“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#99400
  1   2   3   4   5   6
2935 (1)



“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
363
O‘ZBEKISTONDA SSSR DAVRI SANOAT RIVOJLANISHINING TURLI 
MASALALARI TAHLILI 
Botirova Nargiza Zoxidjonovna 
O„zbekiston Milliy Universiteti, tarix yo„nalishi 1-bosqich magistranti 
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola O‘zbekiston tarixining sanoat rivojlanish davri bo‘lgan 1940-
1980-yillarda Farg‘ona vodiysi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga turli ta’sirlar va 
omillarnng bog‘liq jarayonini tadqiq qilib, hududda o‘tkazilgan islohotlar negizini manbalar 
tahlil bilan izohlaydi. II jahon urushidan keyingi davrda aholi bandligini oshirish bilan 
birgalikda urushning asoratli, iqtisodiy muommolarini, sanoatning rivojlantirish usuli bilan 
keng tarzda bog‘lanishi maqolaning asosiy mazmunini ochib beradi. 
Kalit so‘zlar: 
Sanoat, paxta, paxtachilik, pillachilik, zavod-fabrika, ishlab chiqarish, sanoat 
tarmoqlari. 
Kirish.
Islohat 

bu yangilanish, o„zgarish degani. Islohatlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, 
rahbarlarimiz va odamlarimiz o„zgarishi kerak. Inson o„zgarsa, jamiyat o„zgaradi
.[1]
Ma‟lumki, bugungi O„zbekiston diyorimizda ikki buyuk uyg„onish davriga-Birinchi (ma‟rifiy-
IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar-XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo„lgan. Hozirgi 
vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uyg„onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi 
O„zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so„zlari hayotimizda yangragan va xalqimizni ruhlantirib 
kelayotgan ulug„ maqsadlardan biriga aylanib qolgan mezondir desak yanglishmagan bo„lamiz. 
Yangiliklar yaratish bu iqtisodiyotimiz bilan chambarchas bog„liqdir. Tarixiy tafakkurning 
rivojlanishi ilmiy asoslarga ko„ra o„rganilishi bu barcha sohaga tegishli bo„lgan ma‟lumotlarni 
uzviy bog„liq holdagi yechimini anglatadi. Rossiya mustamlakasi davrida yurtimiz aholisining 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tubdan o„zgarish davri turli islohotlar zamirida ko„rinadi. Birinchi 
prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek“...yengil sanoati sohalarida tez o„zgaruvchan bozor 
talabi texnik va texnologiyani uzog„i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham 
qisqa muddatlarda o„zgarishni talab etadi”.
[2]
Zero butkul qishloq xo„jaligiga, dehqonchilik asoslarining natural xo„jaligiga asoslangan, O„rta 
Osiyo davlatlari aholisi o„zlari uchun butkul yangi bo„lgan ishlab chiqarish sohasiga o„tdi. 
Barcha sohaga ishlab chiqarishning negizi sifatida kirib kelgan zavod fabrikalarning izchil 
rivojlanishi jadallashdi. 1924-yilda Sovet hokimiyatining mustamlaka hududlarini boshqarish 
tizimini o„zgartirish va tizimli yo„lga solish faoliyati yuzasidan “Yer-suv” islohoti amalga 
oshirilib, uning natijasida O„zbekiston SSR paxta yetishtirsh va uni qayta ishlash sohasiga 
ixtisoslashtirildi. Bu borada hududning paxtachilikka ixtisoslashgan holatidan kelib chiqib, keng 
ko„lamda paxta tozalash zavodlarining bunyod etilishini guvohi bo„lamiz. II jahon urushida jang 
maydonida fidokorona xizmat qilibgina qolmay, ushbu davrida va undan so„ng urush asoratiga 
tushgan Sovet hukumati aholi bandligini oshirish va ishchi kuchidan maksimal darajada 
foydalanish uchun zavod-fabrikalarning tashkil etilishini jadallashtirish siyosatida ham faol 
xizmat ko„rsatdi. 1946-1950-yillarning o„zida hududda 150 dan ziyod yangi sanoat korxonalari 
bunyod etildi. Bu korxonalarning 40 foizi aholi soni jihatdan zich bo„lgan Farg„ona vodiysi 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə