Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Maktabgacha tayyorlov guruhi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Maktabgacha tayyorlov guruhi. 
Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o'ziga xos 
xususiyatlari bolalarga ko'prod mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdari 
iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bil
 
qismi bolalarga oldindan beriladi. 
Tarbiyachi bularni bolalarga ba'ziba'zida eslatib turadi. Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiya chi 
savoltopshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan 
nimasi bilan farq qiladi?» «Bog'chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda 
sarg'ayganmi?» va shu kabilar. Ko'pincha savollar faqatgina bolalar ba'zi bir murakkabliklarga 
uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi. 
Tayyorlov guruhi bolalari o'z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba'zan esa asboblar — 
termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini oichash uchun va shu kabi)lardan 
foydalanishlari mumkin. 
3. Amaliy metod va uning turlari (3.1 –shakl) 


O'yin. 
Tabiatning oddiy hodisa va tasawurlarini kengaytirish maqsadida o'tkaziladigan 
kuzatishlar bilan bir qatorda xilmaxil o'yinlardan keng foydalaniladi. Bu o'yinlarda bolalar 
sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o'zlashtiradilar. Bolalarni tabiat 
bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o'yinlardan foydalaniladi. 
Didaktik o'yinlar. 
Didaktik o'yinlarda bolalar o'zlarida tabiat dagi narsa va hodisalar
hayvonlar va o'simliklar haqida mavjud bo'lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar
kengaytiradilar. Ko'pgina o'yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o'rgatadi. 
Didaktik o'yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o'sishiga yordam beradi, yangi 
sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlaridan foydalanishga o'rgatadi, turli aqliy jarayonlarni 
faollashtiradi, lug'atni boyitadi, bolalarda birgalikda o'ynash ko'nikmasini tarbiyalashga yordam 
beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stolbosma va og'zaki didaktik o'yinlardan 
foydalaniladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə