Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/118
tarix07.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixolo-fayllar.org

Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson xayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, Ta’lim va Ta’limning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiya fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan Ta’lim va Ta’limning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.

Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi; bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir.


Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigai psixik, faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kirgan ilmiy dalillarini Ta’lim-Ta’lim sohalariga tadbiq etish tashkil etadi.
Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning Ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillardn qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha Ta’lim tizimlarida Ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol Ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi.
Shu bois, yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə