Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə15/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Yuqori Adekvat Past
baholash baholash baholash

2.7.2 Chizma. Shaxsning o‘z-o‘zini baholash darajalari



Psixologlarning fikriga ko‘ra, insondagi o‘z-o‘zini baholash darajasi 0,75 qiymatda bo‘lganda optimal hisoblanadi.2 Bunday holat insonning o‘z oldiga doimo imkoniyatidan yuqoriroq maqsadlar qo‘yish va doimo o‘z-o‘zini takomillashtirishga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
O‘z-o‘zini baholashning negizi oilada shakllanadi deb ta’kidlab o‘tilgan edi. Ota-onaning farzand qobiliyatlarini baholashlari asta-sekin bolaning o‘z qobiliyatini o‘zi baholashiga aylanaadi. Ota-ona farzandi qobiliyatini yuqori baholashi bola yutuqlarini qayta-qayta eslatishda, uning biron ishni boshlashi va yakunlashiga ishonch bildirishda va dastlabki xatolarni iloji boricha tanqid qilmaslik orqali ifodalanadi.
Bolada o‘z-o‘ziga ishonchning pastligi esa mutlaqo teskari oilaviy muhitda kuzatiladi. Bolaning har bir kamchiligiga e’tibor qaratish, uni mustaqil harakatlariga ishonchsizlik bildirish, bola uddalayotgan ishidagi yutuqlar o‘rniga kamchiliklarni ko‘rish unda haddan ziyod tanqidiylikni va o‘z-o‘zini past baholashni shakllantiradi. Farzandni mana shu ikki qutb o‘rtasidagi optimal nuqtada ulg‘aytirish bo‘lajak rahbar muvaffaqiyatining asosini tashkil etishi ehtimoldan holi emas.
Ota-ona va farzand munosabati modellari. Ota-ona o‘z farzandiga bo‘lgan munosabati bola ulg‘ayishi bilan o‘zgarib boruvchi jarayondir. Farzand ulg‘ayishi va ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi bilan ota-ona uni o‘zlari kabi inson sifatida idrok qila boshlaydilar, unga jamiyatning mas’ul fuqarosi sifatida murojaat etadilar. Shaklan shunday amalga oshuvchi munosabatlar asosida mazmunan chuqur psixologik muammolar ham o‘rin olishi mumkin. Farzand ulg‘aygan sari unga mustaqil tanlovni amalga oshirish imkonini bermayotgan, farzandining ulg‘ayganini payqamay haligacha «yo‘rgak»lashga urinadigan ota-onalarni uchratish qiyin emas. Ularning nazdida farzandlari hali ham ularning yordamiga muxtoj, mustaqil hayotdan kuchli dakki yeb qoladiganday va hatto bee’tibor qoldirilsa yeyishga non topolmaydi, degan ta’kidni ham eshitish mumkin.
Oiladagi bunday munosabatlarning shakllanishini tahlil etish mashhur psixolog Erik Bern yaratgan tranzaksiyalar nazariyasi orqali davom ettirilishi mumkin.



11 Р.И.Мокшанов. Психология переговоров. М., 2002

11 Низолар мавзусидаги «СЕН-МЕН маълумот» услубига қаранг

1 М. Фейнберг

2 Методики психодиагностики в спорте

Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə