Biyiklik keldi himmatdin nishona – Ki, himmatsizni past etti zamona. Ulug‘lik himmat nishonasidir. Himmatsiz kimsalarning qadr-qiymatini zamona pastlashtirdi. 2 Dedi



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#155041
1   2   3
2 40 bayt Farhod va Shirin dan

Qaro tilni
demakdin bir zamon chek,
Desangkim bormag‘ay boshing qalamtek

Qaro tilni befoyda so‘zlar aytishdan bir zamon to‘xtat, toki boshing qalamdek yo‘nilgan, boshi olingan holda bormasin, taning boshshiz qolmasin desang.


13
Baqo
ayvoni ko‘p oli emastur,
Havodisdin jahon xoli emastur.

Bu dunyo boqiy. Abadiy emas, jahon turli-tuman hodisalar, evrilishlardan xoli, bo‘sh emas.

14
Kishi har muddaodakim ko‘rar sud,
Yaqin ermas ani tormog‘da behbud.

Inson o‘zining har maqsad-muddaosida foyda bor, to‘g‘ri deb biladi. Ammo maqsadiga yetganida, izlaganini topganida hamisha ham xayrli bo‘lib chiqavermaydi, yaxshilik bilan tugamaydi. Kishining yaxshilik deb o‘ylagani o‘ziga yomon yoki aksincha bo‘lishi mumkin.


15
Kichiklarga
kichikdur umr asosi,
Ulug‘larg‘a ulug‘roqdur qiyosi.

Yoshi kichik bo‘lgan odamning hayotiy tajribasi oz, katta yoshdagi odamning esa hayotiy tajribasi yoshlarnikiga qaraganda ulug‘roq, ko‘proq bo‘ladi. Chunki ular umrida ko‘p narsa ko‘rgan bo‘ladi.

16
Jahonda
har kishikim bir ishi bor,
Ishida ul kishining varzishi bor.
Bu olamda har bir kishining o‘z ishi, kasb-kori bor. Va albatta, ana shu ishning mashqini olgan, ko‘nikma va malaka hosil qilgan bo‘ladi.

17
Gar o‘lsa


chorag‘a taqdir mone’,
Kerak bo‘lmoq qazo hukmig‘a qone’.
Agar sen bir ishga chora qilsang-u, taqdir uning sen kutgan natijani berishiga monelik qilsa, qismatga rozi bo‘lish, sen xohlagandek bo‘lmaganidan ortiq darajada qayg‘urib sog‘liginga zarar yetkazmaslik kerak.

18.
Majoziy


ishq bo‘ldi subhi anvar,
Haqiqiy ishq anga xurshedi xovar
Majoziy ishq- insonning insonga bo‘lgan muhabbati yorug’ tongdir, Haqiqiy ishq – insonning Allohga bo‘lgan muhabbati esa Quyoshdir.

19
Qay-u


uy ichra bo‘lsa shu’la mavjud,
Emasdur uyga boki gar chiqor dud.
Qaysi uyda o‘tning shu‘lasi bo‘lsa, bu uydan dud, tutun chiqsa ajab emas. Mushkni yashirsang isi oshkor qiladi.

20


Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə