Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

k i R i SH


4
Siz, azizlar, haqiqiy badiiy adabiyot hayotning o‘ziga xos 
in’ikosi sifatida ong-u tafakkurga beqiyos ijobiy ta’sir o‘tkazi-
shini, o‘ylashga, qiyoslash va xulosalar chiqarishga undovchi 
kuch-quvvat berishini aslo inkor etmasangiz kerak. 
Hozirgacha xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek adabiyoti tarixi, 
mumtoz Sharq va jahon adabiyotidan tanlangan namunalarni 
o‘qib tahlil qildingiz. Va bu jarayonda olamdagi rang-barang 
hodisalar-u millati, yoshi, kasb-kori, qiziqishlari, tasavvur 
va dunyoqarashlari bir-biriga o‘xshamaydigan Hazrat Odam 
avlodlarining yashash tarzi, tarixi, favqulodda vaziyatlarda-
gi ruhiyati hamda kayfiya 
tidagi o‘zgarishlar tasvirlari bilan 
atroflicha tanishdingiz.
Ajdodlarning vatan, millat ravnaqi, erk-u ozodligi yo‘-
lidagi fidoyiliklari, mardonavorliklari, jasoratlari bayonidan, 
mehnatsevar va tadbirkor, aqlli, dono, ijodkor, kamtar, yuk-
sak insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan odamlar tasviridan 
qanchalik mamnunlik tuygan bo‘lsangiz, aksincha, qo‘rqoq va 
xiyonatkor, johil va nodon, ishyoqmas va tanbal, loqayd va 
madaniyatsiz kimsalar obraziga duch kelganda ichingizda bir 
afsus-nadomat va ranjishlar paydo bo‘lgandir, ehtimol. Bu 
hol Sizning ko‘nglingizda o‘zbekona milliy-ma’naviy hayot 
tarzimizga mos va munosib fazilatlar shakllanib borayot-
ganidan darak beradi. Hadisi sharifda aytilganidek, «... agar 
siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha, 
yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy mo‘min ekansiz». 
Bu yaxshi insonga xos xislat belgisidir.
Kitobxonlik madaniyatining kamol topishi bu adabiy did-
ning, badiiy-estetik zavqning, nutqiy aniqlikning, demak, 
go‘zallik va xunuklik haqidagi qarashlarimizning teranlashib 
borishi demakdir. Bu yo‘ldagi tahsilda Sizga xalq og‘zaki 
ijodi, qadimiy adabiyotimiz, Sharq va G‘arb xalqlari ada-
biyotining go‘zal namunalari yordam berishi tabiiy. Badiiy 
asarlarni o‘qimay, go‘zal adabiyot bilan oshno tutinmay 
yashayotgan odam hayotda eng nochor va achinarli holga 
tushib qoladi. Bilib qo‘yingki, kitobxonlik tug‘ma xususiyat 
emas, demak, komillikni istagan har kim uni o‘zida shakl-
lantirishi va rivojlantirishi mumkin. 
Ko‘p kitob o‘qigan odam tez fikrlashi, xotirasining kuch-
liligi, muhim bilan nomuhimni ajrata olishi, voqelikka ijodiy 


5
yonda 
shishi, tashabbuskorligi, hodisalarga tanqidiy nuqtayi 
nazardan fikr bildira olishi, fikr-mulohazalarini aniq ifoda-
lashi, ayniqsa, og‘zaki va yozma nutqining ravonligi bi-
lan ajralib turadi. Mustaqil kitob o‘qishda tushunib, anglab 
o‘qish; o‘qiganlarni uqish, matndagi muhim o‘rinlarni ajrata 
olish va ayrim zarur gaplarni maxsus daftarchaga ko‘chirib 
olish o‘quvchiga katta foyda beradi.
Aziz o‘quvchi! Kitob o‘qishda asar tanlashga qiynalsangiz, 
albatta, kattalardan, ota-onangiz yoki ustozingizdan yordam 
so‘rashni unutmang. Ayni damda o‘z istak va qiziqishlari-
ngizga mos kitob tanlash sizga ko‘proq naf keltiradi. Biror 
matndagi qiyin va tushunarsiz so‘zlarni to‘g‘ri anglashda siz-
ga maxsus lug‘at kitoblari, elektron lug‘atlar, ma’lumotnoma 
va fan sohasiga doir qomuslar yordam beradi. Sir emaski, 
hozirgi davrda bunday manbalarni topish imkoniyatlari kun 
sayin ortib bormoqda. 
Kitobxonlik madaniyatining yuksalishida o‘z ustida ish-
lashning, mustaqil va ijodiy faoliyatning ahamiyati beqiyos. 
Shuningdek, ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodidan saboq 
olish, ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand 
bo‘lish ham lozim.
Mahmud Koshg‘ariy «Qut belgusi – bilig» degan ma-
qolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan 
boshlab faol iste’molda bo‘lganini yozadi. Bu har qanday 
fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi. 
Bilimning manbayi esa, tabiiyki, kitob bo‘ladi. 
Yusuf Xos Hojib o‘zining bosh qahramoni – Eligni ki-
tobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi: 
Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun,
Kemishti kitab, o‘tru baqti ko‘zun
Mazmuni:
Elig bir kun yolg‘iz o‘zi o‘tirdi,
Kitobni qo‘ydi, ko‘zini uzoqqa tikdi.
Adibning nazarida, elchi – diplomat lavozimidagi kishi 
uchun ham asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning 
mohiyatini bi 
lishdan iborat. 


6
Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy asarlarining asosiy qahra-
monlari bilimi, shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi. 
Zero, Hay qabilasining boshlig‘i qizi uchun maktab ochib 
bergani, Farhodning turli fan sohalaridan boxabarligi, Shi-
rin atrofidagi qiz 
larning barchasi hayoli va oqila, har bir 
san’atda mohir bo‘lgani tasodifiy emas. «Hayrat ul-abror»da 
insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rost-
lik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi. 
Hazrat Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida yozadi:
O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istarsen – o‘zungdin istagil.
Bu martabaga esa faqat kitob o‘qish bilan eri 
shish mum-
kin. Zotan, Alisher Navoiy inson ma’naviyatini boyi 
tishga 
har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga 
ja 
vob bera oladigan asarlargina xizmat qila olishini ham 
alohida ta’kidlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida ifodalangan 
tuy 
g‘ular qalbga zavq bag‘ishlaydi; «Boburnoma»da aks etgan 
hayot hodisalari o‘quvchini o‘yga toldiradi, unda insonning 
kuch va qudrati ulug‘lanadi, ishonch va e’tiqodini mus-
tahkamlaydigan voqealar bayon qilinadi; odamning yuragida 
maqtovga loyiq xislatlarni paydo qilishga rag‘bat uyg‘ona-
di. Bobur otasi haqida yozganida, uning botirligi, shijoati 
kabi fazilatlari bilan birga, ayniqsa, kitobsevarligiga, xususan, 
«Xamsa» dostonlarini zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan o‘qiga-
niga alohida urg‘u beradi. 
Umuman olganda, adabiyot tarixidagi iste’dodli adiblar 
va adabiy qahramonlar tanlagan yo‘l, ularning kechinmalari, 
his- tuyg‘ularining betakror tasviri asrlar bo‘yi hammani o‘ziga 
maftun qilib keladi. Bosh qahramonlar tabiatidagi kurashuv-
chanlik, beg‘uborlik, pokizalik bizning qalbimizga, ruhimizga 
o‘rnashadi. Tabiiyki, ayrim qahramonlarning murakkab taqdi-
riga nisbatan ham bizning loqayd va e’tiborsiz bo‘lishimiz 
mumkin emas. Badiiy adabiyotni barcha ma’naviy qadriyatlar 
va yuksak insoniy fazilatlar bilan uyg‘un tarzda talqin etish 
mumkin. Shunda odamning olamdagi moddiy va ma’naviy 
hodisalarga yaxlit munosabati namoyon bo‘ladi. 


7
Har bir insonning o‘z ongi, tasavvuri, tafakkur tarzi, 
dunyoqarashi bilan belgilanadigan ichki dunyosi bor. Uning 
«yaxshi» yoki «yomon» deb nom olishi mana shu ichki 
dunyoning mazmun- 
mohiyatiga bog‘liq. Agar u jamiyatning 
tegishli bosqichdagi ta 
lablariga, jamiyat a’zolarining umumiy 
axloqiy-madaniy qarashlariga uyg‘un bo‘lsa, yaxshi, aks holda 
esa yomon degan nom oladi. Ikkinchidan, har bir inson 
jamiyat a’zolari bilan birga yashaydi. Demak, u atrof-
dagilarning qiziqishlari, o‘zi to‘g‘risidagi fikrlari va boshqa 
ta’sirli hollarini ham his qiladi. O‘zbek ada biyoti durdonalari, 
G‘arb va Sharq adabiyoti namoyandalarining asarlari ana shu 
hissiyot takomilida katta ahamiyatga ega. Nafaqat mumtoz 
yoki dunyo, balki zamondosh ijodkorlar, xususan, mustaqillik 
davri adiblari yozgan asarlar ham bizni o‘zlikni anglashga, 
el-yurtni sevishga, erkinlikning qadriga yetishga, umuman, 
har tomonlama ma’naviy yuksalishga chorlab turadi. 
Muhtaram o‘quvchi! Bir so‘z bilan aytganda, badiiy adabi-
yot inson kamolotida asosiy vosita sanaladi. Bu haqiqatni 
anglash va mustahkamlashga qo‘lingizdagi ushbu «Adabiyot» 
darsligida jamlangan adabiy manbalar, o‘ziga xos talqinlar 
hamda siz uchun tayyorlangan savol va topshiriqlar yordam 
berishi shubhasiz.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə