Boshlang’ich sinf o’qituvchisi uchun interaktiv metodlar va o’quvchilarni darsga jalb qilish axmedova Dildora Boboqulovna



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#163299
1   2   3   4   5   6   7
Axmedova Dildora Boboqulovna


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

548 
olamni anglashga urg’u beriladi.shuning uchun ham ,,O’qish kitobi” atrofimizni o’rab 
turgan olam, ona tabiat, Vatanimiz bugungi qiyofasi va undan oldingi tarixi, bolalar va 
kattalar hayoti, qadriyatlarimiz, mehnatsevarlik, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli 
mavzular buyicha tushuncha berish uchun tabiiy, ilmiy ommabop ham ahloqiy- ta’limiy 
asarlar kiritiladi. 
Boshlang’ich sinflarning O’qish darslarida o’rganiladigan asarlarning mavzu doirasi 
ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy 
bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzularda yig’ilgan. O’qish 
darslari uchun tayyorlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni 
mustahkamlash va insoniy munosabatlar buyicha bilim va tarbiya berishga qaratilgan. 
Shuningdek bular ichida vatan, istiqlol, ma’naviyat, tabiat haqidagi mavzular ajralib turadi. 
Ulardan ko’zda tutilgan maqsad shundaki o’zligini anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan 
bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir.darslikdagi har bir mavzu uchun tanlangan matnning janriy 
rang barangligi, o’quvchilarning bilim darajasiga va yosh hususiyatlariga mos kelishiga 
hamda, poyetik mukammalligiga alohida e’tibor berish kerak.o’qituvchi oldidagi muhim 
vazifa shundan iboratki, o’quvchilar darsliklar orqali o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va 
malakalarining kelajak hayotlarida zarur bulishini tushunib yetishlariga erishish. 
Umuman olganimizda, Boshlang’ich sinf o’qish darslari oldiga quyiladigan didaktik 
vazifalar quyidagilardan iborat. 
1.o’quvchilarda yahshi o’qish sifatlari: tug’ri, tez, ongli, ifodali o’qishlarini 
shakllantirish; 
2.o’quvchilar kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o’rgatish, 
kitobga muhabbat uyg’otish, ularni oddiy kitobhondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor 
kitobhon darajasiga ko’tarish; 
3.o’quvchilarning atrof muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy 
dunyoqarashlarini shakllantirish; 
4.o’quvchilarni ahloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash; 
5.O’quvchilarning bog’lanishlari nutqini va adabiy estetik tafakkurini o’stirish; 
6.O’quvchilarning hayolat olamini boyitish; 
7.elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. 
Shuningdek har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va metodik usullari mavjud 
bo’lib, bular o’zaro bog’liq xolda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari yordamida 
o’quvchilarga yetkazish.O’quvchilar esa uni o’zlashtirish natijasida undan foydalanish 
qobiliyatiga ega bo’ladi. 
O’rganish 
jarayonida 
o’quvchilar 
o’zlashtirishning 
turli 
ko’rinishlaridan 
foydalanadilar, ya’ni, o’zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, hamda 
amaliyotga tadbiq etish o’ziga xos farqlarga tayanadi.Ta’lim jarayonida o’qituvchi va 
o’quvchilarning dars paytidagi hamkorligi, o’quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan 
tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari xal etiladi. 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə