Boshlang’ich sinf o’qituvchisi uchun interaktiv metodlar va o’quvchilarni darsga jalb qilish axmedova Dildora Boboqulovna



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#163299
1   2   3   4   5   6   7
Axmedova Dildora Boboqulovna


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

547 
bironta ham o’quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o’zlarining shahsiy fikrlarini 
bemalol qo’rqmasdan bayon eta oladilar. O’quvchilar ko’rgan, eshitgan, idrok qilgan 
narsalarini zo’r qiziqish bilan bayon eta oladilar. Bolalarda darsga bo’lgan qiziqish va havas 
ham oshadi. Hamda o’zaro bir-biriga do’stona munosabatlar xosil bo’ladi.Bir-birlari bilan 
o’zaro fikr almashadilar. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh hususiyatlari, 
savodxonlik darajalari, tabiatlariga qarab turli hil didaktik o’yinlar va metodlardan 
foydalaniladi. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o’yinlarda olib boorish haqida gapiramiz: 
Interfaol metodlar o’quvchi faoliyatini jadallashtirib faollashtiradi.Bunda o’quvchilarning 
shahsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqaradi. 
Interaktiv o’yinlar – nazariy, amaliy, rolli, jismoniy, ishchanlik va bir qancha turlarga 
bo’linadi.Bunda o’quvchilar ulchash, hisoblash, tahlil qilish, sinash, solishtirish, xulosa 
chiqarish, nutq o’stirish, mustqail qaror qabul qilish kabi bilimlarni takomillashtiradi. 
Hozirda amaliyotda qullanilayotgan ta’lim metodlari rang-barang va hilma-hildir. 
Boshlang’ich sinflarni o’qitishda asosan – so’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib 
tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi. Rolli o’yinlar va 
didaktik o’yinlar metodi ham juda qo’l keladi. 
Bugungi kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining 
samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy tehnikalarni qo’llash borasida katta tajriba 
asoslarini tashkil etuvchi – interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv 
metodlarning turlari ko’p bo’lib, ta’lim tarbiya jaratyonining deyarli hamma vazifalarini 
amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. 
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar 
tushuniladi. Bu metodlar qullanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga 
chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.ta’lim oluvchi markazda 
bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. 
I1.Ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish; 
2.Ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi; 
3.Ilgari ortirilgan bilimlarni ham e’tiborga olinishi; 
4.Ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi; 
5.Ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi; 
6.Amalda bajarish orqali o’rganilishi; 
7.Ikki taraflama fikr – mulohazalarga sharoit yaratilishi. 
,, Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi 
muqarrar” degan edi prezidentimiz I.A.Karimov. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifasiga ko’ra 
ta’limda o’z o’rniga ega. Sababi uning negizida savodxonlik va ahloqiy ta’lim tarbiya asoslari 
yotadi. Shuning uchun ham o’qish ta’limisiz, boshqa ta’limni tasavvur qilib bulmaydi. O’qish 
darslarida o’quvchilarimiz ilk bor matnni to’g’ri o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan rubaro 
bo’ladi.aynan o’qish ta’limda o’quvchining avvalo insonligini, ya’ni o’zligini qolaversa 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə