“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


“Academic Excellence on Science and Research”



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#99400
1   2   3   4   5   6
2935 (1)

“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
364
hududiga to„g„ri kelar edi. O„zbekiston SSR ning yengil sanoat mahsulotlarini va paxta tozalash 
sohasidagi asosiy qismini yetishtirish hududi bo„lganligini 1950-yilda mavjud bo„lgan 4803 ta 
chigit seyelkalari, 7784 ta traktor kultuvatorlari tayyorlash rejasi bajarilganini tahlil etishning 
o„zi yetarli albatta
.[3] 
Shuningdek, 1950-yilda paxta bilan bog„liq sanoatning rivojlanishida og„ir sanoatning ham 
keskin darajada oshirilgan faoliyatini kuzatishimiz mumkin. Bu borada hududda 4641 ta SX-40 
paxta terish mashinalari tayyorlandi. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946-yilda 
363 ta bo„lgan bo„lsa, 1950-yilga kelib ularning soni 1251 taga yetganligi bu sohada sezilarli 
darajadagi natijani ko„rsatadi.
Farg„ona vodiysi hududining sanoatlashishi boshqa hududlarga nisbatan tezroq amalga oshirildi. 
Bu o„rinda yengil sanoat o„sib borishini Farg„ona va Qo„qonda yangi to„qimachilik 
kombinatlarining faoliyatini ham alohida o„rganish maqsadga muvofiq. Agar Respublika 
hududida 1941-yilda 107 mln. metr ip gazlama ishlab chiqarilgan bo„lsa, 1950-yilda 161 mln. 
metr ip gazlama tayyorlandi. Bu yuqorida ta‟kidlanganidek, vodiy aholisining sezilarli natijasini 
izohlaydi
.[4] 
O„rganish joiz bo„lganida Farg„ona viloyatida sanoat korxonalari ko„p tarmoqlarga 
ajratilganligini guvohi bo„lamiz. Bu davrda ip gazlama sanoati yangi texnika bilan 
ta‟minlanayotgan edi. Paxta tozalash korxonalari texnika jihatidan ancha mukammalashtirilgan. 
Urushdan keyingi besh yillikda paxta zavodlarining energetika quvvati 2,5 baravar ko„paydi. Bu 
tarmoqning ko„pchilik korxonalarda eski ko„rinishdagi tola ajratgichlar mehnat unumi yuqori 
bo„lgan havo orqali ajratib oluvchi texnika uskunalari bilan almashtirildi. Ko„p mehnat talab 
qiladigan jarayonlarni avtomatlashtirish tadbirlari masalan, paxtani uyumga va ishlab chiqarish 
sexiga o„tkazish, tayyor mahsulotlarni vagonlarga ortish kabi sohalar texnik ko„rinishga 
o„tkazildi. Pillachilik sanoatida texnika asosi mukammallashtirish sohasida katta yutuqlarga ega 
bo„ldi. Urushdan keyin bu tarmoq bir nechta yangi mashinalar: pilla bug„lash, pilla uzatadigan, 
ipak ajratadigan, pillani sortlarga ajratadigan kalbrli mashinalar bilan uskunalar o„rnatildi. 
O„zbekistondagi ip gazlama korxonalarining eng dastlabkisi Farg„ona yigiruv-to„qimachilik 
fabrikasi yirik zavodga aylandi. Bu zavod tarkibiga yigiruv fabrikasi, ikkita to„qimachilik 
fabrikasi kirza (oyoq kiyim uchun ishlangan maxsus material )fabrikasi, qayish-tasma fabrikasi 
kiritilgan. Trikotaj sanoatiga Qo„qondagi yirik paypoq to„qish zavodi, yuqori sifatli ustki trikotaj 
ishlab chiqaruvchi Toshkent trikotaj fabrikasini ham kiritiladi.
[5]
O„zbekistonda jami bo„lib 15 ga yaqin trikotaj korxonalari va 90 ga yaqin tikuvchilik korxonalari 
bo„lgan. Bulardan 11,5 million juft paypoq buyumlari, 8,6 million ichki va 900 ming donadan 
ortiq ustki trikotaj kiyimlari to„qilgan.
[6]
Tarmoq deganda, korxonalarning ma‟lum o„xshash xususiyatlariga ko„ra guruhlanishiga aytiladi. 
Sanoat tarmoqlari, odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular: 

xomashyo birilgi bo„yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta 
ishlash, o„rmon, yog„ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog„oz sanoati va h.k)

iste‟mol birligi, ya‟ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (yengil va 
oziq-ovqat, qurilish, elektr-energetika va b.) 

texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog„i (kimyo sanoati). 
Sanoatning tarmoqlar tizimi juda murakkab va u borgan sari o„zgarib bormoqda. 
Yuqoridagi tarmoqlar orasida o„zbek xalqi uchun eng an‟anaviy, qadimiy tarixga ega bo„lgani, 
shubhasiz, yengil (to„qimachilik) sanoatidir. U dastlab xonliklar davrida hududimizda 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə