaliklararo uchrashuvlar doirasidagi ko‘pgina uchrashuvlar tomonlarning qo‘l siqishi orqali ham tasdiqlanib ketaveradi. Lekin muzokara qay darajada amalga oshirilmasin uning natijasi kelishuvdan va ushbu kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə