Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish



Yüklə 202,7 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü202,7 Kb.
#142958
  1   2   3   4   5   6
2. Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish






I.f.d., prof. Samariddin Elmirzayev, Safarali Xolmurodov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

KORXONALARDA KORPORATIV IJTIMOIY MAS’ULIYATNI AMALGA OSHIRISH


Annotatsiya. Mazkur maqolada korxonalarda korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish jarayonini o„rganishda xorijiy hamda mahalliy tadqiqotchilarning korporativ ijtimoiy mas‟uliyat bo„yicha fikrlari yoritilgan. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning xususiyatlari, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish bosqichlari, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat startegiyasi va uni baholash, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning SWOT tahlili kabilar o„rganilgan. Korxonalarda korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish jarayonini o„rganish asosida xulosalar shakllantirilgan.
Tayanch so‘zlar: korporativ tuzilmalar, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat strategiyasi, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni baholash, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat bosqichlari.
IMPLEMENTATION OF CORPORATE SOCIAL RESPONSIBILITY IN

ENTERPRISES


Abstract. This article studies the opinions of foreign and local researchers on the process of implementation of corporate social responsibility in companies. Characteristics of corporate social responsibility, steps of implementation of corporate social responsibility, strategy of corporate social responsibility and its assessment, SWOT analysis of corporate social responsibility are analyzed. Conclusions are formed on the basis of analysis of implementation of corporate social responsibility in companies.
Keywords: corporate structures, corporate social responsibility, strategy of corporate social responsibility, assessment of corporate social responsibility, steps of corporate social responsibility.

Kirish


Korporativ tuzilmalarda korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni samarali amalga oshirish dunyo bo„ylab ommalashmoqda. Korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga oshirish ko„p tomonlama manfaatga xizmat qiladi. Xususan, korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning amalga oshirilishi ijtimoiy jihatdan jamiyatdagi ba‟zi muammolarni ijobiy hal qilishga yordam bersa, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhit bilan bog„liq hududdagi masalalarga yechim topish mumkin bo„ladi. Shuningdek, iqtisodiy jihatdan korxonalar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalda qo„llash orqali jamiyatda o„z imijini yaxshilash, mahsulotlarini ommalashtirish hamda jamiyatda ijobiy taassurot qoldirishga erishishi mumkin. Albatta, bunday choratadbirlarni amalga oshirish hamda ijobiy natijalarga erishish katta xarajatlar talab etadi. Biroq, korxonalar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni o„z zimmasiga olishi jamiyatda o„z obro„sini hamda imijini yaxshilab olishiga yordam beradi va natijada korxonalarda marketing xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlari yuzaga keladi. Yuqorida ta‟kidlangan jihatlarni inobatga olgan holda korporativ boshqaruvda korporativ ijtimoiy mas‟uliyat masalalarini tadqiq qilish dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 202,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə