Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Muzokara yakuniga salbiy ta’sir etuvchi psixologik omillar



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə8/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Muzokara yakuniga salbiy ta’sir etuvchi psixologik omillar. Qaror qabul qilish jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi psixologik omil sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
Yuzaga kelishi kutilayotgan noma’lum sharoitdan qo‘rqish. Kelajakda nima bo‘lishini bilmaslik va bunday noma’lumlikni qanday qilib hal etish muammosi to‘g‘ri yechimni kechikib qabul kilishga olib keladi. Ayni sharoitda eng maqbul vositalardan biri kutilayotgan muzokarga ijobiy munosabatda bo‘lishdir. Notanish vaziyatda ishonch bilan harakat qilishning asosiy usuli - ijobiy tarzda fikr yuritishdir.
O‘zga tomonning tasodifan qarshilik ko‘rsatishi. Bir qaraganda tekis o‘tayotgan muzokara ishtirokchisi uchrashuv oxirlagan paytda yana qarshilik ko‘rsatishi har qanday odamni g‘azabga, ham sarosimaga soladi. Bunday vaziyatda davomli pauza saqlash orqali munosabatga bir oz masofa kiritish maslahat beriladi. Chuqur nafas olib, xotirjam holatda sabru toqatda ba’zi iboralarni takrorlash orqali («Men xotirjamman», «O‘zimni o‘z qo‘limda ushlab turibman», «Vaziyatni to‘la-to‘kis boshqarayapman») nafaqat o‘zimizni, balki xavotirda turgan o‘zga tomonning kayfiyatida ham o‘zgarish paydo qilolamiz va suhbatni davom ettirish poydevorini qayta tiklaymiz. Vaziyat bir oz osoyishtalanib, ruhiy ishonch qaytgandan so‘ng o‘zga tomonga uni nima bezovta qilayotgani, nega kayfiyati birdaniga o‘zgargani haqida savol bilan murojaat etish mumkin. Aynan shu uslub orqali mavjud zo‘riqish sababini aniqlash va uni bartaraf qilish imkoniyati tug‘iladi.
Kutilmagan fikr va takliflar. Odatda tomonlar muzokaraga tayyorlanar ekan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hamma yechim variantlarini ko‘rib chiqadilar. Bu jarayonda o‘zga tomon ayni yechimga qanday munosabatda bo‘lishi haqida bosh qotiriladi. Lekin, bu taxminlar doim ham muzokara ishtirokchisini qoniqtirmasligi aniq va aksincha, ba’zan muzokara mantig‘iga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan fikr va taklif bilan chiqish hollari ham uchrab qoladi. Bunday vaziyatda muzokara ishtirokchisidan o‘zga tomonni to‘laroq tushunishga, yangi yechim tafsilotini aniqlashga intilish kuzatilgani ma’qul. Bizning tafakkurimiz odatda, noan’anaviy va tasodifiy yechimlarga darhol o‘z tug‘yonini namoyish qiladi. Psixikaning bunday xususiyatini bilish, kezi kelganda uchragan qiyinchilikni tezda yengib o‘tish va faollikni yanada oshirish imkonini beradi. Demak, kutilmagan taklifni iloji boricha puxta o‘rganish va uni asoslovchi dalillarni talab etish lozim. Bunday vaziyatdan qutulish imkonini beradigan yana bir usul qat’iyyatdir. Bu uslub, o‘zga tomonning ba’zi kamchiligi tufayli uzilib qolishi kutilayotgan muzokarani oxiriga yetkazishga va hatto muvaffaqiyatli yakunlashga asos bo‘ladi.

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə