Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Oila tarkibi va shaxs xislatlari



Yüklə 88,17 Kb.
səhifə14/15
tarix30.05.2023
ölçüsü88,17 Kb.
#114384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4. Boshqaruvda qarorlarni qabul qilish

Oila tarkibi va shaxs xislatlari. Oila kichik guruh sifatida millat va hududga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. O‘zbek oilalariga xos xususiyatlardan biri – uning ko‘pfarzandliligi va ko‘p tabaqaligidir. Ko‘p tabaqalilik deganda bir oilada bir necha avlod vakillarining birgalikda hayoti nazarda tutiladi. Masalan, ota-ona, farzand va nevara-evaralarning birga yashashi. Oilaning bunday tarkibi bola ulg‘ayishida, farzandning ijtimoiy muhit bilan munosabatlar qurishida o‘ziga xos tarzda ta’sir etadi. Xususan, ko‘p avlodli oilalarda ulg‘ayuvchi farzandlarda kattalarga izzat, e’tibor shakllanishi uchun qulay omillar mavjud. Bunday oilalarda bola ierarxik munosabatlar tizimini tez o‘zlashtiradi. Bunday muhit guruh ishtirokchilarining yoshiga qarab munosaabt qurishda, shaxsning guruhdagi ijtimoiy mavqeini tez ilg‘ash va shunga muvofiq munosabat qurishga kuchli ta’sir etadi.
Oiladagi farzandlar soni ham bola xarakterida o‘z aksini topadi. Tahlilimizni uch farzandli oila misolida davom ettirishimiz qulay. Odatda to‘ng‘ich farzandga oiladagi tashkiliy masalalar yuklatiladi va bunday vaziyat bolada mas’uliyat hissi erta shakllanishiga imkon yaratadi. Odatda, oiladagi to‘ng‘ich farzand uka-singillarga bosh, ota-onaning o‘rniga mas’ul va kezi kelganda ota-ona topshirig‘iga binoan kichiklarga yetakchilik qiladi. Bunday sharoit bolada tashkilotchilik qobiliyatining erta shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oiladagi o‘rtancha farzandning mavqei o‘zgacha. Odatda ota-ona unga birinchi farzand kabi e’tibor ajratisha olmaydi. Oilalarni o‘rganish davomida to‘ng‘ich va o‘rtancha farzand o‘rtasidagi munosabatlarda kelishmovchilik hollari ko‘p uchrashi kuzatilgan. Bunday muhitda esa, o‘rtancha farzandda nizoga moyillik shakllanishining ehtimoli ko‘payadi.
Oilada kenja farzandning mavjudligi vaziyatni yanada keskinlashtiradi. Odatda oilaning erkatoyi bo‘lmish kichik farzand ota-onaning e’tiborini o‘ziga tortadi, katta aka va opalardan esa unga deyarli o‘yindan boshka yumush qolmaydi. Bunday muhit kenja farzandda atrof-muhitga bir oz yengilroq, xatto o‘yinomuz munosabatda bo‘lishga asos yaratishi mumkin. Albatta, ushbu tavsiflarni mutlaqo haqiqatga yo‘yish xato bo‘lardi. Lekin, ko‘p farzandli oilaga xos bo‘lgan ichki guruhiy dinamika bolada u yoki bu xarakter xislati shakllanishi ehtimolini oshiradi. Ko‘p farzandli oilaviy muhitda shakllangan xislatlar esa albatta shaxslararo munosabatlarda o‘z aksini topmay qo‘ymaydi va inson mehnat faoliyatiga qadam qo‘yganda jamoa a’zolari bilan bo‘ladigan munosabatlarni shakllantirishda o‘z aksini topadi. Amerikadagi bir qancha ilg‘or tadbirkorlar biografiyasini o‘rganish natijasida ularning ko‘pchiligi oilada to‘ng‘ich farzand ekanliklari haqida ma’lumotlar mavjud.
Shaxsning o‘z-o‘zini baholashi. Oilaviy muhitda shaxsning asosiy xarakter xislatlariga asos solinadi. Bu xarakter xislatlari esa ulg‘aygan farzandning mehnat jamoasiga kirib borishida va hatto rahbarlik faoliyatini amalga oshirishda ham o‘z aksini topadi. Mana shunday xarakter xislatlaridan biri shaxsning o‘z-o‘zini baholashidir.
O‘z-o‘zini baholash deganda insonning biron muammoli vaziyatga nisbatan o‘z kuchi va qobiliyatlarini moslashtirish jarayoniga aytiladi. Shaxs qarshisidagi masala yechimining murakkabligini aks ettirgan holda va bu yechimni o‘z imkoniyatlari bilan qiyoslagan holda o‘z-o‘ziga yuqori, adekvat-mos yoki past baho berishi mumkin. Yuqori baholash xususiyatiga ega kimsa o‘zini har qanday masalaning uddasidan chiqa oladiganday tutadi, o‘z kuchi va qobiliyatiga haddan ziyod ishonadi. Adekvat ravishda o‘zini baholash darajasidagi odam esa yechimni o‘z qobiliyati va imkoniyati bilan haqqoniy tarzda taqqoslay oladi, o‘z mas’ulligiga keragidan ortiq vazifani qabul qilmaydi. O‘z-o‘zini past baholash xususiyatiga ega inson o‘z kuchi, qobiliyati va imkoniyatiga yetarli darajada ishonmaydi. Bunday kimsa juda qobiliyatli bo‘lishi mumkin, lekin o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatning kuchliligi natijasida undagi mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay olmaydi.
Shaxsning o‘z-o‘zini baholashi xislati rahbar faoliyatidagi muhim psixologik omillardan biridir. Rahbar o‘z qarshisidagi masalani yecha olish yoki olmasligi, qanday muddatlarda ko‘zlangan maqsadga erishishi va hatto lavozimdagi o‘sishni rejalashtirishda ham o‘z-o‘zini baholashi xususiyatidan kelib chiqadi. Shu munosabat bilan shaxsning o‘z-o‘zini baholashi adekvat darajadan sal yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Odatda, shaxsning o‘z-o‘zini baholash metodikalarida qayd etilgan darajalar quyidagi qiymatlarda ifodalanadi:


+1 + 0,5 0 - 1



Yüklə 88,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə