“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


[13] Tahlil va natijalar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#99400
1   2   3   4   5   6
2935 (1)

[13]
Tahlil va natijalar.
Tadqiqotdagi doir chop etilgan asarlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan 
holisona tahlil etish natijasida, quydagi xulosalarga kelindi. 
1.
Asarlar va ilmiy ishlarda 1940-1980-yillarda yengil sanoat tarixi qisqa bayon etilib, sanoat 
taraqqiyoti to„liq bayon etilmagan. 
2.
Tahlil etilgan ishlarning asosiy qismi kommunistik mafkura nuqtai-nazaridan o„rganilgan 
bo„lib, ayrimlari mavzuni ba‟zi tomonlariga to„xtalib o„tilgan. 
3.
XX asrning 40-80-yillardagi yengil sanoatning rivojlanishi jarayonini tarixiy jihatdan 
kompleks o„rganishga oid ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Mavzu ob‟ektiv tahlil 
etildi, manbalar holisona, tanqidiy, haqqoniy taqqoslash nuqtai nazaridan o„rganilish 
maqsadga muvofiq deb topildi. 
Xulosa va takliflar
. Xulosa qilib aytganda, Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi
boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyo bazasiga aylantirildi. Respublika aholisi boy 
tabiiy resurslardan, og„ir mehnat evaziga yetishtirilayotgan qimmatbaho paxta xomashyosidan 
bahramand bo„lolmadi. Respublikada anchagina sanoat korxonalari qurilgan bo„lsada, ular 
mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqara olmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan 
mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo„lgan butlovchi qismlar boshqa mintaqalardan 
keltirilar edi, respublika korxonalari Ittifoqning g„arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram 
edi. Men hududlarda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo„llab-


“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
367
quvvatlanishi orqali ishlab chiqarishni qayta yo„naltirish borasida quydagi vazifalarni amalga 
oshirish kerak deb o„ylayman: 

hududlarda sanoat sohasida yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab 
chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda ilg„or ilm-fan yutuqlariga asoslangan tarmoqlarning 
rivojlantirishning turli yo„l va choralarini izlab topish;

qishloq joylarda xizmat ko„rsatish sohasini kengaytirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, 
barcha resurslarni jalb qilish; qarovsiz yotgan foydalanilmayotgan binolarda tikuv sexlari
maishiy xizmat shahobchalari, qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlash sexlari kabi 
korxonalarni joylashtirish yaxshi natija beradi deb hisoblayman.
Tarixda yo„l qo„yilgan xatolar bizni mudom xushyorlikka choralab, ulardan kerakli xulosalar 
chiqarishimiz zarurligini ko„rsatadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə