Audit va audit turlari


Tekshiriladigan tashkilot bilan dastlabki aloqani o’rnatish



Yüklə 110 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü110 Kb.
#146546
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish sertifikatlashtirishdsan

Tekshiriladigan tashkilot bilan dastlabki aloqani o’rnatish Audit o’tkazish uchun tekshiriladigan tashkilot bilan dastlabki aloqa rasmiy yoki norasmiy xarakterda bo’lishi mumkin va u audit dasturini boshqarishga javobgar shaxs yoki audit bo’yicha guruh rahbari tomonidan bajarilishi kerak.
Dastlabki aloqaning maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. tekshiriladigan tashkilot vakili bilan ma’lumot almashish yo’llarini

aniqlash;

  1. audit o’tkazish uchun vakolatlarni tasdiqlash;

s) auditning taklif qilinayotgan rejasi va audit bo’yicha guruh tarkibi to’g’risida ma’lumotlarni berish;

  1. yozuvlarni ham qo’shgan holda tegishli hujjatlarni ko’rishga ruxsat uchun so’rov berish;

  2. joy-joylardagi ishlar xavfsizligini ta’minlashning zarur qoidalarini aniqlash;

  3. auditga tayyorgarlik ishlarini aniqlash;

  4. audit bo’yicha guruh uchun kuzatuvchilar va hamrox bo’luvchilarning ishtirokini kelishib olish.

Hujjatlar analizi Joy-joydagi auditni boshlashdan oldin audit mezonlariga tizimning muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiriladigan tashkilot hujjatlarini analiz qilish kerak.
Hujjatlar majmuasi menejment tizimi bo’yicha tegishli hujjatlarni va yozuvlarni hamda avvalgi audit bo’yicha hisobotlarni o’z ichiga olishi mumkin. Analiz tashkilotning hajmini, faoliyat turini va murakkabligini hamda audit o’tkazishning maqsadi va sohasini hisobga olishi kerak. Ba’zi hollarda bu analiz agar audit o’tkazishning samaradorligiga zarar etkazmasa, joydagi audit o’tkazish boshlangunga qadar to’xtatib turilishi mumkin. Boshqa vaqtda kerakli ma’lumot olish uchun audit o’tkaziladigan joyga oldinroq borib kelish mumkin. Agar hujjatlar to’plash nomuvofiq deb topilsa, unda audit bo’yicha guruh rahbari audit buyurtmachisini va tekshiriladigan tashkilotni xabardor qilishi kerak. Hujjatlar to’plamidagi muammo hal qilinmaguncha auditni davom ettirish yoki to’xtatish bo’yicha qaror qabul qilish kerak.
Joydagi auditni o’tkazishga tayyorgarlik Audit rejasini tayyorlash. Audit bo’yicha guruh rahbari audit o’tkazishga doir audit buyurtmachisi, audit bo’yicha guruh va tekshiriladigan tashkilot bilan bitimga erishish uchun asos bo’ladigan audit rejasini tayyorlashi kerak. Reja audit grafigini tuzish va auditni o’tkazishga yordam berishi kerak.
Audit rejasidagi bayon qilishning batafsillik darajasi audit o’tkazish sohasini va murakkabligini aks ettirish kerak. Ayrim joylari, masalan, dastlabki va keyingi auditlar uchun hamda ichki va tashqi auditlar uchun farq qilishi mumkin.
Audit rejasi etarli darajada o’zgarishlar, masalan, auditni joyda amalga oshirish mobaynida zarur bo’lishi mumkin bo’lgan audit o’tkazish sohasiga o’zgarishlar qilishiga imkon beradigan bo’lishi kerak.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə