Mavzu: “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning mohiyati. Reja



Yüklə 36,09 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü36,09 Kb.
#184253
  1   2
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning mohiyati.


Mavzu: “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning mohiyati.
Reja:

  1. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" kursining predmeti va uslubi

  2. Iqtisodiyotning turli yo`nalishlari va maktablari

  3. Iqtisodiy fanlarning o`zaro aloqadorligi


Iqtisodiy ta`limotlar tarixini barcha ma`lumotli iqtisodchilar o`z vatani tarixini bilganidek bilishi zarur, zero zamonaviy iqtisodchi uchun o`tmishni, bugungi kunni yaxshi tushunish va mo„ayyan darajada kelajakni ko`ra bilishi zarur. Gap Shundaki, tarix qaytariluvchan xususiyatga ega bo`lib, bugungi kunning ijtimoiyiqtisodiy muammolariga duch kelar ekanmiz, o`tmishda o`xshash holatni topib, uning sabab va mohiyatini tushuna bilishimiz zarur. Xuddi Shunday holat, iqtisodiy ta`limotlar tarixiga ham tegishlidir. O`tmishdagi iqtisodiy holatlar nafaqat takrorlanishi, balki real iqtisodiy hayotda qo`llanilishi mumkin bo`lgan bir paytda, biz iqtisodiy g`oyalarni, ta`limotlarni, qonuniyatlarni ham bilishimiz zarur. Bundan tashqari, ayrim o`xshash iqtisodiy muammolarning nazariy asoslari bilan tanishish, ularni bilish orqali (iqtisodiyotdagi o`xshash asosiy hodisalar unchalik ko`p emas), mo„ayyan nazariy g`oya bilan bog`liq bo`lmagan ijodiy, erkin fikrlash ko`nikmasini hosil qilamiz. Bugungi kunda, iqtisodiy ta`limotlar tarixiga bag`ishlangan ko`plab o`quv adabiyotlari topiladi, Shu sababli biz, mazkur o`quv qo`llanmasini bu adabiyotlar ro`yxatidan nima bilan farq qilishini tushuntira olishga harakat qilamiz. Masalan, MDU “Iqtisodiyo nazariya” kafedrasi professori A.G.Xudokormova tahriri ostidagi chop etilgan o`quv qo`llanmasi yoki Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti professori A.Razzoqov tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” darsligidan farqli o`laroq, bizning o`quv qo`llanmamiz, sodda tilda yozilganligi va hajm jihatdan kichikligi bilan ajralib turadi. Shu sababli, o`quvchilarimizga alohida mavzularni chuqurroq o`rganish uchun yuqorida tilga olingan o`quv qo`llanmalariga murojaat qilishlarini tavsiya etamiz. Bundan tashqari, mazkur o`quv qo`llanmasida iqtisodiy ta`lim tarixi bo`yicha vatanimizda va xorijda nashr etilgan va tarjima qilingan adabiyotlar ro`yxatlari keltirilib, bu holat iqtisodiy ta`limotlar tarixiga oid materiallarning chuqurroq o`zlashtirilishiga yordam beradi. Hajm jihatidan o`rtacha bo`lgan mazkur o`quv qo`llanmasi o`quvchilarga o`tmishda amal qilgan iqtisodiy nazariyalardan eng zarurlarini tanlash imkoniyatini beradi, ammo bunda iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i yo`qotiladi. Fikrimizcha, iqtisodiy g`oyalar tarixi o`rganilishida, iqtisodiy ta`limotlarni rivojlanishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish ham muhimdir, zero o`tmish yirik iqtisodchilarining aniq nazariyalari, ta`limotlari, o`tmishdagi iqtisodiy jarayonning ichki va tashqi sabablari haqida tushunchalar ham bilim olish borasida muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy ta`limotlarni rivojlanishi qonuniyatlarini o`rganar ekanmiz, zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni tushunib olish osonroq kechadi, chunki bu holat har-bir o`quv kursining mo„ayyan intiqosidir. 4 Iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining umumiy mantig`i yo`qotilmasligi uchun, bizning ushbu o`quv qo`llanmamizda iqtisodiy fikrlar tarixi davrlarga ajratilib keltirilgan. Bundan tashqari, har bir davrda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va umummilliy omillar haqida ma`lumotlar keltiramiz, ularning o`sha davrdagi iqtisodiy nazariyalarini shakllanishiga ta`siri yoritilgan. Ikkinchidan, iqtisodiy qikrlar tarixini ochib berishda mazkur davri iqtisodiyotining umumiy uslubiy tavsifi, hamda o`sha davrda amal qilgan iqtisodiy nazariyalar maqsadi yo`nalishlari yoritilgan, va Shundan keyingina ularning ba`zi muhim jihatlari ajratilib ko`rsatilgan. O`quv qo`llanmasining tuzilishiga nisbatan bunay yondashuv, fikrimizcha iqtisodiy ta`limotlarni rivojlantirishning umumiy tendentsiyalarini yo`qotilmasligiga olib kelgan. Bundan tashqari o`quv qo`llanmada Markaziy Osiyoda shakllangan va amal qilgan iqtisodiy fikrlar ham berilgan. Bunda biz, jahon iqtisodiyoti fani rivojlanishida mamlakatimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar iqtisodiy ta`limotlari o`rni va rolini ochib berish kabi muhim vazifani qo`yganmiz. Har bir mavzu so`ngida o`quvchini o`z-o`zini sinash uchun savollar keltirilgan bo`lib, bu hol mo„ayyan mazmunning asosiy muammolarini chuqurroq o`rganish, keltirilgan materiallarni yana bir bor qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Iqtisodiy ta`limotlarni turli davrlarga bo`lgan holda o`rganish maqsadga muvofiq, zero har-bir davrning rivojlanishi o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularni davrlarga ajratishni talab etadi. Iqtisodiy fikrlar tarixi rivojlanishining uchta asosiy bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich sifatida, iqtisodiy nazariya shakllanguniga qaar paydo bo`lgan iqtisodiy fikrlardir. Mazkur bosqich miloddan avvalgi III-ming yillik va milodiy XVII asrning ikkinchi yarmiga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda yuzaga kelgan iqtisodiy fikrlar insoniyat xo`jalik faoliyati bilan birgalikda yuzaga kelib, iqtisodiy nazariyalar esa birmuncha kechroq shakllangan. Ma`lumki, iqtisodiy nazariya ikki asosiy jihati bilan tavsiflanadi: tahlil va tahlil natijalarini tizimlashtirish. Tahlil, inson o`ziga-o`zi savol bera boshlagani bilan yuzaga keladi. Bu nima? Nima uchun yuz beradi? Nima bilan bog`liq? Mazkur savollarga javoblar, mantiqiy jihatdan tizimlashtirilgach, nazariyaga aylanadi. Iqtisodiy ta`limotda, tahlil va tizimlashtirish elementlari mavjud bo`lishi mumkin, ammo mazkur ikki jihat doimiy ravishda iqtisodiy ta`limotlarda XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mujassamlanib borishi kuzatila boshlagan. Birinchi bosqichning boshlanishiga miloddan avvalgi III ming yillikni kiritish maqsadga muvofiq. Aynan Shu davrda birinchi tamaddunlar yuzaga kelib, ular bilan birgalikda yozma manbalar paydo bo`lgan. YOzma manbalardan esa, o`sha davrdagi iqtisodiy fikrlar haqida ma`lumot olish mumkin. Demak, iqtisodiy ta`limotlar rivojlanishining birinchi bosqichi miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlanib, milodimizning XVII asri II yarmiga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Mazkur davrning so`ngigacha, iqtisodiy ta`limotlar boshqa fanlar tarkibiy qimida mujassamlashgan, xususan bunday fanlar sifatida biz yurisprudentsiya, teologiya, tarix, falsafa va boshqaruv haqidagi fanlarni tilga olishimiz mumkin. Umuman olganda, “iqtisodiyot” atamasi antik davrdagi insonlar, qullar, ularning oila a`zolari bilan o`zaro munosabatlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash kabi iqtisodiy masalalarni, balki uy xo`jaligini boshqarish bilan bog`liq masalalarni o`z ichiga olgan. Mazkur atama, qadimgi Yunon yozuvchisi Ksenofont (miloddan avvalgi 430- 355 yillar) qalamiga mansub “Oykonomikos” asari nomidan kelib chiqgan. “Oyeonomikos” tushunchasi ikki qismdan, ya`ni “Oykos” (uy) va “Nomos” (qonun) tushunchalaridan iborat, bundan kelib chiqadiki, “Oykonomikos” – “uy 6 qonuni” ma`nosini anglatadi. Demak Ksenofontning “Oykonomikos” asari nomlanishini, “Uy qonuni” deb tushunishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda, birinchi bosqich davrida iqtisodiy ta`limotlar metodologiyasi ko`proq pozitiv yondashuvga emas, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning me`eriy yondashuvi yotgan. Me`yoriy va pozitiv yondashuvlar o`rtasidagi farq Shundaki, pozitiv yondashuvni qo`llovchilar iqtisodiy munosabatlarni butunligicha yaxlit ko`rib chiqsa, me`yoriy yondashuvchilar iqtisodiyot, jarayon, hodisa va voqealarni o`z ongida mavjud bo`lgan me`yor bilan qiyoslab o`rganadi. Shu sababli, mazkur fikrlarda, tadqiqotlarda katta o`rinni real mavjud iqtisodiyotni me`yoriy darajasiga qanday chiqarish mumkinligi haqidagi tavsiflar oladi. Ma`lumki me`yoriy yondashuvning asosida «tabiiy tartib» kontseptsiyasi turadi, va unga muvofiq mo„ayyan jamoatchilik tartibi (jamoatchilik munosabatlari) tabiiy, ya`ni inson tabiatida azaldan o`rin olgan hisoblanadi. Bundan amin bo`lish mumkinki, keyingi mavzularimiz ham, qo`llanmamizda tabiiy sifatida tavsiflangan. Me`yoriy yondashuvning yana bir misoli sifatida, iqtisodiy hodisalarning turli ma`naviy, etik nuqtai - nazarlardan yondashish holatlarini ham kiritish mumkin. Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, me`yoriy yondashuv, qisman bo`lsada, iqtisodiyot faning ikkinchi va uchinchi rivojlanish bosqichlarida ham qo`llanilgan. Ikkinchi bosqich Mumtoz siyosiy iqtisodiyotning (XVII asrning ikkinchi yarmi - XIX asr oxiri) paydo bo`lishi, rivojlanishi va bo`linish davrini o`z ichiga oladi. Dastlab iqtisodiy nazariya «siyosiy iqtisodiyot» deb atalgan. Mazkur atama ya`ni politekonomiya ikki Yunon so`zidan olingan bo`lib «polis» (davlat yoki jamiyat) va «ekonomik» (iqtisodiyot) so`zlaridan olingan, bo`lib, «jamiyat iqtisodiyoti» (xalq xo`jaligi) tushunchalaridan kelib chiqgan. Mazkur atama frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkret`en tomonidan ilk marotaba 1615 yfilda nashr etilgan “Politekonomiya” asari nomlanishida qo`llanilgan. Keyinchalik, mazkur tushunchaga “Mumtoz”, ya`ni “mumtoz” iborasi ham qo`shila boshlagan. Mumtoz siyosiy iqtisodiyot fanlari sirasiga kiritilishi mumkin bo`lgan ilk asarlar XVII asrning ikkinchi yarmida paydo bo`la boshlagani bo`lsada, mazkur tushunchaning ilmiy doiralarda tamomila o`rnashib olishiga, 1776 yilda nashr etilgan ingliz iqtisodchisi Adam Smitning “Boylikning xalqaro tabiati va sabablari to`g`risida tadqiqot” asari turtki bo`lib, keyinchalik mumtoz siyosiy iqtisodiyot tushunchasining XVII-XIX asrlar davomida qaror topib rivojlanishiga sabab bo`ldi. 7 Alohida fan sifatida iqtisodiyot o`z tasdig`ini XIX asrning boshidan topa boshladi, hamda siyosiy iqtisodiyot ta`limoti sifatida universitetlarda o`qitila boshlandi. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab esa «Mumtoz siyosiy iqtisodiyot», Yangi nazariyalarni ilgari surgan holda rivojlanib, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, ingliz iqtisodchisi Dj. S. Mill` aytganidek, “oldiga qo`yilgan masalalarni mustaqil ravishda hal eta boshladi”. Aytib o`tish joizki, “Mumtoz siyosiy iqtisodiyot”ning bosh vazifasi, asosiy iqtisodiy tushunchalarni (narx, mablag`, daromad, kapital va boshqalar) aniqlash, va ularni tizimlashtirish bo`ldi. Shu bilan birgalikda, ular orasidagi sabablar va mohiyatlar belgilanib olindi. Iqtisodiyo fanlar tadqiqot mavzularining asosi sifatida esa, “narx”, “tannarx” kabi tushunchalar olindi. XIX asrning ikkinchi yarmida mumtoz siyosiy iqtisodiyot mustaqil ravishda rivojlanib bordi, ya`ni asosiy fan sifatida “siyosiy iqtisodiyot kursi” sifatida universitetlarda o`qitilib, uning doirasida o`quv qo`llanmalari va ilmiy asarlar yaratila boshlandi, lekin Yangi iqtisodiy tushunchalar va atamalarni hali kiritmagan edi. Shu bilan birga, mazkur davrda iqtisodiyot fanining Yangi yo`nalishlari ham yuzaga kelib, ular XIX asr so`ngi va XX asrning boshlarida mumtoz siyosiy iqtisodiyotni siqib chiqarishdi. Uchinchi bosqich zamonaviy iqtisodiyot fani shakllanishi va rivojlanishi davrini o`z ichiga oladi. Mazkur bosqich XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelib, uning rivojlanishi hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Bu bosqichda, iqtisodiyot fanini bir vaqtning o`zida mavjud bo`lgan ikki yo`nalishga, ya`ni marjinalizm va institutsionalizmga ajratish mumkin. Marjinalistik yo`nalish qaror topishi XIX asrning oxirgi yillariga to`g`ri keladi va u “marjinalistik inqilob” nomini olgan. Marjinalistik inqilobdagi oxirgi nuqta siyosiy iqtisodiyotning Yangi iqtisodiyot (ekonomiks) kursi 1902 yilda Kembridj universitetida o`qitilishidan boshlash mumkin. Keyinchalik “Ekonomiks” boshqa universitetlarda ham o`qitila boshladi. Institutsionalistik yo`nalishi esa XIX asrning o`rtalarida yuzaga kelib, XX asrning dastlabki 30 yili davomida shakllandi. Mumtoz siyosiy iqtisoddan ushbu har ikkala (nazariy) yo`nalishning farqi Shundaki, mumtoz iqtisodni asosan alohida iqtisodiy jarayon va hodisalar mohiyati, ular o`rtasidagi bog`liqlik diqqat e`tiborida bo`lsa, bu ikkala iqtisodiy yo`nalishlarning asosiy predmeti, iqtisodiy hodisalarning o`zaro aloqalari qiziqtirdi. Xususan marjinalizm yo`nalishi sof iqtisodiyotni tadqiq etib, undan ijtimoiy shakllarni ajratgan bo`lsa Institutsionalizm yo`nalishi ijtimoiy - iqtisodiyotni tadqiq etish bilan Shug`ullanadi.
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim
o`rinni egallaydi. Insoniyat o`zining ko`p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar
ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni
har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy
ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish
nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik
tajriba mujassamlashgan bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi,
rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va
yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida
eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan
asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga
oladi. Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari
yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari
tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot,
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti bilan chambarchas bog`liqligini namoyon etadi. "Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas" deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki, keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor
etish natijasida paydo bo`lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o`rganishni taklif etishadi, ammo, bu so`nggi nazariya
avvalgi ko`p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida
namoyon bo`ladi yoki bugun biz "yangi" degan fikr ma'lum vaqtdan keyin
o`zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi
fani bilan bevosita bog`liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni
qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o`rganish orqali
ekonomiks, xalq xo`jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar
hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o`zlashtirish osonlashadi, u yoki bu
iqtisodiy o`zgarishning shartsharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta
ko`mak beradi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti
to`g`risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar
boyligi" asarida asosan to`la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g`oyalar
esa qadimdan ma'lum. Ularni o`rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq
etish yaxshi samara beradi, ko`p hollarda Amerikani yangidan kashf
etishga hojat qolmaydi. Hozirgi paytda dunyodagi ilg`or g`oyalarni o`rganish davomida hurfikrlilikka (pluralizmga) keng o`rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi aniq bo`lib qoldi.
Bu fanni chuqurroq o`rganish tufayli, bir qancha yechimini
kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug`iladi. Masalan,
bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas.
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi
bilan bog`lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan,
aniqrog`i, "ishlab chiqarish omillari" paydo bo`lishi bilan izohlaydilar
(mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan
ekan). Keyingi fikr bo`yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada
boshlandi. O`z davrida ilg`or Sharqning ortda qolish, G’arbning ilgarilab
ketish sabablari, kelajak to`g`risidagi prognozlar ham muammo bo`lib
turibdi.


Yüklə 36,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə