Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonining asosiy mavzusi nima-
lardan iborat?
2. Yovmit va Zargar yurti o‘rtasida nima uchun urush chiqdi? 
Uning oldini olish mumkin yoki mumkin emasligi haqidagi 
fikringizni bildiring.
3. Dostonda Hiloloy qanday tasvirlanadi? Uning matonatiga 
matnga tayangan holda baho bering.
4. Go‘ro‘g‘li qayerda va qanday holatda dunyoga keldi? Matn-
dan aynan o‘sha parchani topib qayta o‘qing va izohlang.
5. Go‘ro‘g‘liga xos bo‘lgan sifatlarni matn asosida tavsiflang. 
6. Dostondagi Go‘ro‘g‘lini emizgan biya – G‘irot tasviriga 
munosabat bildiring.
7. Rustambek Go‘ro‘g‘liga kim edi? Uning fe’l-atvoriga matn 
asosida tavsif bering.
8. Dostondagi shevaga xos so‘zlarni aniqlang, ularning ma’no-
sini izohlashga harakat qiling.
9. Go‘ro‘g‘lining Yovmit yurtidagi hayoti va undan keyingi 
taqdiri qanday kechganligini dostonning davomini o‘qib bilib 
oling.
10. Rustamning: «Akasining tuzini yeb edim», – degan e’tiro-
fidan nimalarni angladingiz.
11. «Yaxshiyamki, Rustam Go‘ro‘g‘lini uyiga olib ketdi. Aks 
holda...» Mulohazani davom ettiring.
12. Dostonda Go‘ro‘g‘lining onasini tashlab ketishga ko‘zi qiy-
magan holati ham tasvirlangan. Matndan o‘sha joyni topib 
izohlang.
13. «Urush nog‘orasini chalmoq»ning o‘z va ko‘chma ma’no-
larini izohlab bering.
14. 
Odilxon bilan Shohdorxonga berilgan tavsiflarni o‘qing. 
Ular 
ning o‘xshash va farqli jihatlari qanday tasvirlanganini 
izohlab bering. 


32
15. Dostonda urush dahshati tasvirlangan o‘rinlarni toping. Bu 
lavhalarning qanday maqsad bilan keltirilganini izohlab be-
ring.
16. Gajdumbek bilan Bibi Hilol kimning farzandi edi? Ravshan-
chi? Ular qanday qilib yov qo‘liga tushib qolishdi?
17. Shohdorxonning tushi va uning ta’birida bir qator ramzlar 
berilgan. Dostondagi mazkur parchalarni o‘qing. Ramzlar 
talqiniga e’tibor bering. Tush motivining yana qaysi asar-
larda uchrashiga misollar keltiring. 
18. Bibi Hilol Rustambek bilan ketganida shoh zulmidan qu-
tulib qolar edi. Lekin u bu yo‘lni nima uchun tanlamadi?
19. 
Rustambek bilan Bibi Hilol suhbatini yana bir marta 
o‘qing. Ularning har biriga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar 
tavsifini izohlang.
20. Rustambek go‘rdan chiqqan bolaning o‘g‘il-qizligini qanday 
aniqladi?
21. Dostonda «Esli ekan Rustambekning xotini» degan misra 
bor. Uni sharhlab bera olasizmi?
22. Go‘ro‘g‘lini kuzatish marosimidan ruhiy holat tasvirini qayta 
o‘qing. Mulohazalaringizni ayting.
* * *
Go‘ro‘g‘libek Rayhon arabning shahrini izlab, yo‘lda 
jo‘nab keta berdi. Lekin qaysi tarafga borishini ham bil-
maydi:
Choqmog‘iga quv oldi,
Mehtaraga
1
suv oldi,
Choqlamayin Go‘ro‘g‘li,
Qistadi yo‘lga tushdi.
Necha qirlardan oshdi,
G‘irot tobga kelibdi.
Jonivor og‘zin ochdi,
Qo‘ltiqdan parqin sochdi.
Chayqalur Oydinning ko‘li,
Changiydi yurgan yo‘li.
1
M e h t a r a – suv solinadigan mesh, sanoch.


33
Gohi tog‘, gohi ko‘lda,
Ol-ho, ketib boradi.
Kun yoyilib choshgohda,
Kirib bordi bir podshoning eliga.
Go‘ro‘g‘libek ko‘zini ochib qarasa, katta bir shahar ko‘zi-
ga ko‘rindi. Daryolar oqqan, ko‘rgan odamlarning aqli shosh-
gan, ichida sol, kema, qayiqlar qurtday qimirlab har tarafga 
kelib, ketib borayotibdi. Shunday tikilib qarasa, shaharning 
ichida necha bir yerlarda katta machitlar, madrasalar, mi-
noralar ko‘rindi. Go‘ro‘g‘libekning zavqi kelib yurib ketdi. 
Bir katta saltanatli darvozaga yetdi. Qarasa, darvozaning har 
chekkasida o‘n yetti joyda qorovulxonasi bor. Shu xonalari-
dan katta-katta to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yibdi. 
Juda saltanatli, juda katta joy ko‘rindi. Go‘ro‘g‘li bu joy 
katta joy ekan, deb darvozadan kirmay, bir Ko‘kbuloq degan 
buloqqa yetdi. Qarasa, bir xotin o‘ltiripti, o‘sh oriq, rang-
lari sariq, uzun bo‘yli, sher o‘mganli, qo‘lida ko‘zasi bor. 
Qo‘lidagi ko‘zasini to‘ldirib, qo‘ltig‘iga tirab, Go‘ro‘g‘li 
bekka 
qarab: «Bu kelgan qanday ajali yetgan odam ekan?» – deb 
qa 
rab turibdi. Go‘ro‘g‘libek haligi xotinga qarab, oyog‘ini 
uzangiga tirab: «Bu qanday shahar, darvoza kimning uyi?» – 
deb, bir so‘z dedi:
Aqli borning bo‘ladikan ko‘p o‘yi. 
Ko‘zasini to‘ldirib turgan mushtipar,
Naqqoshli joy, qanday odam saroyi?
Ado bo‘lmas tor siynamning hasrati,
Saltanatman to‘p qo‘yibdi har yoqqa,
Saltanatli rabot kimning raboti?
Ko‘zangni to‘ldirib turmay qaraysan, 
Naqqoshli joy, qanday xonning makoni? 
Xudo-yo, ketgay-da yurakning dardi. 
Osha yurtdan oshib keldim, so‘rayman,
Mana turgan qanday shohning bog‘oti?
Bechora mushtipar ayol bu so‘zni eshitib, yurak-bag‘ri 
ezilib, ko‘zidan yoshi tizilib, Go‘ro‘g‘libekka qarab bir so‘z 
dedi:


34
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin,
Ko‘p yilgacha uzoq yasha, o‘lmagin!
Meni desang, ketgin kelgan yo‘lingga,
Rayhon podsho ko‘rib, o‘zing o‘lmagin!
Bu makkor Rayhon arabning joyi. 
Chiroqqinam, ko‘rsa seni o‘ldirar, 
Qizil gulsan, ochilmayin so‘ldirar,
Ko‘rsatmaydi senga o‘z elatingni
Kundan kunga ziyod qip hasratingni.
Rahmi kelmas, Rayhon arab o‘ldirar.
O‘lja qilar ostingdagi otingni,
Oqizar, chirog‘im, ko‘zdan yoshingni.
Quzg‘unga torttirar sening go‘shtingni,
O‘lja qilib, kiyim bilan otingni,
Kesib olar shu tanangdan boshingni.
Go‘ro‘g‘libek mushtipardan bu so‘zni eshitib, chiroyi 
ochilib, og‘zidan durlari sochilib, g‘ayrati jo‘sh qilib, fil-
day bo‘lib pishqirib, murod-maqsadimga yetdim deb yuragi 
toshib, haligi bechora ayolga qarab, bir so‘z dedi:
Bedov mingan tog‘dan pastga chopindi,
Yovning kuni botir qalqon yopindi.
Ming martaba shukur qilay, mushtipar. 
Izlaganim o‘z oldimdan topildi.
Yig‘latgan elimda bir nechamni,
Yuraklarda g‘am ko‘p, dardman anchamdi.
«Baytalingga otimni qo‘yaman», – deb,
Op keluvdi Xoljuvonday chechamdi.
Kengash chiqar elning katta biyidan, 
Go‘ro‘g‘li toy deb chiqqan Yovmit uyidan.
Voy bolam, deb o‘pkasini bosolmay,
Shu ayol chinqirib turdi joyidan.


35
Sarg‘aygan ekan-da bebaxtning yuzi,
Qoshi qaro edi, daryo qunduzi,
Buning o‘zi Turkman elning azizi.
Shundayin Go‘ro‘g‘li tiklab qarasa, 
Kelayotgan Xoljuvonoyning o‘zi.
Ena, deb Go‘ro‘g‘li ko‘zin yoshladi,
Qamchisini og‘ziga olib tishladi.
Otining tizginin solib bilakka:
– Voy enam! – deb G‘irdan o‘zin tashladi.
Tomosha aylang, Xoljuvonning ishiga,
Davlat turmas takobirning boshida.
Bachchajon, deb qulochini yozib op,
Bolam, deb ayqalab oldi to‘shiga.
To‘xtatolmay Go‘ro‘g‘libek o‘zini,
Merganlar ovlaydi ko‘lning g‘ozini,
Bu enam deb, u bolam deb yig‘laydi,
Iskalab yuziga qo‘yib yuzini.
Go‘ro‘g‘libekman Xoljuvonoyim ikkovi bir-biri bilan ko‘ri-
shib, hol-ahvol so‘rab, Xoljuvonoyim Go‘ro‘g‘libekka qarab, 
oh tortib bir so‘z dedi:
Tog‘larning boshini cholgan tumanmi,
Yovmit eli qadimgiday zamonmi?
O‘lmay ko‘rdim, chiroqqinam, o‘zingni,
Saltanatli Ahmad tog‘ang omonmi?
Yuraklarim bo‘lgan to‘la qonmi?
Ko‘chalarda necha beklar sarsonmi? 
O‘lmay ko‘rdim, sening oyday betingni,
Yovmit podshosi – Urayxon omonmi?
Go‘ro‘g‘libek:
– Ey checha, bu damni g‘animat bilmoq kerak. Bu 
Shirvonning yurti, katta taraf – dushmanimning mamlakati. 


36
Birov Ray 
hon podshoga borib aytar, burqillab tevaragimni 
ko‘p lashkar olar, vaqtli turing, orqamga mingashing, ketamiz 
Yovmit eliga, – dedi. Xoljuvonoyim aytdi:
– Chirog‘im, mening Shirvon eliga kelganimga uch yil 
bo‘libdi, lekin Rayhon arabga bir kosa suv qo‘limdan ber-
ganim yo‘q. Agar sen meni olib ketsang, Yovmitga yetsang, 
ma’raka-majlislarda odamlar: «Go‘ro‘g‘libek xo‘p ish qilibdi, 
uch yildan beri Rayhon arab xotin qilib yurgan chechasini 
olib kelibdi», – deydi. Mening kasofatim senga tegadi. Dav-
latingiz, martabangiz ellar 
ning ichida past bo‘ladi, «Checha-
ngizni Rayhon arab unday qilgan, bunday qilgan», – deb 
dushmanlaring aytadi. Go‘ro‘g‘libek, endi sizga aytadigan bir 
gap bor: Rayhon arabning bir qizi bor, yarim belidan pasti 
uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin 
so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l mun-
choqli, oydan suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun 
desa ko‘zi bor. Har bir narsa deguday, har bir barno ko‘rgu-
day, ana shu qizning chin oti Xumoroy, laqabi Zaydinoy. 
Shuni olib qochib keting. Ertan Zaydinoyni: «Kir yuvaman», 
– deb qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, 
hamma or-nomusga barobar bo‘ladi. Mana, Gulshan chor-
bog‘da yotib damingizni olib tu 
ring, – dedi. Go‘ro‘g‘libek 
Xoljuvondan bu so‘zni eshitib:
– Xayr esa, – deb, Gulshan bog‘da yotib qoldi. Shuytib, 
Go‘r o‘g‘libek yotib tursin, Xoljuvondan eshiting:
Xoljuvon oyim ketdi, o‘rdaga yetdi. Xoljuvon uch yildan 
beri Turkmanning urug‘i qurimasa, bir kuni bir turkman 
o‘g‘loni kelib olib ketadi, deb Rayhon arab bilan gaplashgan 
emas, bir kosa suv ham bergan emas edi.
Rayhon arabning oti G‘irotning isini olib, bolasi emasmi, 
egasi Rayhon podshoga savdo tusharini bilib, qoziqda turib 
tinmasdan kishnab, aylanib yotibdi. Kechqurun bo‘lib, tong 
ham otdi.
Rayhon arabning to‘qson turli chitdan bo‘lgan bir ko‘rpa-
si bor edi. Shuni yopinib yotib edi. Shunda Xoljuvon Ray-
hon arabga qarab:
– Men Ko‘kbuloqqa kir yuvishga chiqib kelay, – dedi. 
– Zaydinoy qizingni kir yuvishga menga qo‘shib yubor. 
Shunda Rayhon arab:


37
– Kirni yuvmasang yuviqsiz qolsin, peshonamda bir qiz 
bor, buning ham qo‘lini qabartirib kir yuvdirayinmi? – dedi. 
Xoljuvonoyim aytdi:
– Ko‘kbuloqda bir o‘zim kir yuvib yurganda bir suv 
yoqla 
gan keladi, meni ushlab oladi, dod deganimni kim 
eshitadi, uyati o‘zingga qoladi, – dedi. Rayhon arab buni 
eshitib, «rost aytadi», deb qizini oldiga chaqirib olib:
– Zaydinoy, bor, enang bilan kir yuvishib kel, – dedi. 
Zaydinoy:
– Xo‘sh, – dedi. Xoljuvonoyim bilan Zaydinoy ikkovi 
bir bo‘lib, kirlarni ko‘tarib, Ko‘kbuloqning oldiga yetdi. 
Shu orada Go‘ro‘g‘libek kelib qoldi. Go‘ro‘g‘libek Zaydin-
oyga qarab, oyog‘ini uzangiga tirab, bir so‘z dedi:
Enib keldim tog‘laringdan,
Bir gul uzsam bog‘laringdan,
Suvsab keldim cho‘llaringdan,
Suv ber, oyim, qo‘llaringdan!
Ko‘zlaring – tongning yulduzi, 
Qoshlaring – daryo qunduzi, 
O‘zing Shirvonning azizi, 
Suv bergin, arabning qizi. 
Rayhon arabning yolg‘izi,
Ichay sening qo‘llaringdan!
Buni eshitib, Zaydinoy bir so‘z dedi:
Uzun-uzun uvomiz bor,
Elda katta bobomiz bor,
Suv bermakka tovbamiz bor, 
Iching kuysa, tushib ichgin.
G‘o‘non toyni o‘ynatasan,
Sen ko‘nglimni qabartasan.
Yuraging kuysa, yo‘lovchi,
Chashmaning boshiga tushib, 
O‘zing suv ichib ketarsan.


38
Bu so‘zni eshitib, Xoljuvon Zaydinoyga qarab aytdi:
– Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv 
bergan savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar 
emish. Sen olma eding- 
da, uzib ob ketami? Mana, laganga 
suvni solib uzatib qo‘ya qol-da. Bu zamonning bolasining 
uyati yo‘q-da, uyalmay erkaklar bilan so‘zlashib, gapiga 
savol-javob qilib turadi.
Zaydinoy enasining so‘zidan o‘tolmay, enasiga qattiq 
javob berolmay, nochor o‘rnidan turib, mis kosani olib, 
Ko‘kbuloqning suvidan yarim qilib, Go‘ro‘g‘libekka uzatdi. 
Go‘ro‘g‘libek qo‘lidagi mis kosani urib yuborib, ikki qo‘li 
bilan ikki qo‘lidan ushlab, silkib ilgariga tortdi. Zaydinoy 
tizza bo‘yi baland ko‘tarildi. Zaydinoy buni ko‘rib, labini 
tishlab, achchig‘i kelib, soldarini solib, yerga qarab bir tortdi. 
G‘irotning tizzasidan pasti yerga kirib ketdi. Go‘ro‘g‘libekning 
burnidan chak-chak qon ketdi. Go‘ro‘g‘libek Xoljuvon che-
chasiga qarab, bir so‘z aytdi:
G‘anqillab uchadi ko‘llarning g‘ozi,
Sarg‘aydi menday yo‘lbarsning yuzi.
Chechajon, o‘zima bergin himoyat,
Qaytayin, zo‘r ekan arabning qizi!
Arab qizi bilmaganim bildirar,
Ko‘plab lashkar Shirvon eldan keltirar.
Vaqtli ilojin qilgin, Xoljuvon,
Avval meni, so‘ngra seni o‘ldirar!
Buni eshitib, Xoljuvon o‘rnidan turib: «Zaydinoyning 
ko‘ngli mendan qolmasin», – deb bir so‘z aytib ketib bo-
rayotibdi:
Yangi olamday qilganman o‘zimni,
Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.
Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi,
Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!
Haq kuydirdi mening kulba xonamni,
Rayhon arab kuydirgandi tanamni,


39
Sen qanday o‘larmonsan, yo‘lovchi,
Qo‘yib yubor, mahkam ushla bolamni!
Bu so‘zlarni aytdi, chopqillab Zaydinoyning oldiga yetdi. 
Yomon kirlarning kirini ketkizmak uchun rasm bo‘lgan bir 
gazcha qo‘lida yo‘g‘on tayog‘i bor edi. Shuni qo‘liga olib, 
Zaydinoyning putiga oralatdi. Zaydinoyning yomon qitig‘i 
kelib ketdi, sakrab G‘o‘ro‘g‘lidan bir gaz yuqori bo‘lib 
ketdi. Shunda Go‘ro‘g‘libek qo‘lini qo‘yib yuborib, go‘sam
1
serkaday qilib, ikki qo‘li bilan belidan, qo‘ltig‘idan mahkam 
ushlab, egarning qoshiga ko‘pkari chopgan odamday tortib 
olib, bir bosdi. Zaydinoyning qoburg‘a 
siga egarning qoshi 
botdi. Ana shunda Xoljuvon Go‘ro‘g‘libek 
ning boshidan sal-
lasini olib, Zaydinoyni G‘irotning yoliga teng tarozi qilib, 
egnidan, oyog‘idan o‘rab egarning qoshiga mahkam qilib 
boylab berib, bir so‘z dedi:
Xudo qilgan ikkovingga marhamat, 
Uch yil bo‘lmay Xoljuvonga qiyomat. 
Zaydinoyjon Ahmadbekka omonat, 
Omonatga, qaynim, qilma xiyonat! 
Yovmit elga boring sog‘-u salomat! 
Arab qizi Ahmadbekka omonat. 
Go‘ro‘g‘libek, xo‘p, deb jo‘nab ketdi, G‘irotning to‘rt 
oyog‘i yerni to‘rt qozonday qilib o‘yib ketdi. Oyog‘idan 
chiqqan chang tumanday kunning yuzini tutdi. Go‘ro‘g‘li 
qirq toshcha yo‘l yurib ketgandan keyin, Xoljuvon «dod» 
deb kiyimlarni shu yerga qo‘yib, Rayhon arabning oldiga 
yetdi, hadeb zor-zor yig‘lay berdi. Rayhon arab:
– Nimaga yig‘laysan? – dedi. Xoljuvon aytdi:
– Aytmabmidim, qizing Zaydinoy qochib ketdi!
Shunda Rayhon arab aytdi:
– Yuvgan kiyimlardan olib keldingmi?
Xoljuvon:
– Hali kiyimlarni yuvganim yo‘q edi. Ozmi-ko‘pmi mo-
jaro bo‘ldi. Talashib-tortishib, yiqilib-surilib, sening oldingga 
keldim. Shunda Rayhon arab aytdi:
1
G o‘ s a m – qo‘y-echkining boqib semirtirilgani; bo‘rdoqi.


40
– Esa biz nima kiyamiz?
Xoljuvon aytdi:
– Endi sen ko‘rpaning o‘rtasidan teshib, kiyib olmasang, 
boshqa kiyim yo‘q.
Rayhon arab:
– Sen tulpor otni egarla! – dedi. 
Rayhonning oti havolab, uchar qushday bo‘lib, parvoz 
qilib, o‘zini juftaklab borayotir, oyog‘i do‘ng yerlarga tegadi, 
ship yerlarga yetmay yotir. Otning shamoli bilan Rayhon 
arabning belidagi chilviri uzilib ketdi. Ana endi ko‘rpasi havo 
kemaday havoga olayotibdi, tovushi vor-vor etib kelayotibdi. 
Rayhon arab terga tushib kelayotibdi.
Endi Go‘ro‘g‘libekdan eshiting:
G‘irko‘k otning jilovini saqlab, bilagiga solib, tortib, 
pirlar 
ning bergan sari yoyini qo‘liga olib, «otaman» deb 
kelayotibdi. Zaydinoy «mabodo otmasin» deb kamonining bir 
chekkasidan ushlab kelayotibdi. 
Go‘ro‘g‘libek Rayhonning kelayotganini bilib, Zaydinoyga 
aytdi:
– Kelayotgan kim?
Zaydinoy:
– Parillagan tovushidan angladim, otam chopib kelayot-
ganga o‘xshaydi, – dedi. Zaydinoy Go‘ro‘g‘lining otasi-
dan qo‘rqmaydiganini bildi. Shunday bo‘lsa ham, go‘yo 
Go‘ro‘g‘liga ichi achi 
ganday bo‘lib: «Otam zo‘r polvon, 
o‘ldiradi», – deb Go‘ro‘g‘liga qarab, bir so‘z dedi:
Otam sening bilmaganing bildirar,
Xanjar chekib qora bag‘ring tildirar.
Joningning hiylasin qilgin, yosh bachcha,
Rahmi kelmas, sizday mardni o‘ldirar!
Oqizar ko‘zingdan qonli yoshingni,
Quzg‘unga torttirar sening go‘shtingni!
Otam polvon sizday bekni o‘ldirar,
Kesib tashlar tanangizdan boshingni!
Go‘ro‘g‘libek buni eshitib, Zaydinoyga qarab, bir so‘z 
dedi:


41
Ne savdo ko‘tarmas mardlarning boshi,
O‘ljasini tashlab ketmas mard kishi.
O‘ljasin tashlamoq – xotinning ishi.
Ot chopsa, shaqirlar tog‘larning toshi, 
O‘ladi deb xafa bo‘lma, qaddingdan, 
Yetsa bo‘lsin, er Alining savashi. 
Go‘ro‘g‘libek aytdi:
– Sening otang meni o‘ldirolmaydi, uning uchun xafa 
bo‘lma! Mening senga ichim achib kelayotibdi. Mabodo 
otasini o‘ldirib qo‘ysam, Zaydinoy xafa bo‘lib qolmasin, 
deb. Xayr, nima bo‘lsa sening otang-da... O‘zi indamasa, 
men indamayman, – deb G‘irko‘k otning jilovini shunday 
bo‘shatib, jonivor G‘irko‘k ot, karomatingni mana shu yerda 
ko‘rsat, deb bir depsinib yuborib edi, G‘irko‘k yashinday 
bo‘lib jo‘nay berdi. «Rayhon arabning oti katta, mening otim 
toy, hali kichik, yetib olib qo‘ymasa», – deb Go‘ro‘g‘lining 
xavotiri bor edi. Uzangiga oyog‘ini tirab, G‘irotga qarab, 
bir so‘z dedi:
Dushman bilan bo‘ldim taraf,
Arzim aytay senga qarab,
Otim G‘irot, jonim G‘irot,
Yeming kishmish, to‘rvang banot,
Tezgir bo‘lgin, keldi arab!
Go‘ro‘g‘lining bu tilini eshitib, 
G‘irko‘k ot jonini sotdi. 
Yaxshi otdir – mard yigitning qanoti, 
O‘kcha tirab boshin baland qaratdi, 
Qo‘ltiqda sirillab yashin qanoti, 
Jonivor G‘irko‘k ot og‘zini ochdi 
Qarchig‘ayday bo‘p osmonga uchdi. 
Go‘ro‘g‘libek ko‘zin ochib qarasa, 
Yuz quloch daryodan nariga tushdi.
Go‘ro‘g‘libek ko‘zin ochib qarasa, Tajan daryosidan o‘tib-
di. Shunda orqasiga qarab turdi. Rayhon arab ham tulporini 
«chuv-ho», «chuv-ho» deb qistab, Go‘ro‘g‘libek bilan izma-iz 


42
kelayotib edi. Bu ham otini Tajan daryosiga soldi. Daryo-
dan o‘tolmay oti 
ning oldingi ikki oyog‘i daryoning berigi 
labiga tushdi, orqasidagi oyog‘i daryoga botib, Rayhon arab 
daryoga «cho‘lp» etib tushib ketdi. Oti o‘zining tarafiga suzib 
o‘tdi. Lekin Rayhon arabning bo‘ynidagi ko‘rpasi daryolar-
dagi namatchilarning namatiday bo‘ 
lib suvda aylanib, Ray-
hon arabni botgani qo‘ymay oqib borayotibdi. Suv Rayhon 
arabni qo‘ymay oqizib ketayotibdi. Baliqlar: «Bizga yaxshi 
ovqat kelib qoldi», – deb har yer-har yeridan tishlab ke-
layotibdi. Buni shunday holda ko‘rib, Go‘ro‘g‘libekning esiga 
Rayhonning aytgan so‘zi tushib: «Besh kun davron sizniki, 
besh kun davron bizniki, Rayhon podsho menga qara, mana 
deb... Rayhonning qosh-manglayiga borib: «Mening so‘zima 
quloq so 
ling», – deb bir so‘z dedi:
Tomosha qil, G‘irko‘k aspi tozimni,
Uch yilda bosdimi sening izingni?
Seldiratib olib qochdim qizingni,
Tuman qildim, arab, sening yuzingni...
Quloq soldi Go‘ro‘g‘lining tiliga,
Talato‘p soladi Shirvon eliga.
Dushmanimning biri kam deb Go‘ro‘g‘li,
Sari yoyni
1
sadoqdan oldi qo‘liga.
Tarafiga xo‘p bemaza so‘zladi,
Rayhon arab yurak-bag‘rin tuzladi,
O‘ldirayin dedi achchig‘i kelib,
Ikki qoshning o‘rtasidan ko‘zladi.
Go‘ro‘g‘libekning yoy bilan ko‘zlab o‘ldiraman deganini 
bilib, Zaydinoy Go‘ro‘g‘libekka yalinib, bir so‘z dedi:
Xoljuvon chechangiz sochini yoyib,
Men qolarman davlatingda mung‘ayib.
Otamni otma, otni otgin bekbachcha,
Otam o‘lsa, eli bo‘lar besoyib
2
!
1
S a r i y o y – pay bilan ishlangan eng yaxshi pishiq yoy.
2
B e s o y i b – sohibsiz, egasiz.


43
Men bo‘larman bunda dardli devona,
Otamni otma, otin oting, taqsirjon,
Otam o‘lsa, joyi bo‘lar sag‘ana!
Bedovlar chopildi qulo (keng) dalaga,
Men otamning o‘lim otin tilayman,
Menday xizmatkoring tushdi o‘rtaga.
Kuyganimdan gapni gapga ulayman,
Qora zulfim zarafshonni silayman.
Yolg‘iz o‘lsa, tuxmi qurib ketmaymi?
Men otamning o‘lim otin tilayman.
Mardlar oyimlarni saqlar, o‘dag‘a,
To‘ram, sening mard, nomarding sinayman.
Kuyganimdan gapni gapga ulayman,
Haq hurmati o‘lim otin tilayman.
Otam o‘lsa, xafa bo‘lib yig‘layman,
Sizday marddan mendayin qiz sadag‘a.
(Go‘ro‘g‘libek Zaydinoyning so‘zini olib, Rayhon arabni 
yana kalaka qila berdi:)
Iching kuyib o‘lgin, arab,
Endi qoyil bo‘lgin, arab.
Yetim toyim yelmadimmi?
Seni sarson qilmadimmi?..
Suvsiz cho‘lda yetkizmayin,
Kuchuk bobo qilmadimmi?
Iching kuyib o‘lgin, arab,
Endi qoyil bo‘lgin, arab!
Sening so‘zlar so‘zingni oldim,
Kecha-yu kunduzingni oldim,
Bilsang, jodu ko‘zingni oldim,
Jondek sening qizingni oldim.
Shunday sarvinozingni oldim,
Shirin-shakar so‘zingni oldim.
Iching kuyib o‘lgin, arab,
Endi qoyil bo‘lgin, arab!


44
Suvsiz cho‘lda qolding endi,
Bilsang ado bo‘lding endi.
Tulpor oting nima bo‘ldi?
Esing bo‘lsa, o‘lding endi.
Meni ahmoq demabmiding,
Mendan battar bo‘lding endi.
Iching kuyib o‘lgin, arab,
Endi qoyil bo‘lgin, arab!
Zo‘rligimni bildirdimmi?
Iching g‘amga to‘ldirdimmi?
Qizil guling so‘ldirdimmi?
Olmadimmi quvvatingni,
Qiz oyim suyukligingni?
Iching kuyib o‘lgin, arab,
Endi qoyil bo‘lgin, arab!
Bu so‘zlarni Rayhon arab eshitib, suvning ichidan Go‘r-
o‘g‘ 
libekka bir so‘z dedi:
Eshitgin, yetimak
1
, aytgan so‘zimni,
O‘lmasam bir kun bosarman izingni!
Men senga bir nasihat aytayin,
O‘zing olgin Zaydinoyday qizimni!
Borib obod qilgin Yovmit yurtingni,
Olib ketding menday marddan lotingni
2
!
Rayhon arab aytdi:
– Har nima bo‘lsa, o‘ljangni birovga berma, mard ekan-
san, sen ham o‘g‘il ekansan, mendan lotingni olding, halo-
ling bo‘lsin! O‘z yo‘lingni bilib, endi yurar yeringdan qolma!
Rayhon arab suvning beti bilan suzib, daryoning qayrang-
roq yeriga borib qoldi. Shunda uytib-buytib daryoning qay-
rag‘idan chiqib oldi. Daryodan chiqib ko‘rpani yirtib-yirtib, 
paxtani olib, avrasini tashlab, astarini boshiga o‘rab, qo‘lini 
1
Y e t i m a k – yetimcha.
2
L o t – qasd.


45
chiqarib yopinib oldi. Paxta bilan avrasini olib ketar edi, 
paxta suvda ho‘l bo‘lib qolgan emasmi, og‘ir bo‘lib otiga 
bir o‘zi ortolmay qoldi. Ilojsiz: «Ko‘p uvadaga ega bo‘lib 
yuramanmi? Tag‘in shunday uvadani toparman-da», – deb 
hotamtoyligi tutib tashlab ketdi. Rayhon arab astarga o‘ranib 
otining oldiga borib, ushlab oldi. Minay desa oti cho‘loq 
bo‘lib, oqsoqlanardi. «Mayib bo‘lganga o‘xshaydi», – deb 
xafa bo‘lib yetaklab, Shirvonga qarab yayov ketdi. Buni 
ketmoqda qo‘yib, Go‘ro‘g‘lidan eshiting: 
Go‘ro‘g‘libek daryodan omon-eson o‘tib, dushmanlardan 
qutulib, Zaydinoyni orqasiga mingashtirib oldi. Goh jeba-
lab, goh yo‘rg‘alab, goh yo‘rtib mast bo‘lib, yuragidan cheri 
ketib, o‘n besh kunlik oyday bo‘lib, Yovmit shahriga yetdi. 
Yovmit eli, shahar xalqi Go‘ro‘g‘lini ko‘rib, talato‘p-g‘ulg‘ula 
tushib qoldi. Go‘ro‘g‘libek shahar ichiga kirib, Ahmadbek 
yotgan eshik 
ning oldiga borib, bir so‘z demoqchi bo‘lib 
turdi. Ahmadbek Go‘ro‘g‘lining Yovmit elidan araz urib
kelmay ketgan kunidan beri shu uyda ilonday to‘lg‘anib, 
ayiqday ag‘anab ham o‘g‘lidan, ham xotinidan ayrilib yotib 
edi. Go‘ro‘g‘li: «Uyda hech kim bormi?» – deb bir so‘z 
deb turibdi:
Assalomu alaykum, Ahmadbek tog‘a,
Po‘lat dobiling tuygin-chi,
Ko‘lga shunqoring chuygin-chi,
Op keldim arab qizini,
Tog‘ajon, bergin suyunchi!
Sarg‘aytibman yuzini,
O‘ydim dushmaning ko‘zini,
So‘lqillatib olib qochdim,
Zaydinoyday qizini.
Tog‘ajon, bergin suyunchi!
Xoljuvonning o‘rniga,
Zaydinoyday yoring keldi,
Tog‘ajon, bergin suyunchi!


46
Go‘ro‘g‘lining tovushini eshitib, Ahmadbek uch yildan 
beri yotgan yeridan: «Voy bolam! Go‘ro‘g‘lijon, bormisan?!» 
– deb sachrab turib ketdi. Ahmadbek Go‘ro‘g‘libekni duo 
qilib aytdi:
– Umring uzoq, davlating behisob bo‘lsin, tuproq ush-
lasang, oltin bo‘lsin! O‘lgunimcha sening xizmatkoringman, 
chirog‘im. Seni ko‘rib hamma dardim, hasratim esimdan 
chiqib ketdi. Bu 
ning ustiga, Zaydinoyni olib kelib ber-
ding. Davlating o‘lguningcha ado bo‘lmasin. Senda kamsiz 
dimog‘im chog‘ bo‘ldi. Endi davlatga sen egasan, bolam, 
o‘ligimning egasini topdim, hamma podsholik, beklik ishlari-
ni, barcha mol-hol, tanga-zarlarni senga topshirdim, – deb 
Go‘ro‘g‘libekni duo qilib, etagiga kallasini soldi. O‘zida bor 
bo‘lgan har nima amallarni Go‘ro‘g‘libekka topshirdi.
Shunda Go‘ro‘g‘libek bosh bo‘lib, hamma ulug‘ beklar, 
xonlar, bekzoda, xonzodalar, kichik fuqarolardan shu yerda 
hozir turib, Zaydinoyni podsholik rasm-qoidasi bilan Ahmad-
bekka nikoh qilib berdilar. Qirq kunlik to‘y-tomosha bo‘lib, 
el-eliga, shaharlik shahariga jo‘nab ketdi. Shuytib, murod-
maq sadga yetdilar.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə