Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/118
tarix07.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125972
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixolo-fayllar.org

Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, haydovchi, operator, elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (xalokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi) ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zo’riqish, jiddiylik, tajanglik sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
3.Psixologik-pedagogik eksperiment - o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida o’rganishdir.
Mazkur eksperiment o’quvchilarni maxsus uyushtirilgan Ta’lim sharoitida maqsadga muvofiq ulardan o’zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo’lib, maxsus uyushtirilgan Ta’lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo’l-yo’riq, tajribaning bir-biriga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan, o’zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tahlil etish va izohlashdan iboratdir.
4. Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so’roq asosida o’rganish demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarning munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda uch turda o’tkaziladi.
Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi.
Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi.
Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo’sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o’rganish uchun boy ma’lumotlar to’plash imkonini beradi. Biroq unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunday kamchilikka yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə