Andijon davlat pedagogika instituti


Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə8/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o‘quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir tarbiyalanuvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog‘liq: ta’lim faoliyati ustun turadigan o‘qishni an’anaviy tashkil etish tarbiyalanuvchining mustaqil o‘quv faoliyatining markaziy hisoblanishi, o‘qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi, o‘qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, tarbiyalanuvchining laboratoriya yoki ustaxonalarda o‘qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug‘ullanishlari va zarur bo‘lgan paytda o‘qituvchidan yordam so‘rashlari.
Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun yetarli sharoitlar yaratilmaydi. Ta’lim texnologiyasi asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar an’anaviy pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:

    • mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchi-talabalarning o‘quv maqsadlarini oydinlashtirishdan boshlanadi;

    • ta’lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo‘ljallab tashkil etiladi;

    • har bir tarbiyalanuvchi-talaba o‘z faoliyati xususiyatlariga mos keladigan sur’atda ishlaydi;

    • jamoa a’zolarining har biri o‘zlari erishgan natijadan tez-tez ogohlantirib turiladi; erishilgan natija ta’limning har bir bosqichida etalonga birlashtirib turiladi;

    • natija tarbiyalanuvchi-talabalarning asosiy o‘quv maqsadlariga ko‘ra aniqlanadi;

    • o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtirgan tarbiyalanuvchi-talaba keyingi mavzuni o‘rganishga o‘tadi;

    • etalondan past o‘zlashtirgan tarbiyalanuvchi-talabalar uchun ta’lim o‘xshash sharoitlarda takrorlanadi;

    • tarbiyalanuvchi-talaba uchun o‘qish-o‘rganish harakatiga teng maqsadlarni amalga oshirishdan boshlanadi;

    • tarbiyalanuvchi-talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga – bilimlarga, undan umumiy o‘quv maqsadiga qarab boradi;

    • harakatga teng maqsaddan umumiy o‘quv maqsadiga qarab borish o‘qish-o‘rganishning sikliyligini ta’minlaydi;

    • yakuniy (nazorat) baho o‘quv kursi to‘liq o‘rganilgach chiqariladi.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə