funksiyasining muhim jihati shundaki, bunda korxonalar xo‘jalik
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bozordagi holatdan kelib chiq
qan holda, mazkur tovar va xizmatga bo‘lgan talab va taklifning qay
holatda ekanligi, raqobatning darajasi vashu kabi omillarga bog‘liq
holda belgilanadi. Pvejalashtirish bevosita tahlil bilan bog'liq bo‘lib,
asosan uning yakuniy natijalariga qarab aniqlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo‘jalik subyekt-
larining o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini
samarali amalga oshirish,
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlan-
tirishda ushbu korxona, firma va kompaniyalarda faoliyat yuritayot
gan ishchi xodimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda
rag‘batlantirishni amalga oshirish jarayonida,
korxona boshqaruv
tizimining turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan hodimlarning
korxona tomonidan belgilangan moliyaviy rejalami, vazifalar va
yukmaiarni to‘liq bajarganligi, xizmat ko‘rsatish
va servis sohasini
rivojlantirishda o ‘z hissasini qo‘shgan hamda mavjud moddiy
resurslardan tejamkorlik bilan foydalangan holda ishlab chiqarish
hajmini oshiriganliklari uchun ushbu hodimiarni rag‘batlantirish va
mukofotlash yoki aksincha, ushbu vazifalami amalga oshirishda
sustkasblikka yo‘l qo‘ygan va befarqlik
bilan yondashgan xodim-
larga nisbatan ma’lum bir choralar ko‘rish, tizimi yaratiladi.
Moliyaviy menejmentning rag‘batlantirish funksiyasini to ‘g ‘ri
tashkil etilishi, korxonada mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshi-
lanishiga, xodimlar malakasining oshishiga olib keladi, bu esa o ‘z
navbatida, bevosita korxona xo‘jalik faoliyatining rivojlanishiga
ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat funksiyasining mohiyatini
quyidagicha ifodalash
mumkin: korxonada belgilangan reja ko‘rsatkichlarini haqiqatda qay
darajada amalga oshirilayotganligi yoki bajarilmayotgan bo‘lsa bun-
day holatlarni o ‘z vaqtida aniqlash, hamda ushbu holatlarni paydo
bo'lish sabablarini batafsil o ‘rganish va bunday kamchiliklarni
bartaraf etishda tezkor choralar ko‘rishdan iborat. Moliyaviy
menejmentning ushbu funksiyasini amalga
oshirilishi korxonalarda
ichki nazoratning tashkil qilish tizimi, nazorat qilinadigan ko'rsat-
kichlarning ko‘lamini aniqlash bilan bogiiqdir.
Moliyaviy menejmentning keyingi guruh funksiyalari uning
alohida boshqaruv faoliyati xususiyatlarini tasniflaydi. Uning tarkibi
quyidagilardan iborat:
- aktivlarni boshqarish;
-
kapitalni boshqarish;
Dostları ilə paylaş: