Andijon davlat pedagogika instituti


Ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi asosiy toifa va tushunchalar



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə3/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi asosiy toifa va tushunchalar.
“Ishlab chiqarish texnologiyasi”, “ta’limni texnologiyalashtirish”, “ta’limiy texnologiya”, “ta’lim berish texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” atamalari.
“Texnologiya” atamasi pedagogika fani tomonidan ishlab chiqarish sohasidan o‘zlashtirilganki, bunda“yuqori asosli psixologiya– pedagogik muhandisligi maydoniga o‘zgaradi” (A.M. Kushnir, 2004 y.).
Texnologiya mohiyati va vazifasi bo‘yicha insonshunosiylik, ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy bor narsalarni mavjud bo‘lishidek qabul qilish kerak” (A.M. Kushnir, 2004 y.).
Texnologiya” yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib “techne”- mahorat, san’at, malaka va “logos”- so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi:
• xomashyo, material, yarim tayyor mahsulotlarni olish, ularni qayta tayyorlash yoki ularga ishlov berish yo‘l va usullarining yig‘indisi (texnologiyani jarayonli-bayonli tomoni);
• yuqorida ko‘rsatilgan yo‘l va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fan. Texnologiyani ilm sifatidagi vazifasi, moddiy manba va vaqtlar kam sarflashni talab etuvchi samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda ulardan foydalanishni aniqlash maqsadidagi qonuniyatlarni topish hisoblanadi(ilmiy tomoni);
• jarayonning o‘zi– topilmani qazib olish harakatlari, ishlov berish, qayta ishlash, transportda tashish, omborga joylash, saqlash, shuningdek ishlab chiqarishning texnik nazorati(jarayonli harakat tomoni).
Pedagogik ilm va amaliyotda“pedagogik texnologiya”, “ta’limiy texnologiya” va“ta’lim berish texnologiyasi” kabi atamalar keng qo‘llanilishi kuzatilmoqda. SHu bilan birga ularni tushunishda alohida bo‘lgan o‘qish turlari mavjud. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, ularni nima ajratib turishini tushunish uchun “texnologiya” va uning kelib chiquvchilari: “texnologik jarayon”, texnologik harakat”,“texnologik xarita”, “texnologik tartib” tushunchalarini aniqlash lozim.
Ta’limni texnologiyalashtirish bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə