“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


“Academic Excellence on Science and Research”



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#99400
1   2   3   4   5   6
2935 (1)

“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
365
manufakturadan boshlanib, so„ngra yirik mashina industriyasiga o„tdi, boshqa sanoat 
tarmoqlarining rivojlanishiga turtki berdi.
[7]
O„sha davr muhiti va aholi faoliyatini o„rganib, 
tadqiq qilishlar natijasini tahlil etganimizda sanoat rivojlanishining tarmoqlarga bo„linishi va ular 
o„rtasidagi integratsiyalarning ma‟lum darajadagi rivojiga sabab bo„lganini guvohi bo„lamiz. Shu 
o„rinda to„qimachilik, poyafzal, tikuv, trikotaj fabrikalari, gilam ishlab chiqarish ko„p mehnat 
talab etadi va shuning uchun ular katta va kichik shaharlar, rayon markazlarida ayollar ishchi 
kuchidan foydalanganligini ko„ramiz va aholining milliy birlik jarayonidan foydalanishni 
maqsad qilinganligini ko„ramiz.
[8]
Mazkur sanoatni ko„p mehnat resursini talab qilishi, ayni 
paytda, uning is‟temol tumanlarida joylashtirilishi bilan uyg„unlashib ketadi. Chunki aholi yengil 
sanoat mahsulotlarining iste‟molchisidir, ular esa hamma uchun har doim kerak. XX asrning 40-
80-yillarida sanoat tarmoqlari tarkibida quydagi o„zgarishlar sodir bo„lgan edi: 

sanoat tarmoqlarining yanada parchalanib borishi, yangi-yangi tarmoqlarning vujudga 
kelishi: 

tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi, tarmoqlararo majmualarning 
shakllanishi: 

fan-texnika yutuqlari bilan bevosita bog„liq tarmoqlarining tezroq rivojlanishi. 
Tabiiyki, hududlarning sanoati bir tekisda rivojlanmagan. Birinchi jahon urushidan so„ng paxta 
tolasi ishlab chiqarishning oldingi darajasiga chiqib olish uchun 15 yil ketgan bo„lsa, II jahon 
urushida Rossiyaning ayrim hududlarida vayron bo„lgan, og„ir sanoatga moslashtirilgan paxta 
tozalash zavodlari bundan ham qisqa muddatda tiklanishi kerak edi. Urushdan keyin uch yil 
mobaynida, Rossiya hukumatining intensiv ravishdagi faoliyati ushbu sohaga e‟tibor natijasida 
keskin darajadagi o„sishni yuzaga keltirdi. Ya‟ni 1948-yilning oxiriga kelib 1940-yildagidan ham 
ko„proq zavod ishladi. 1949-yildayoq paxta tozalash 1940-yilga nisbatan 6 foizdan oshiq tola va 
64 foizdan ko„p tola ishlab chiqardi.
[9]
O„rganishlar va bizgacha yetib kelgan ma‟lumotlarga 
ko„ra Farg„ona viloyati sanoatinining rivojlanishi bir necha bosqichdan iborat bo„lgan:

Birinchi bosqich Tiklash davri (1922-1929-yillar) 

ikkinchi davri yangi sanoat korxonalarini barpo etish va eskilarini qayta rekonstruksiya qilish 
davri (1929-1940-yillar) 

uchinchi bosqich Ikkinchi jahon urushi davri (1941-1945-yillar ) 

to„rtinchi bosqichi - urushdan so„nggi davr (1946-1960-yillar ) 

so„nggi beshinchi bosqich 1961-yildan
_
kommunizm moddiy texnik bazasini yaratila 
boshlash davridan iborat.
[10]
Farg„ona viloyati 1941-yilda uch qismga Farg„ona, Namangan va Andijon viloyatlariga 
bo„lingan. Bu jarayon endilikda 3 ta hududning alohida-alohida muammosiga aylandi. 
Hududlarning sanoat yo„nalishidagi rejalari alohida tahlil etilishi hisobidan ulardagi faollik 
keskin oshirildi. O„zbekiston sanoatining yalpi mahsuloti ishlab chiqarish 1950-yilda urushdan 
oldingi 1940-yildagiga nisbatan 83foizga oshdi. Urushdan keyingi yillarda kapitalistik 
mamlakatlarda sanoat mahsuloti unchalik tez rivojlanganligi ko„zga ko„rinmaydi. Mahsulotlarni 
1940-yilda ishlanganlari bilan 1950-yildagisi bilan taqqoslaydigan bo„lsak, ipak xomashyosi 693 
tonnadan 850 tonnaga (1,5), shoyi gazlama 4,5 ming metrdan 14 ming metrga (3,1), poyafzal 
3838 ming juftdan 6150 ming juftga (1,6), paypoq 8635 ming juftdan 12000 mingga (1,4) 
oshganligini keltirishimiz orqali asoslashimiz o„rinlidir
.[11]
Bu holat birgina 1953-yilda 
Toshkent to„qimachilik kombinatida asbob-uskunalar unumdorligi 1945-yildagiga nisbatan 
yigirishda 33, to„quvchilikda 80 foiz yuqori turar edi. 1955-yilda sanoat ishlab chiqarish 1940-



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə