Audit va audit turlari


Audit o’tkazishni tashkil qilish



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü110 Kb.
#146546
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish sertifikatlashtirishdsan

Audit o’tkazishni tashkil qilish. Audit bo’yicha guruh rahbarini tayinlash Audit dasturini boshqarishga javobgarlar aniq audit bo’yicha guruh rahbarini tayinlashlari kerak. Birgalikdagi audit o’tkazilgan holda audit boshlangunga qadar tekshiruvchi tashkilotlar o’rtasida har bir tashkilotning javobgarligiga oid, shu jumladan, audit uchun belgilangan guruh rahbarining vakolatlariga oid bitimga erishish muhimdir.
Auditning maqsadlarini, qo’llanilish sohasini va mezonlarini aniqlash. Har bir audit hujjatlashtirilgan maqsadlarga, qo’llanilish sohasiga va audit dasturining maqsadlari doirasidagi mezonlarga asoslanishi kerak.
Auditning maqsadi auditda nima qilinishi kerakligini belgilaydi va quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
a) tekshiriladigan tashkilot yoki uning bo’limlarining menejment tizimining audit mezonlariga muvofiqlik darajasini aniqlashni;
b) menejment tizimining qonunchilik talablariga, me’yoriy talablarga va bitim talablariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyatlarini baholashni;
c)menejment tizimining aniq maqsadlarga erishish uchun samaradorligini baholashni;
d)menejment tizimini potensial yaxshilash sohalarini aniqlashni.
Audit sohasi auditning chuqurligi va chegaralarini, audit qilinadigan tashkilotning joylashgan joyini, tarkibiy bo’limlarini, faoliyat va jarayonlarini hamda audit muddatlarini yoritadi.
Audit mezonlari u bo’yicha muvofiqligi aniqlanadigan taqqoslash uchun baza sifatida ishlatiladi va qo’llaniladigan siyosatni, jarayonlarni, standartlarni, qonunlar va me’yorilarni, reglamentlarni, menejment tizimiga bo’lgan talablarni, bitim talablarini yoki sanoat sektorlari yoki ishbilarmonlik faoliyatining qoidalar majmuini o’z ichiga olishi mumkin.
Audit maqsadlari audit buyurtmachisi va audit bo’yicha guruh rahbari tomonidan audit dasturi tadbirlariga muvofiq aniqlanishi kerak. Audit maqsadlardagi, sohasidagi yoki mezonlaridagi harqanday o’zgarishlar o’sha tomonlar tomonidan muvofiqlashtirilishi kerak.
Agar kompleks audit o’tkazilayotgan bo’lsa, auditning maqsadlari, sohasi va mezonlari kompleks audit mazmuniga javob berishini audit bo’yicha guruh rahbarining ta’minlashi juda muhimdir.
Audit o’tkazish imkoniyatlarini aniqlash Audit o’tkazish imkoniyati quyidagi omillarning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak:
- auditni rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarning mavjudligi va etarliligi: - tekshiriladigan tashkilot bilan bir xil hamkorlik; - vaqt va zarur resurslarning mavjudligi.
Audit o’tkazish mumkin bo’lmagan holda buyurtmachiga tekshiriladigan tashkilot bilan maslahatlashish asosida alternativ taklifni berish kerak.
Audit bo’yicha guruhni shakllantirish Audit o’tkazish mumkinligi e’tirof etilgandan so’ng, audit maqsadla-riga erishish uchun, zarur layoqatlilikni hisobga olgan holda, audit bo’yicha guruhni tuzish zarur. Agar auditni bitta auditor amalga oshirsa, u audit bo’yicha guruh rahbariga yuklanadigan barcha vazifalarni bajarishi kerak. 7-bo’lim zarur layoqatlilikni aniqlash bo’yicha ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi va auditorlarni baholash jarayonini bayon qiladi.
Audit bo’yicha guruhning soni va tarkibini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur;

  1. auditning maqsadlari, sohasi, mezonlari, taxminiy muddatini;

  2. auditning kompleks yoki birgalikda ekanini;

s) audit bo’yicha guruhning audit maqsadlariga etishish uchun zarur bo’lgan umumiy layoqatliligini;

  1. qo’llanilishi mumkin bo’lgan qonunchilik talablari, me’yoriy talablar,

bitim talablari va akkreditlash/sertifikatlashtirish bo’yicha organlarning talablarini;

  1. audit bo’yicha guruhning tekshirish faoliyatidan va ishdagi ziddiyatlardan mustaqilligini ta’minlash zaruratini;

  2. audit bo’yicha guruh a’zolarining tekshiriladigan tashkilot bilan samarali hamkorligining va birgalikda ishlashlarining imkoniyatlarini;

  3. auditning tili va tashkilotning o’ziga xos ijtimoiy va madaniy qadriyatlarini tushunish – bu masalalar auditorlarning shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda yoki texnikaviy ekspertlar yordamida hal qilinishi mumkinligini.

Audit bo’yicha guruh umumiy layoqatliligini ta’minlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi kerak:

  • audit maqsadlari uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni aniqlash;

  • audit bo’yicha guruh a’zolarini shunday tanlash kerakki, toki audit bo’yicha guruhda barcha zarur bilim va tajriba bo’lsin. - Agar audit bo’yicha guruhdagi auditorlar barcha zarur bilim va tajribaga etarli darajada ega bo’lmasalar, unda guruhga texnikaviy ekspertlar kiritilishi mumkin.

Texnikaivy ekspertlar auditorlarning rahbarligi ostida ishlashlari kerak. Audit bo’yicha guruhga stajerlarni kiritish mumkin, ammo ular auditorlarning rahbarligisiz yoki metodik yordamisiz audit bilan shug’ullanmasliklari kerak.
Buyurtmachi ham, tekshiriladigan tashkilot ham asoslangan hollarda 4bo’limda bayon qilingan audit qoidalarini hisobga olib audit bo’yicha guruh a’zolarini almashtirishni talab qilish huquqiga egadir. Bunday asosga ishdagi ziddiyat (masalan, audit bo’yicha guruh a’zosi ilgari tekshirilayotgan tashkilotda ishlagan bo’lishi yoki tekshiriladigan tashkilotga konsalting bo’yicha xizmat ko’rsatgan bo’lishi) va boshida ko’rsatgan nomaqbul hulqi misol bo’lishi mumkin.
Bunday asos audit buyurtmachisi bilan tekshiriladigan tashkilot o’rtasidagi muammoni hal qilishi lozim bo’lgan audit bo’yicha guruh rahbariga va audit bo’yicha dasturni boshqarish bo’yicha javobgar shaxsga audit bo’yicha guruh a’zolarini almashtirish bo’yicha biror qaror qabul qilingunga qadar etkazilishi kerak.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə