Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/118
tarix07.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixolo-fayllar.org

2. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi,fanning asosiy sohalari, yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Yosh avlodning Ta’lim va Ta’lim bilan bog’liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-ahloqiy Ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari SHarq va g’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilay bog’liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo’g’rilgandir.
Rus tarixchisi V.N.Tatishevning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan.
A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o’rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo’sinda uning tafakkuri, ulg’ayib shakllanadi.
N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko’zlab, yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng targ’ibot etish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda Ta’limlamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi Ta’limning maqsadini aniqlashga, Ta’lim-Ta’lim natijalarini to’g’ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o’rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning “Inson Ta’lim predmetidir” asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o’ziga xos tomonlari o’z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, AP.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S,L.Rubinshteyn, AR.Luriya, A.N LesyP’vI, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o’zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tutunchalaridandir.
O’tgan asrning o’rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o’quv faoliyati va Ta’limning talqinlari (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galьperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elьkonin I.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzьmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog’ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo’ldi.
Ayniqsa, so’nggi yillarda o’quv materialini o’zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelьson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.SHemyakin, AM.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananь-ev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontьev, V.AKan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontьev, D.B.Elьkonin, B.G.Ananьev, A.V.Petrovskiy); o’quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Krutetskiy)ga bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shib kelmoqda.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda inson psixologik xususiyatlari bilan bog’liq tajribalarga asoslangan ilmiy-nazariya va yo’nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo’ldidar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va 6oshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Olmon psixologi E.Meyerman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o’zgarishlarni to’liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o’tkazib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog’i darkor.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o’zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og’riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o’z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to’plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g’oyasini olga suradi.





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə