«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy
nashriyoti
Toshkent—2018
ADABIYOT
I Q I S M
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
o‘quvchilari uchun darslik-majmua
Birinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan
Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov,
Komila Usmonova
UO‘T: 821=512.133(075.3)
KBT: 83.3ya72
A 29
T a q r i z c h i l a r:
N. Rahmonov
– filologiya fanlari doktori, professor;
X. Hamraqulova
– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika
universiteti dotsenti, filologiya
fanlari nomzodi;
Sh. Toshmirzayeva – filologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat
umumta’lim maktabining ona tili va
adabiyot fani o‘qi
tuvchisi;
O. Musurmonqulova – Respublika Ta’lim markazi metodisti.
M a s ’ u l m u h a r r i r :
V. Rahmonov
– filologiya
fanlari nomzodi, dotsent,
Xalqaro Bobur mukofoti laureati.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan chop etildi.
© B. To‘xliyev va boshq.
©
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2018
ISBN 978-9943-07-618-1
UO‘T: 821=512.133(075.3)
KBT: 83.3ya72
A 29
To‘xliyev, B.
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-maj
mua
/
B. To‘xliyev [va boshq.], – Toshkent: «O‘zbekis
ton
milliy ensiklopediyasi» Davlat il
miy nashriyoti, 2018.
– 200 b.
3
Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchi!
Siz umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki
kasb-
hunar kollejini bitirish davriga ham yetib keldingiz.
Yoshingiz ancha ulg‘aydi, hayotda
biroz tajriba ham ort-
tirdingiz. Muhimi, kitob bilan, ayniqsa, badiiy adabiyot bilan
qadrdon bo‘lib qoldi
ngiz. Badiiy adabiyotning sirli ola
mi
sizni o‘ziga chorlab turibdi.
Siz yaxshi kitob, betakror badiiy
asar inson ma’naviyatini shakl
lantirish va boyitishdagi eng
asosiy manbalardan biri ekaniga ishonc h hosil qildingiz. Dar-
haqiqat, umrboqiy kitoblarda olam va odam haqidagi hamma
bilimlar jamlangan bo‘ladi. Ulardan har kim o‘z qiziqishiga
mos
mavzularni, ehtiyojlariga ko‘ra ma’lumotlarni topadi.
Zero, kitoblar siz-u bizni ezgulik va yaxshilikka, mehr va
muruvvatga, ijod va ijodkorlikka undaydi.
Hayotning turli bosqichlarida insonning olamga qarashlari,
qiziqish va ehtiyojlari ham o‘zgarib, takomillashib boradi.
Uni inson va jamiyat, muayyan shaxs
ruhiyati kabi masalalar
ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Yaxshi kitoblar qiziqishlarga mu-
nosib javob beradigan eng muhim manba sanaladi. Aslida,
kitob o‘qishni bolalar ham, kattalar – hamma yaxshi ko‘ra-
di. Chunki kitob har bir inson hayotida, dunyoqarashi
ning
shakllanishi va kenga
yishida alohida o‘rin tutadi;
undan har
bir tafakkur egasi o‘ziga mos va munosib bo‘lgan ma’naviy
ozuqa oladi.