Andijon davlat pedagogika instituti


Ta’lim berishni tashkillashtirish shakllari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə7/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

6. Ta’lim berishni tashkillashtirish shakllari

Ommaviy ta’lim berish: ta’lim oluvchilar bir-birlari bilan ajralgan munosabatda; mustaqillikning etishmasligi. Ta’lim beruvchi faqat pedagogik faoliyatni rejalashtiradi.

O‘zlashtirilgan BMK nazorati


Miqdoriy baho- baholash-majburiylik vositasi hisoblanadi, ta’lim beruvchining ta’lim oluvchi ustidan hukmronlik quroli bo‘lib xizmat qiladi: ta’lim oluvchi faoliyatining yakuniy tahlili va baholanishi

Maqsadni belgilash: yakuniy o‘quv natijalarining mezonli cheklanuvchidek,
tashhisiy belgilangan maqsadlarni kafolatli erishishga yo‘naltirish; olingan natijalar sifatini o‘lchashning mezon va ko‘rsatmalari mavjud. Nafaqat bashorat qiladi, balki pedagogik faoliyatni loyihalaydi va rejalashtiradi, shu bilan birga o‘quv faoliyatining mazmuni va tuzilishini ishlab chiqadi, ta’lim oluvchilarni mustaqil o‘quv-bilish faoliyatlarini bashorat qilayotganlarida, rejalashtirayotganlarida va tashkillashtirayotganlarida ularning tashabbuslarini oshiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan ta’lim jarayonini o‘quv diologidek tuzadi;
Ularda mustaqillikka intilishni rivojlantirish uchun, o‘zi mustaqil ta’lim olishga tayyorgarlik, o‘z-o‘zini bilishi, o‘z-o‘zini amalga oshirish va o‘z-o‘zini taqdim eta olish qobiliyatlari uchun sharoit yaratadi. Nafaqat BMK nazorati, balki ta’lim berilganlik, rivojlanish, tarbiyalanganlikning monitoringi. Ta’lim beruvchi umumiy natijani baholaydi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlikdagi mehnatlarini tahlil qiladi: ko‘zlanayotgan natijalarga nima uchun erishilmadi yoki qisman erishildi

Ta’limga an’anaviy yondashuv buyuk pedagog Yan Amos Komenskiy davridan qo‘llanilib kelmoqda va o‘tgan davrlar ichida ta’limning samarali turlaridan biri bo‘lib kelgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ta’lim turini tushuntiruvchi ko‘rsatmali ta’lim deb ham ataydilar. Bunda subyekt (o‘qituvchi) tomonidan bilimlar bayon qilingan ma’lumotlar xotirada saqlanadi va mustahkamlanadi. Demak, ta’limga an’anaviy yondashuv o‘qituvchi – tarbiyalanuvchi zanjirida amalga oshadi. O‘qituvchi keraqli ma’lumotlarni so‘zlab beradi, tushuntiradi, ko‘rsatadi, namuna beradi, isbotlaydi, talab qiladi, natija oladi, tarbiyalanuvchi esa tayyor ma’lumotlarni (o‘qituvchidan eshitganlarni ) idrok qiladi, xotirasida saqlaydi va aytib beradi hamda o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi, kerak bo‘lgan vaqtdagina undan foydalanadi. Bunday yondashuvda barchaga ma’lumotlar bir xil tarzda uzatiladi, tarbiyalanuvchining ehtiyoji, qiziqishi hisobga olinmaydi. V. G‘oziev aytganidek, an’naviy (izohli-ko‘rsatmali) yondashuv uchun o‘qitish –o‘qish maqsadlarini mavhum bayon qilish xarakterli bo‘lib ular dastur talablari bilan ifodalanadi holos. Bunda ta’lim oluvchining holati (o‘zlashtirish) darajasi orqali tasavvur qilinadi, ta’lim jarayoni o‘qituvchi tajribasini umumlashtirish orqali tashkil etiladi. Demak, an’anaviy (izohli - ko‘rgazmali) ta’lim talaba-tarbiyalanuvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladigan ta’limdir. Zero, bilim bu xotirada saqlanadigan axborotlar yig‘indisidir.


Talabalarda bu bilimlarning borligini imtihonlarda ularni xotirasida qayta tiklab, takrorlab aytib berishi, ya’ni bu bilimlarga to‘g‘ridan –to‘g‘ri murojat qilinganda, ularni hech qanday qo‘llanmasiz, xotirada aytib berishi tekshiriladi. Bu tizimda bilimlar asosan yodda saqlash natijasidir. Ko‘p hollarda bu formal ma’lumotlardir. Ular xotirani ichidan yuzaga chiqariladi. Biroq o‘qish o‘qitish natijasi xotirlash darajasidagi bilimlar xotirada uzoq saqlanmaydi, zarur vaqtda tarbiyalanuvchilar ularni juda qiyinchilik bilan eslaydi, ko‘p hollarda esa umuman eslolmaydi. O‘quv materialini uzatish tizimida o‘qituvchi-tarbiyalanuvchi tayyor bilimlarni imkoniyatidan kelib chiqib, talabalarning ushbu bilimlarga bo‘lgan ehtiyoji bormi-yo‘qmi hamda uning faollik darajasini qanday bo‘lishidan qa’tiy nazar uzatadi. Shunga ko‘ra o‘qituvchining asosiy vazifasi-zarur axborotlarni tarbiyalanuvchilarga tushuntirish uni mustahkamlash bilan bog‘liq ishni bajarishdan iborat. Bunday o‘quv jarayonida fan uchun ajratilgan o‘quv soatlari, ma’ruzalar, laboratoriya ishlari amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasida soatlarni taqsimlash qat’iyan belgilab qo‘yiladi. Biroq, o‘qish-o‘qitish natijasi umuman belgilab qo‘yilmaydi, u asosan pedagog vijdoniga havola qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy ta’lim uchun o‘qish-o‘qitish maqsadlarini noaniq bayon qilish xarakterli bo‘lib ularning har biri mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda dastur talablari bilan ifodalanadi, holos. Bunda ta’lim oluvchining holati haqida “o‘zlashtirish” tushunchasi orqali tasavvurga ega bo‘lamiz. Ta’lim jarayoni esa odatda muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyalanuvchilar tajribasini umumlashtirish asosiga tayanib tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchining namunasi izlab topiladi. Biroq, tobora ko‘pchilik olimlar va amaliyotchilarning ta’kidlashlaricha ta’limga bunday yondashishning davri o‘tdi va eng yaxshi pedagoglar tajribasini umumlashtirish kafolatlangan tizim va maqsadga qaratilgan samarali ta’limni tashkil etish imkonini bermaydi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə