Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Yozgi ta’tilda qanday badiiy asarlar o‘qidingiz? Ulardan 
olgan taassurotlaringizni sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
2. Ular orasida sizga eng kuchli ta’sir qilgani qaysi asar 
bo‘ldi? Nega shunday bo‘lganini izohlang.
2. Asar tanlash va uni mutolaa qilishda, asosan, nimalarga 
e’tibor berdingiz?
3. Ko‘p kitob o‘qigan inson ma’naviyatiga qanday baho be-
rasiz? Fikringizni hayotiy misollar asosida izohlang.
4. O‘zbek adiblarining ma’naviyatga, adabiyotga doir qaysi 
hikmatli so‘zlarini bilasiz?
5. Badiiy adabiyotning inson qalbi va jamiyat hayotiga ta’siri 
to‘g‘risida misollar asosida fikr bildiring.
6. Ta’til davomida o‘zingiz o‘qigan badiiy asarlarga annotatsiya 
(qisqacha izoh) yozing.


8
GO‘RO‘G‘liNiNG TuG‘iliSHi
(
Dostondan olingan parcha ayrim qisqartishlar bilan berildi
)
1
Burungi zamonda Yovmit degan el, Taka turkman degan 
yurt, Mari degan yana bir qo‘rg‘on bor edi. Yovmit yurti-
ning Odilxon degan podshosi bor edi. Odilxon podshoning 
ikki o‘g‘li bo‘lib, kattasining oti Urayxon, kichkinasining oti 
Ahmadbek edi. Bibi Oysha degan bir qizi ham bor edi. 
Mari yurtining Qovishtixon degan xoni bor edi. Qovishti-
xonning To‘liboy sinchi
2
degan bir o‘g‘li bor edi. Ko‘p esli, 
aqlli, tamizli, farosatli odam edi. Mari 
ning begi Qovishtixon 
Yovmit elining xoni Odilxon podshoning bozorchi savdo-
garlarini yo‘lda talab oldi. Shunda molini oldirgan odamlar 
«dod!» deb Odilxon podshoga arzga keldi. Odilxon podsho 
buni eshitib, achchig‘i kelib, birdan sarboz askar chiqarib
to‘p-to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib yubordi. 
Qo 
vishtixon bekni to‘pga solib otib yubordi. Haligi bozorchi 
savdogarlarning mollarini olib berdi. Qovishtixonning yetti 
yoshli o‘g‘li – To‘liboy sinchini bandi qilib olib keldi. Le-
kin otasining qilgan ishidan buni gunohsiz bilib, o‘z oldiga 
xizmatkor qildi. To‘liboy sinchi xizmat qilib yuraverdi. O‘n 
to‘rt yashar bo‘ldi. O‘n to‘rtga kirguncha o‘qib, xat-savodi 
chiqdi. Lekin o‘zi ajab bir odobli, chiroyli, yaxshi yigit 
bo‘ldi. Otlarning yaxshi-yomonini biladigan sinchi bo‘ldi. 
«Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon», – deb podsho-
ning tablada turgan otlarini saralab, ajratib beradigan bo‘ldi. 
Bir kunlari To‘liboy sinchining xizmati yoqqanligidan: «Bu 
ham o‘zimning suyagim-da», – deb Odilxon podsho Bibi 
Oysha qizi 
ni unga nikohlab berdi. Bibi Oyshaning bo‘yida 
bo‘lib, oy-kuni to‘lib o‘g‘il tug‘di, otini Ravshanbek qo‘ydi. 
Shunda Ravshanbek besh yashar bo‘ldi, uni maktabga berdi. 
Ravshanbek o‘zi tengi bolalar bilan maktabda o‘qib yuraber-
1
Dostondan parcha va rasmlar G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy 
adabiyot nashriyotida chop etilgan nusxasidan olindi (Toshkent, 1967).
2
S i n ch i – otlarning zotini, naslini, yoshini, fe’l-atvorini yaxshi 
biladigan odam.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə