9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


Doro I ning dunyo tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə3/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

2.Doro I ning dunyo tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring. Doro I (mil.avv. 522-486 yillar) podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o'rnatgach, bir qator islohotlar o'tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka — viloyatga bo'lib, ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Mamlakat viloyatlari o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan “shoh yo'llari” qurilgan. Bu yo'llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo'llarda, bekatlar, karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo’riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig’i undirilgan. DoroI Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko'tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan. Doro I podsholigining so'nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Afina va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko'rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o'rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar. Miloddan avvalgi 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. Doro I qo'zg’olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486-yili 64 yoshida vafot etadi. Doro I vafot etgach, taxtga uning o'g’li Kserks o'tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465-yilgacha podsholik qilgan.
3.“Vaqf” atamasiga izoh bering. Vaqf yer egaligi shaklidir. Vaqf yerlari – bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga paydo bo`lar edi. Binolarni ta`mirlash ham turli sarf-harajatlar ham mudarris va mutavallilarning nafaqa va maoshlari ham vaqf yerlari daromadi hisobiga amalga oshirilgan. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo`yilgan.


3-BILET 1.Davan davlati hamda Qang‘ davlatini o‘zaro taqqoslang.
Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang` davlati Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Miloddan avvalgi III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanidagi Qang'xa shahar xarobasi saklarning o'sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo'lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. Qang' davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo'ylab joylashgan edi. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang' qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari o'z nomidan tangalar zarb qildirganlar. Qang' davlatida ulkan istehkomlar, qal’a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o'troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan. Davlat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo'lining shimoliy tarmog'i o'tganligi imkon yaratdi. Lekin ayni shu hoi Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Bu urushlarda qang'arlar (Qang' davlati aholisini shunday atashgan) ko'pincha g'olib chiqar edilar. Milodiy III asrga kelib Qang' davlati parchalanib ketdi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə