“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


“Academic Excellence on Science and Research”



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#99400
1   2   3   4   5   6
2935 (1)

“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
366
yilga nisbatan 2,9 baravar o„sdi. Paxta tozalash sanoatining asosiy texnologik uskunasi 
hisoblangan tola ajratgichning unumdorligi o„sdi, ya‟ni 1940-yilda bir soatda bitta arra 4,58 kg 
tola ajratgan bo„lsa, 1955-yilga kelib bu arra 6,88 kg tola ajratadigan bo„ldi. Shu davr ichida tola 
olishni 33,6dan 34,6 foizga oshdi
.[12]
1955-yilda paxta tozalash sanoatini texnik tomondan 
qurish intensiv davrining boshlanishi bo„ldi. Urushdan keyingi yillarda kapitalistik bu hudud 
respublikada mehnat bilan eng ko„p ta‟minlangan bo„lib kelgusida asosan ishlama sanoat 
hisoblangan elektr texnika, yengil va oziq-ovqat, mashinasozlik sohalarining rivoji bilan bog„liq 
ekanligini izohlar edi. Sanoat korxonalari sonining keskin oshishi, ishchilar sinfining ilg„or 
faoliyati agrar sohadagi munosabatlarga ham o„z ta‟sirini o„tkazdi. Zero paxta dalasidagi 
unumdorlikni oshirish borasidagi qilingan ishlarning eng muhimi g„o„zaga kimyoviy ishlov 
berish bilan bog„liq edi. Bu esa zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan 
tashqari keng qo„llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli-tuman 
kasalliklarga chalindi. Odamlar sog„ligi hisobiga paxta xomashyosiga ko„rsatilgan “g„amxo„rlik” 
xalqqa qimmatga tushdi. Bu jarayon oqibatida ya‟ni sanoat rivojlanishi natijasida hududda 
vujudga kelgan ekologik muommolarning ham aholi salomatligiga ta‟sirini o„rganish muhim 
masaladir. Biroq bu hukumatning sanoat sohasiga berilgan e‟tiboridan birmuncha past darajadagi 
masala ekanini kuzatish mushkul emas. 
Shunday sharoitda O„zbekiston SSRda 1980-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko„pchiligi 
quritish, tozalash sexlariga ega bo„lgan 490 paxta punktlari ishladi. 1970-1980-yillarning 
boshlarida respublika to„qimachilik sanoati korxonalari Buxoro to„qimachilik kombinati (1973), 
Andijon ip-gazlama kombinati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigiruv 
fabrikasi, yirik to„qimachilik kombinatlarining Qo„rg„ontepa, Marhamat, Yangiqo„rg„on, 
Beshariq, Rishton, Vobkent, G„ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg„ona to„qimachilik 
kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960-
yildagi 234,7 million metrdan 1985-yilda 395,7 million metrga ko„paydi. Yiliga Respublikada 
1,5 million tonna paxta tolasi yetishtirib berildi. Respublika to„qimachilik sanoati yetishtirilgan 
paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga 
ega edi, 90 foizi esa olib ketilar edi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə