Adiabatik jarayon


Termodinamika II-qonunining umumiy formulirovkasi



Yüklə 422,89 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü422,89 Kb.
#142563
1   2   3   4   5   6   7
Adiabatik jarayon

Termodinamika II-qonunining umumiy formulirovkasi
Termodinamikaning 1- qonunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, issiqlik va mexanik energiya dvigatelda o‘zaro ekvivalent miqdorlarda almashinadi. Hech qanday energiya sarf qilmay ish bajaradigan dvigatellar 1-turdagi abadiy dvigatellar deyiladi. Termodinamikaning 1-qonuniga asosan bunday dvigatel bo‘lishi mumkin emas.
Issiklik va ishning ekvivalentliligiga qaramasdan ularning almashinishi bir xil emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mexanik energiya ishga to‘liq aylanishi mumkin, ammo issiqlik ishga to‘liq aylanmaydi. Bu termodinamikaning 2- qonuni bilan bog‘liq. Buni tushuntirish uchun issiqlik dvigatelining termodinamik sxemasiga murojat qilaylik (rasm 4.2)
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hamma issiqlik dvigatellari issiqlik manbai, yopiq siklda ishlovchi ishchi jism va sovutkichga ega bo‘lishi kerak.


Иситкич T1


q1

Ишчи
жисм


lts



Совуткич T2

q2


4.2 rasm. Issiqlikdvigateliningtermodinamiksxemasi

Dvigatelg‘ quyidagicha ishlaydi. Ishchi jism 1V2 chiziq bo‘yicha kengayib 1V221 yuzaga teng ish bajaradi. Issiqlik mashinasida bu jarayon ko‘p marta takrorlanishi kerak. Buning uchun ishchi jismni yana dastlabki holatiga qaytarish kerak.
Agar ishchi jismni 2V1 chiziq bo‘yicha dastlabki holatiga qaytarsak siklni ishi nolga teng bo‘lib qoladi. Dvigatelg‘ mexanik energiya ishlab chiqarishi uchun kengayish ishi qisish ishidan katta bo‘lishi kerak.
SHuning uchun 2A1 qisish chizig‘i kengayish chizig‘idan pastda yotishi kerak (4.3 rasm).

4.3 rasm.p-v va T-s diagrammalardagi aylanma sikl
Siklga termodinamikaning 1 - qonunini qo‘llaylik.

- 1V2A1 yopiq kontur bo‘yicha integrallashni bildiradi. Ishchi jism dastlabki holatiga qaytgani uchun uning ichki energiyasi ham yana dastlabki holatiga qaytadi. SHuning uchun . U holda qts = lts Bu yerda qts = =q1-q2 ishga aylangan issiqlikdir. Issiqlikning termik f.i.k. deb siklning bajargan lts ishini shu ishni bajarish uchun siklga keltirilgan q1 issiqlikka nisbatiga aytiladi.

Termik f.i.k. issiqlik dvigatelining mukammallik darajasini ko‘rsatadi.
Sovutkichsiz ishlay oladigan dvigatelg‘, ya’ni isitkichdan olingan issiqlikni to‘la ishga aylantira oladigan dvigatelga 2-tur abadiy dvigatellar deyiladi.
Termodinamikaning 2-qonunidan ko‘rinadiki, 2-tur abadiy dvigatellar bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 422,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə