9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə6/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

5-BILET 1.Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o‘rtasidagi bitimi asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya kirgan. Shu yilning o‘zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko‘ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo‘lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Avstriyada imperator hokimiyati rasman Reyxstag, Vengriyada esa qirol hokimiyati Seym tomonidan cheklangan. Binobarin, Avstriya-Vengriya konstitutsiyaviy monarxiya edi. Imperiya tashkil etilgach, quyidagi 3 ta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan: 1.Tashqi ishlar. 2. Harbiy va dengiz. 3. Moliya. Boshqa vazirliklar imperiyaning har ikki qismida ham mustaqil faoliyat yuritganlar. Vengriya qirolligi o‘z parlamentiga, ijroiya hokimiyatiga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatiga ega bo‘lgan. Imperiya aholisining aksariyatini bo‘ysundirilgan slavyan xalqlari tashkil etgan. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining maglubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918 yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi o‘rnida Avstriya, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi.
3.Periklning davlat boshqaruvi haqida ma’lumot bering. Miloddan avvalgi 443-429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do'stlari bo'lishgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do'st tutingan edi. Perikl katta obro' va nufuzga ega bo'lgan. U umuman xalqni o'ziga kerakli qaror qabul qilishga majbur qilmagan, balki ishontirish kuchiga tayanib ish yuritgan. Perikl o'zining siyosiy muxoliflari va uning xatti-harakatlarini tanqid qilgan kishilarni ta’qib etmagan. Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to'lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. Perikl Akropolda qurilgan mashhur inshoot Parfenon – iloha Afina ibodatxonasining tashabbuskori bolgan. Mil. avv. V asrning ikkinchi yarmida Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi. Shaharni xavf-xatardan asrash uchun Perikl Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha mudofaa devorlari qurish to'g'risida buyruq berdi. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi, u zodagonlarning hamlalarini qaytarib turgan. Vaboga chalingan Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko'pgina yangiliklar bekor qilingan. 3.“Ultimatum” atamasiga izoh bering. Ultimatum (lot. ultimus — eng oxirgi, so‘nggi) — xalqaro huquqda biron masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumati oldiga diplomatik hujjatda yoki og‘zaki shaklda bayon qilingan, hech qanday bahs yoki e’tirozga o`rin qoldirmaydigan qat’iy talabi, Uni qo‘ygan hukumat agar bu talab ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar ko`rishini bildiradi. Birinchi jahon urushiga bahona bo`lgan Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodasi Frans Ferdinandning o`ldirilishi oqibatida Avstriya-Vengriyaning Serbiyaga qo`ygan ultimatiumi misol bo`la oladi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə