A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


II BOB. TURLI TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLDAGI



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

II BOB. TURLI TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLDAGI
KORXONALARDA MOLIYAVIY MENEJMENT
XUSUSIYATLARI
l-§. Korxonalarda moliyaviy menejmentning inaqsad va
vazifalari
Moliyaviy menejmentning maqsadi, xo‘jaIik subyektining 
maqsadlari va iqtisodiy strategiyalaridan kelib chiqadi. Boshqacha 
qilib aytganda, moliyaviy menejmentning maqsadi korxonaning 
maqsadlari bilan to ‘g ‘ri kelishi mumkin. Korxonaning uzoq mud- 
datga belgilangan strategik maqsadlarini amalga oshirish va 
ularning xo‘jaiik-moliyaviy faoliyatini rivojlantirish, bankrotlikni va 
yirik moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olish, keskin raqobat muhitida 
bozorda o ‘z o ‘rniga va raqobatchilar orasida m a’lum ustunlikka ega 
bo‘lish, harajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish va sotish 
xajmini unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni inobatga olgan 
holda bosqichma-bosqich oshirib borish hisobiga foydani ko‘pay- 
tirish va pirovardida korxonaning ta’sischilari, manfaatdor shaxslar 
va mulkdorlar daromadlarini ko‘paytirish, moliyaviy menejment­
ning asosiy maqsadlarini ifodalaydi.
Hozirgi kunda moliyaviy menejment maqsadlarining eng 
muhimlari qaysilar degan savolga, iqtisodchi olimlar tomonidan 
turli qarashlar mavjud. K o‘plab xorijiy adabiyotlarda korxonalarda 
moliyaviy menejmentning maqsadlarini quyidagi ueh guruhga 
ajratiladi:
- foydani maksimallashtirish va korxona egalarining moliyaviy 
talablarini qondirish;
- moliyaviy barqarorlikni ta’miniash;
- mahsulot va xizmatlar realizatsiyasini maksimallashtirish 
(ya’ni, korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xajmini 
oshirish).
Kompaniyalarning o ‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishish 
ko‘p jihatdan moliyaviy menejerni boshqaruv qarorlarini to‘g ‘ri va


aniq qabul qilishiga bog‘liqdir. Moliyaviy menejer belgilangan 
maqsadlarga erishishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 
oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish kerak bo‘ladi:

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə