Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/118
tarix07.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125972
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixolo-fayllar.org

5. Suhbat metodi erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshidagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
6. Test metodi. Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma’noni anglatadi, SHaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, to’plangan ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishiga bog’liqdir.
1905 yil frantsuz psixologlari L.Bine va L.Simonlar insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidai keyin psixologiyada test metodi qo’llanila boshlandi.
Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarida berilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil kilib, shaxs xususiyatining «loyihasig» ishlab chiqiladi) kiradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə