Biyiklik keldi himmatdin nishona – Ki, himmatsizni past etti zamona. Ulug‘lik himmat nishonasidir. Himmatsiz kimsalarning qadr-qiymatini zamona pastlashtirdi. 2 Dedi



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#155041
1   2   3
2 40 bayt Farhod va Shirin dan

Hunarni
asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir!
Hunarni asrab, uni ishlatmay nima qilaman, egallagan hunarimni o‘zim bilan tufroqqa olib ketamanmi?

21
Ki, ey farzand,


bir dam tut o‘zungni,
Dame asra ko‘ngul birla ko‘zungni!
Ey farzand,o‘zungni tut, ko‘ngul bilan ko‘zungni asra. Ko‘ngling har narsaga orziqib ketavermasin, o‘tkinchi dunyo ko‘nglingga kirmasin, o‘ziga shaydo qilmasin. Ko‘zing haqqi bo‘lmagan narsalarga, besharm narsalarga qaramasin.

22
Bu dam


gar torsa hushung rishtasi pech
Bo‘lur bu necha yil qilg‘on ishing hech.
Agar aql-hushing rishtasi chigallashib, noto‘g‘ri qadam bossang, necha yil qilg‘on ishing hech bo‘lib, zoye bo‘ladi, yillab yiqqan obro‘-e’tiboringdan ayrilasan? elda sharmanda bo‘lib, yomonotliq bo‘lasan.

23
Birov


jonig‘a qilg‘ay qasdi nohaq,
Evaz bu nav’ yetkurg‘ay anga Haq

Birovning joniga nohaq qasd qilgan kishiga Haq Taolodan xuddi shunday evaz yetadi – uning joniga ham boshqa kimdir nohaqdan qasd qiladi.

24
Chu
bo‘lmas razm ila olmoq muqarrar,
Magar tadbir ila o‘lg‘ay muyassar.
Razm – urush, jang, g‘avg‘o bilan olib bo‘lmaydigan, erishishmuqarrar bo‘lmagan narsaga tadbir bilan, muzokara, kelishish bilan muyassar bo’linadi.

25

Kishiga


har nekim kelgay qazodin,
Davoye yaxshiroq yo‘qtur rizodin.

Kishiga taqdirdan nima kelsa unga rozi bo‘lishdan yaxshi davo yo‘q.

26

Jahondin


rahrav ersang bog‘la mahmil
Ki, osoyish yeri ermas bu manzil.

Jahonda yo‘lovchi kabi bo‘l, tuyaga yukingni bog‘la, chunki bu foniy manzil osoyish yeri, maskan qilib abadiy yashaydigan yer emas.

27

Kishining


necha ko‘prak gavhari pok,
Aning bedodidin ko‘prak alamnok.
Kishining gavhari, qimmatbaho narsalari, mol-mulki qancha ko‘p bo‘lsa, ularning sababidan shuncha alamnok, qayg‘uda bo‘ladi.

28
Sitamdin


bas ilikni chekmak avlo,
Vafou mehr tuxmin ekmak avlo.
Birovga jabr-u-sitam qilishdan qo‘lni tortgan yaxshi. Insonlar qalbida vafo-u mehr tuxmini ekgan yaxshidir.

29
Chu mazra’


ichra sochting har ne dona,
Hamul dona, ko‘targung jovidona.
Mazra- ekinzorga nima sochsang, qanday urug‘ eksang, undan shuning hosilini ko‘tarasan, hamisha yaxshilik eksang, yaxshilik, yomonlik urug‘ini eksang yomonlik hosilini o‘rasan, mahsulidan o‘lmas hech kimsa qocha olmaydi. Shuning uchun yaxshiliq tuxmini sochmoqkerakdir.

30
Xirad


har kimgakim, Haqdin atodur,
Bu ishda e’tiroz etmak xatodur.
Aql har kimga Allohning atosi, berganidir. Bu ishda e’tiroz qilish, men o‘zim harakatim bilan aqlli bo‘ldim deyish xatodir.

31
Kishi


ta’limdin topsa malolat,
Topar ilm ahli ollinda xijolat.

Kimki ta’lim olishda, o’qishda malolansa, dangasalik qilib o‘qimasa, ilmli odamlar davrasiga tushib qolganda bilimi kmligidan xijolat bo‘ladi.

32
Birovkim
qilsa olimlarg‘a ta’zim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarg‘a ta’zim.

Olimlarga ta’zim qilgan kishi payg‘ambaga ta’zim qilgandek bo‘ladi.


33
Hadis


o‘lmish nabiydin bo‘yla hodis
Ki, olim keldi payg‘ambarg‘a voris,
Nabiy Muhammad(s.a.v.)dan olimning payg‘ambarg‘a vorisligi haqida hadis vorid bo‘lgan.

34
Ulum


ichra o‘qusung yuz tuman fasl,
Tamomi far’u, din ilmi erur asl.

Ilmlar ichida yuz ming fasl o‘qisang, hammasi shxhbchalardir, ilmlar orasida din ilmi eng asl ilmdir.

35
Nazar
qilkim ne amr-u nahy etar Haq,
Haq amr-u nahyidin bosh chekma mutlaq.
Alloh taolo nimagabuyurib, nimadan qaytarishiga nazar qil. Haq amr-u nahyidin mutlaqo bosh tortma. Nimaniki qil deb buyurgan qilsa hech qazo qilma, nimalarniki qilma degan bo‘lsa barchasidan kech.

36
Burun qil o‘z mizojingg‘a taammul,


Ne holi bor ekonni angla bilkul.
Oldin o’z mizojingning holini, unga nima foydali va nima zararli ekanini bil.

37
Mufid ashyog‘a doyim ishtig‘ol et,


Vale bor ishda mayli e’tidol et.
Hamisha mizojingga foydali mufid narsa bilan mashg‘ul bo‘l. Ammo barcha ishda mo‘tadil bo‘l, me’yorida qil.

38
Nekim bo‘lsa muzir, bo‘lg‘il haroson


Ki, bo‘lg‘ay tab’inga mushkillar oson.
Nimaki mizojingga zararli bo‘lsa, qo‘rq, ehtiyot bo‘l, shunda tab’ingga mushkullar oson bo‘ladi, yomon ahvolga tushmaysan.

39
G‘izo bo‘lsa mufid-u tab’ rog‘ib,


Bas et tab’ing hanuz o‘lg‘onda tolib.
Taom foydali bo‘lib, tab’ingga xush yoqib turgan bo‘lsa ham tab’ing tortib turgan paytda hali to‘la to‘ymasdan burun yeyishni bas qil.

40
Agar hayvon suyidur g‘ayri maqdur,


Erur gar me’da qilmas hazm, ma’zur.
Agar imkondan tashqari hech kimga nasib bo‘lmagan tiriklik suvi oldingda tursa-yu uni me’dang hazm qila olmaydigan bo’lsa, ichma. Me’dang hazm qilolmaydigan narsa - unga faqat og‘ir yuk bo‘ladi.
Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə