Audit va audit turlari


Sifat tizimini ichki, tashqi, uchinchi tomon auditlari, audit turlari



Yüklə 110 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü110 Kb.
#146546
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish sertifikatlashtirishdsan

Sifat tizimini ichki, tashqi, uchinchi tomon auditlari, audit turlari.

Dastlabki kengash tekshiriladigan tashkilot rahbariyati bilan birga yoki qaysi joyda bu mumkin bo’lsa tekshiriladigan bo’limlar yoki jarayonlar uchun javobgarlar bilan birga o’tkazilishi kerak. Dastlabki kengashning maqsadi quyidagilardan iborat:



  1. audit rejasini tasdiqlash;

  2. auditning qanday bajarilishi to’g’risida qisqa ma’lumot berish;

s ma’lumotlar almashish yo’llarini tasdiqlash;
d) tekshiriladigan tashkilot uchun savol berish imkoniyatlarini yaratish;
Asosiy yordam – Dastlabki kengash. Ko’p hollarda, masalan, kichik korxonalar ichki auditining dastlabki kengashida audit boshlanayotganligi e’lon qilinadi va audit harakteri tushuntiriladi.
Audit bilan bog’liq boshqa hollarda dastlabki kengash rasmiy bo’lib, unda ishtirok etuvchilar ro’yxatidan o’tishlari kerak. Audit bo’yicha guruh rahbari kengash raisi vazifasini bajarish kerak.
Kengashda quyidagi ishlarni bajarish kerak:

  1. auditdagi vazifalarni ko’rsatgan holda audit qatnashchilarini tanishtirish;

  2. auditning maqsadi, sohasi, mezonlarini tasdiqlash;

s) audit o’tkazish va boshqa audit bilan bog’liq kelishuvlarning, masalan, yakuniy kengash, audit bo’yicha guruhning va tekshiriladigan tashkilot rahbariyatining harqanday oraliq kengashlari va harqanday kelgusi o’zgarishlar grafiklarini tasdiqlash;

  1. auditda ishlatiladigan dasturlar va tadbirlar bilan tanishtirish, shu jumladan tekshiriladigan tashkilotni auditning guvohliklari oson olinadigan ma’lumotlar tanlamalariga asoslanishi va audit vaqtida noaniqlik elementi bo’lishi to’g’risida ogoxlantirish;

  2. audit bo’yicha guruh bilan tekshiriladigan tashkilot o’rtasida rasmiy aloqa yo’llarini tasdiqlash;

  3. audit vaqtida ishlatiladigan tilni tasdiqlash;

  4. tekshiriladigan tashkilotni auditni o’tkazish vaqtida auditning borishi

to’g’risida xabardor qilib turilishini tasdiqlash;

  1. audit bo’yicha guruh uchun zarur bo’lgan barcha resurs va vositalar etkazib berilishini tasdiqlash;

  2. maxfiylik bilan bog’liq bo’lgan barcha narsalarni tasdiklash

  3. favqulotda xolatlar uchun ishlar va tadbirlar xavfsizligini ta’minlashni va audit bo’yicha guruh uchun xavfsizlikni ta’minlashni tasdiqlash;

  4. barcha hamrox bo’luvchi kishilarning ishtiroki, roli va shaxsini tasdiqlash;

  5. nomuvofiqlik klassifikatsiyasini ham kiritgan holda hisobotlar tuzish usullari bilan tanishtirish;

  6. audit to’xtatilishi mumkin bo’lgan shartlar to’g’risida ma’lumot berish;

  7. auditning o’tkazilishi yoki uning natijaviy xulosalari bo’yicha shikoyat arizalarini ko’rib chiqish tizimi to’g’risida ma’lumotlar berish

Audit o’tkazish vaqtida ma’lumotlar bilan almashish
Auditning qo’llanilish sohasi va murakkabligiga bog’liq ravishda auditorlar guruhining ichida ham, tekshiriladigan tashkilot bilan ham rasmiy ma’lumot almashish zarurati paydo bo’lishi mumkin.
Audit bo’yicha guruhda vaqti-vaqti bilan ma’lumot almashish o’tkazilishi, audit borishining baholanishi va zarur bo’lganda, audit bo’yicha guruh a’zolari o’rtasida vazifalar qayta taqsimlanishi kerak.
Audit vaqtida audit bo’yicha guruh rahbari tekshiriladigan tashkilot va audit buyurtmachisi bilan auditning borishi va u bilan bog’liq barcha masalalarda vaqtivaqti bilan etarli darajada ma’lumot almashishi ke-rak. Audit vaqtida bevosita va jiddiy xatar extimolligiga oid (masalan, xavfsizlik, ekologiya yoki sifat bilan bog’liq xatar) olingan dalil tek-shirilayotgan tashkilotga, kerak bo’lganda audit buyurtmachisiga kechiktir-masdan etkazilishi kerak. Audit sohasidan chetga chiquvchi barcha masalalar belgilanishi va audit bo’yicha guruh rahbariga, keyinchalik tekshiriladigan tashkilotga va audit buyurtmachisiga etkazish extimoli borligi uchun aytish kerak.
Audit dalili audit maqsadi bajarilaolmasligini ko’rsatsa, unda audit bo’yicha guruh rahbari tekshiriladigan tashkilot va buyurtmachiga tadbirlar belgilanishi uchun bajarilmaslik sabablari to’g’risida habar berishi kerak. Bunday tadbirlar o’z ichiga auditni qayta tasdiqlash yoki audit rejasini o’zgartirishni, audit maqsadlarini yoki sohasini o’zgartirishni yoki auditni to’xtatishni o’z ichiga olishi mumkin.
Auditni amalga oshirish mobaynida sezilarli bo’lishi mumkin bo’lgan audit sohasidagi o’zgarishlarga bo’lgan har qanday ehtiyojlar audit buyurtmachisi va tekshiriladigan tashkilot tomonidan etarli darajada analiz qilinishi va tasdiqlanishi kerak.
Hamroxlik qiluvchi shaxslarning va kuzatuvchilarning vazifasi va javobgarligi:
Hamrohlik qiluvchi shaxslar va kuzatuvchilar audit bo’yicha guruhni kuzatib borishlari mumkin, ammo ular auditning tarkibiga kirmaydilar.
Ular auditga ta’sir ko’rsatmasliklari yoki audit o’tkazish vaqtida aralashmasliklari kerak.
Hamrox bo’luvchilar tekshiriladigan tashkilotdan tayinlangan joyda ular audit bo’yicha guruhga yordam ko’rsatishlari va audit bo’yicha guruh rahbarining iltimosiga binoan harakat qilishlari kerak. Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. uchrashuvlarni ta’minlash va suxbatlar uchun vaqt belgilash;

  2. ma’lum joylar yoki tashkilotlarga borishni ta’minlash;

s) xavfsizlik bo’yicha qoidalar va tadbirlarning bo’lishini va ular-ning audit bo’yicha guruh a’zolari tomonidan rioya qilinishini ta’minlash;
d audit o’tkazish vaqtida tekshiriladigan tashkilot nomidan guvohlik beruvchi shaxslarning vazifalarini bajarish;
e) tushuntirishlar berish va ma’lumotlar yig’ish vaqtida yordam ko’rsatish.
Ma’lumotlar yig’ish va ularning ishonchliligini tasdiqlash Audit vaqtida audit maqsadlariga, sohasiga va mezonlariga doir, shu jumladan, bo’limlar o’rtasidagi o’zaro munosabat, faoliyat va jarayonlarga doir ma’lumotlar zarur tanlamalar yo’li bilan to’planishi va ishonchliligining tasdiqlanishi kerak.
Faqat ishonchliligi tasdiqlanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar audit dalili bo’lishi mumkin. Audit dalillari yozib qo’yilishi kerak. Audit dalillari yaroqli ma’lumotlar tanlanmalariga asoslanadi. SHuning uchun audit o’tkazishda noaniqlik elementi mavjud bo’ladi va audit vaqtida qilinadigan xulosalar bu noaniqlikni hisobga olishi kerak.
Amaliy yordam – Ma’lumot manbaalari
Tanlab olingan ma’lumot manbaalari auditning sohasi va murakkabligiga bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin va quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  1. ishchilar va boshqa shaxslardan ma’lumotlar so’rovlarini;

  2. ishlab chiqarish faoliyatini, korxonaning atrof-muhitini va ish sharoitini kuzatishlarni;

s) siyosat, maqsadlar, rejalar, tadbirlar, standartlar, ko’rsatmalar, litsenziyalar, ruxsatnomalar, tafsilotli ro’yxatlar, chizmalar, bitimlar va buyurtmalar kabi hujjatlarni;

  1. tekshirish qaydnomalari, kengashlar qaydnomalari, auditlar yuzasidan hisobotlar, monitoring dasturi va o’lchashlarning natijalarini kuzatish bo’yicha yozuvlar kabi yozma ma’lumotlarni;

  2. yakuniy ma’lumotlar, analiz natijalari va farmoishlarning bajarilishini;

  3. tekshiriladigan tashkilotlarni tanlab o’rganish dasturlari va tanlamalarni

boshqarish tadbirlari va o’lchashlar jarayonlari bo’yicha ma’lumotlarni;

  1. iste’molchilardan keladigan qarshi aloqa, tashqaridan olinadigan boshqa tegishli ma’lumot va etkazib beruvchilarning baholari kabi hisobot manba’larini;

  2. kompyuterlashtirilgan ma’lumotlar manbai va veb-saytlarn

-ma’lumot to’plashdan boshlab audit natijalari bo’yicha xulosalar qilingunga qadar bo’lgan jarayonlarning blok-sxemasi berilgan
Ma’lumotni to’plash usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • so’rovlarni;

  • faoliyatni kuzatishlarni; - hujjatlar analizini.

Amaliy yordam – So’rab-surishtirishlarni o’tkazish So’rab-surishtirish ma’lumot yig’ishning muhim vositalaridan biridir va u holat va so’rab surishtirilayotgan kishini hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni e’tiborga olishi kerak:

  1. so’rab-surishtirishlar tegishli darajalarda va bo’limlarda audit soxasi doirasida ish qilayotgan yoki vazifalarni bajarayotgan shaxslar bilan bajarilishi kerak;

  2. ishchilarni so’rab-surishtirish oddiy ish kunida, ish joyida amalga oshiriladi;

s) so’rab-surishtiriladigan shaxs unga psixologik tayyorlangan bo’lishi va so’rov xayrixoxlik bilan olib borilishi kerak;

  1. so’rov va qilinadigan yozuvlar sababini tushuntirish kerak;

  2. so’rashni o’z ishi haqida gapirib berishni iltimos qilishdan boshlash mumkin;

  3. yordamchi savollar bermaslik kerak;

  4. so’rovlar natijalari so’ralayotgan shaxs bilan birga umumlashtirilishi va analiz qilinishi kerak;

  5. so’ralayotgan shaxsga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirish

Audit xulosalarining shakllanishi. Audit xulosalarini olish uchun audit dalillari audit mezonlari bilan taqqoslanishi kerak. Audit xulosalari audit mezonlariga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini ko’rsatishi mumkin. Audit maqsadlari bilan taqqoslanganda audit xulosalari ishni yaxshilash uchun imkoniyatlarni ko’rsatishi mumkin.
Audit bo’yicha guruh, zarur bo’lganda auditning nomuvofiq bosqichlaridagi xulosalarni analiz qilish uchun yig’ilishi kerak.
Audit mezonlariga muvofiqliklar audit o’tkazilgan joy, bo’limlar yoki jarayonlarni ko’rsatgan holda umumlashtirilishi kerak. Agar audit rejasida ko’rsatilgan bo’lsa, muvofiqlik to’g’risidagi ayrim xulosalar va ularni tasdiqlovchi dalillar ham yozilishi kerak. Nomuvofiqlik va ularni tasdiqlovchi audit dalillari ham yozilishi kerak. Nomuvofiqliklar katta-kichikligiga qarab ajratilishi kerak. Ular tekshiriladigan tashkilot tomonidan audit dalillari ob’ektiv va nomuvofiqlik tushunarli ekaniga ishonch hosil qilish uchun analiz qilinishi kerak. Audit dalillari bo’yicha fikrlar bilan audit xulosalari o’rtasidagi tushunmovchiliklarni yo’qotilishi, xal qilinmagan muammolar esa hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Audit natijalari bo’yicha yakun tayyorlash. Audit bo’yicha guruh yakuniy kengashgacha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi kerak:

  1. audit xulosalarini va audit vaqtida yig’ilgan boshqa tegishli ma’lumotlarning audit maqsadlariga muvofiqligini ko’rib chiqish;

  2. audit jarayoniga xos bo’lgan noaniqlik elementini hisobga olgan xolda audit natijalari bo’yicha yakuniy xulosalarni kelishish;

s agar audit maqsadlarida ko’zda tutilgan bo’lsa tavsiyanomalar tayyorlash;
d) agar audit rejasida bo’lsa, audit natijalari bo’yicha harakatlarni muxokama qilish.
Amaliy yordam – Audit bo’yicha yakuniy xulosalar. Audit buyicha yakuniy xulosalar quyidagi masalalarni o’z ichiga olishi mumkin:

  1. menejment tizimining audit mezonlariga muvofiqlik darajasi;

  2. menejment tizimining joriy qilinish samaradorligi, qo’llab quvvatlanishi va yaxshilanishi;

s) menejment tizimining doimiy yaroqliligini, uning aynan birxilligini, samaradorligini va yaxshilanishini ta’minlash uchun rahbariyat tomonidan qilinadigan analiz jarayonining imkoniyatlari;
Agar audit maqsadlarida ko’rsatilgan bo’lsa, audit natijalari bo’yicha yakuniy xulosalar yaxshilashga, biznesdagi o’zaro munosabatlarga (tadbirkorlik faoliyatiga), sertifikatlashtirishga yoki audit bo’yicha kelgusi faoliyatga nisbatan tavsiyalarni o’z ichiga olishi mumkin.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə