Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/118
tarix07.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixolo-fayllar.org

Filogenez - (yunoncha, rhule- qabila, generis - kelib chiqish, paydo bo’lish) - muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyutsion taraqqiyot jarayoni

Shveytsariyalik psixolog E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika” asarida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o’xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to’g’risida mulohaza yuritadi.


Frantsuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg’ayish - kishilarning his-tuyg’ularni o’zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi.
Yana bir frantsuz psixologi P.Janening fikriga ko’ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg’ayshshshi belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan Ta’lim o’rtasida o’zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishnint takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi.
Shuningdek, J,Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida Ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli Ta’lim, ko’nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o’rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o’rin egallaydidar. Bu Ta’limotlar hozirga kunda ham o’zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va laboratoriyalarida yosh davrlari va Ta’limTa’limning psixologik xususiyatlari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo’lga qo’yilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarida bu boroda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g’oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan holda o’zining munosib o’rnini egallab bormoqda. Bu borada T.Qori-Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Voxidov, M.G.Davletshin, E.G’oziev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.I.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o’quvchilarning texnik qobiliyatlari, o’quv motivlari, zamonaviy maktab o’quvchisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I.Xaydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va Ta’limni boshqarish muammosi E.G’.G’ozievning tashabbusida, isteьdodli o’quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Fanning vujudga kelioshi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko’rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo’nalishlar hozirgi kunga qadar o’zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
Yosh davrlar psixologiyasi predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalar-da, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə