Yetuklik davri



Yüklə 13,58 Kb.
səhifə1/5
tarix12.12.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#148796
  1   2   3   4   5
YETUKLIK YOSHI

YETUKLIK YOSHI

Bajardi:Minavvarova Komola

Yetuklik psixologik bosqich sifatida

Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi:

— ilk yetuklik (yoshlik);

— o‘rta yetuklik;

— yetuklik (qarilik va keksayish).

Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin:

— jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomillashish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;

— yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish;

— tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’uliyatni his qilish;

— xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish va boshqalar). «Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas.

Yetuklik haqida

Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb atashgan, «cho‘qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma’nolarni anglatadi. Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegaralanib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlarga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar. 0 ‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladigan jarayondir.

G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasining funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo'ladi: A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan В) boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik (hamdardlik, hurmatchidamlilik); D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o‘zini nazorat qilish, o‘zini qabul qilish); E) borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik; F) o‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish; G) «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va individual xatti-harakatlarga ma’no beradi.


Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə