Andijon davlat pedagogika instituti


Pedagogik texnologiyaning aspektlari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə14/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Pedagogik texnologiyaning aspektlari. Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to‘g‘risida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.
Ilmiy aspektda o‘qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi hamda pedagogik jarayon loyihalashtiriladi.
Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.
Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
Ta’lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch sathi belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (mavzu).
Umumpedagogik texnologiya yaxlit ta’lim jarayonini ifoda qiladi. Xususiy metodik texnologiya bir fan doirasidagi o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo‘ladi. Lokal (mavzu) texnologiya o‘quv tarbiya jarayonining maxsus bo‘limlariga texnologiyani tatbiq qilishni ifoda qiladi. Bu texnologiya xususiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratiladi.
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.
Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga yerishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. Texnologik jarayon o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o‘quv jarayonini boshqarish usullari, o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. G. K. Selevko. Sovremennie obrazovatelnie texnologii. M. 1998
2. Mallaev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. 2000
3. Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida uqitishning zamonaviy usullari. T. 2002.
4. O‘.Tolipov,M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005.
5. www.pgpu.penza.com., www.sinor.ru.nsu.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə