9-mavzu. Zararsizlik nuqtasi tahlili va marjinal foyda reja



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü26,32 Kb.
#134891
  1   2   3   4   5   6
9-mavzu. Zararsizlik nuqtasi tahlili va marjinal foyda-fayllar.org (1)


9-mavzu. Zararsizlik nuqtasi tahlili va marjinal foyda

9-MAVZU. ZARARSIZLIK NUQTASI TAHLILI VA MARJINAL FOYDA
Reja
9.1. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
9.2. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
9.3. Ishlab chiqarish dastagi samarasini aniqlash


9.1. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur bo’ladi.
«Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda» (Cost-Volume-Profit) o’zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va maslahatchilar korxona moliyaviy natijasini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishlari mumkin.
Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to’liq qoplash nuqtasi bo’lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.
Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga oid har bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxona moliyaviy natijasida namoyon bo’ladi.
«Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda» quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;


  • xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o’zaro bog’liqligi ta’siri natijasida xarajatlarning qanday o’zgarishi mumkinligini aniqlash;


  • korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilishlariga ko’maklashish;


  • korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.


«Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda» tahlili tizimi nafaqat kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxonalar rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimida xarajatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va moliyaviy natijalar bog’liqligiga ta’sir etuvchi turli xil omillar o’rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qarorlar qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.


CVP-tahlili marjinal daromad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning marjinal zaxirasi kabi asosiy elementlardan iborat.

Yüklə 26,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə