9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Baqtriya davlati haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə8/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

7-BILET 1.Baqtriya davlati haqida ma’lumot bering. Baqtriya, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi O’zbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Afg’onistonning shim, qismini o’z ichiga olgan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) bo’lgan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Miloddan avvalgi VII asrda Qadimgi davlatlar tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati O'rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg'iyona va So'g'diyona Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo'lgan. Shuning uchun u qadimda bir-biriga qarindosh bo'lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O'zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta’sirida bo'lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on va Afrosiyob o'rnida Baqtriya va So'g'dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O'zbekiston hududidagi eng qadimgilari bo'lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas. miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga o'tish bosh¬langan. Miloddan avvalgi VII—VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo'lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatilgan. Qadimgi davrda O'zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi. 2.Olimxonning Qo‘qon xonligi tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildiring. Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana 1944.28.4, Kobul) — Buxoro amiri (1910-20), mang’itlardan. Amir Abdulahadning o’g’li. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-96). 1898-yil Qarshi, so’ngra valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo’lgan. Otasi vafotidan so’ng, Buxoro taxtiga o’tirgan (1910-yil 24-dek.). Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, yosh buxoroliklar qattiq ta’qib qilindi. 1920-yil avg.da Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag’darib tashlandi. Sentabr oyining o’rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o’ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga karshi kurashgan. Olimxonni Kobulda Afg’oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal’ai Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g’oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, qo’rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg’alar jo’natib, ulami kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o’zining esdaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko’zi ojizlanib qoladi, og’ir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan xastalikdan so’ng u Qal’ai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G’arbda fors tilida, O’zbekistonda o’zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda Olimxon madrasasi qurilgan, Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan. 3.“Mozaika” atamasiga izoh bering. Mozaika (frans. mosaique — muzalarga bagishlangan) — bir xil yoki turli xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va boshqalar) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san’at asarlarini bezashda, dastgoh. san’ati asarlari yaratishda qoilanadi. M. yigishning 2 xil usuli farqlanadi: naqsh (tasvir) mustahkamlovchi modda (ohak, sement, mum va boshqalar) surtilib bezatilayotgan yuzaga mayda bo`laklar-dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri terib hosil qilinadi.
8-BILET 1.Parfiya va Yunon-Baqtriyani o‘zaro taqqoslang. Miloddan avvalgi 250-yilda Yunon-Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo'lmish Diodot o'zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So'g'diyona va Marg'iyona ham kirgan. Yunon Baqtriya davlati hukmdorlaridan Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidem ga o'tadi. Yevtidemning o‘g‘li Demetriy hukmronligi davrida (mil. avv. 199-167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo'shib olingan. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo'liga o'tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo'ladiki, bu hol uning kuchsizlani-shiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan ko'chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140—130-yillar oralig'ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Parfiya, Parfiya podsholigi — mil. avv. taxminan 250-yilda Kaspiy dengizining jan. va jan.- sharqiy tomonida vujudga kelgan qad. davlat. Mil. avv. I asr o’rtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha bo’lgan hududni o’ziga bo’ysundirgan. Parfiya milodiy 3- asming 20- yillarigacha mavjud bo’lgan. Mil.avv. taxminan 250-yil saklarning ko’chmanchi pamlar (daxlar) qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani, so’ngra qo’shni Girkaniya viloyatini ishg’ol etganlar. Rim tarixchisi Pompey Trog: «Ularning qo’shinlari qullardan tashkil topgan, qullar olomoni ko’payib bormoqda, chunki hech kim ularni ozod etolmaydi, hammasi qullar bo`lib tug’iladi. Ular shu qullarni o’z farzandlaridek ko’rib tarbiyalaydilar, ot minishga va o’q-yoy otishga o’rgatadilar»,- deb yozgan ekan. Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga qarshi 50 000 suvoriy tayyorlaganlar, shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan, qolgani esa qullardan bo`lgan. Parfiya xo’jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. 2.Mirzo UIug‘bekning Temuriylar tarixidagi o‘rni haqida fikr bildiring. Mirzo Ulug’bek Amir Temurning o'g’li Shohrux Mirzoning farzandi edi. u 1394-yil tug’ilgan. 1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o‘n besh yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bek (1394-1449) garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati chegaralari dastavval faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklangan. Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrufida edi. O‘sha vaqtda u na Ulug‘bek va na Shohruxni tan olardi. 1410- yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida Shayx Nuriddin boshchiligidagi isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostiradi. 1412-yildan boshlab Movarounnahr va Turkistonni to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi. Ulug‘bek 1414-yilda Farg‘ona va Koshg‘arni egallaydi. 1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O‘rda xonlari tasarrufidan qaytarib olinadi. Ulug‘bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo‘g‘uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuv-da Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o‘tadi. Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minadi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi. O‘zboshimcha shahzodalar Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug‘bekning katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga oladi. Ulug‘bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Unga ko‘ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi. 1448-yilning bahorida Ulug‘bek va Abdullatif ning 90 ming kishilik birlashgan qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga kiritiladi. Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahrda Ulug‘bekka qarshi isyon boshlangan edi. Abdullatif Hirotda faqat o‘n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo‘shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo‘shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug‘bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda “tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z tarafiga og‘dirib oladi. Otasidan norozi bo‘lgan amirlarni atrofiga to‘playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib, uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga unday di. Shunday qilib, Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo‘liga o‘tadi. Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug‘bekda o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug‘bek old tomondan Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi. Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug‘bekning kichik o‘g‘li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug‘bek uni bartaraf qilishga majbur bo‘ladi. Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko‘taradi va Amudaryodan kechib o‘tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So‘ngra Samarqandga qarab yo‘l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog‘i yaqinida qattiq jang bo‘ladi va bu jangda Ulug‘bek yengiladi. Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o‘ldirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida fojiali halok bo‘ladi. Shunday qilib, Ulug‘bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga, rivojlantirishga harakat qildi. Ulug’bekka Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar ustozlik qilgan “Ulug'bek Ziji” asarini yaratgan. Asarda 1018 ta yulduzning o'rni sharhlangan, Tarix faniga oid “To'rt ulus tarixi” asarini yaratdi. Buxoro, Samarqand, Gijduvon shaharlarida madrasa barpo ettiradi. U Ulug'bek rasadxonasi(1424- 1429) Ulug'bek madrasasi esa 1420-yilda Samarqandda qurilgan. 1994-yil Ulug'bek tavalludining 600-yilligi nishonlandi. 2009-yil BMT tomonidan xalqaro Astronomiya yili deb e`lon qilingan. 3.“Front” atamasiga izoh bering. Front (frans. front, lot. frons — peshona, old tomon) (harbiy ishda) — 1) odatda, urush boshlanishi bilan qurolli kuchlar baipo etadigan operativstrategik birlashma; 2) harbiy harakatlar maydonidagi qo‘shinlar old bo‘linmalarining yoyilish va dushman bilan to‘qnashuv chizig‘i; Z) safning harbiy xizmatchilar yuzlangan (mashinalarning old) tomoni.
9-BILET 1.Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang. Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko'llari oralig'ida joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya hu jumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtiradi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo'lmagan Urartu qo'shinlari to'g'ridan-to'g'ri janglarga kirmaslikka amal qilardilar. Miloddan avvalgi IX-VIII asr boshlarida Sardurl va Menua hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo miloddan avvalgi 714-yilda ossuriyaliklar qo'shinlari urartlar qo'shinlarini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan ulkan xazina g'oliblar qo'liga o'tdi. Teyshebaini shahridagi qal’a ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi, uni ko'chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o'ziga tobe qildi. Mil. avv. 590-yilda Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi. Ossuriya davlati. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla daryosi yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo'lgan. Aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo- sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga kelgan. Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo'shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo'ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o'lpon to'lagan. Mil. avv. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o'z ravnaqining yuqori cho'qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII—VII asrlarda Ossuriya podsho-ligi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olingan. Shaharni bosib olgan ossuriyaliklar qal’a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketganlar. Hukmdorlarning haddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani «qonga botgan shahar» yoki «sherlar darasi» deya ta’riflashgan. Yurishlarda raqiblardan tortib olingan hamma narsa poy-taxtga oqib kelar edi. Ulug'vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to'lib ketib, Oshshurbana-pal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona jamlangan edi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Mil. avv. 627-yilda dastlab Bobil, so'ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani mil. avv. 612-yilda zabt etishdi. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo'shinlari Bobil va Midiya tomonidan qirib tashlangandan keyin bu davlat ham zavolga yuzlandi. 2.Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo tarixida tutgan o‘rni haqida ayting. Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevraldaAndijonda tug’ilgan. Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi edi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi. Umarshayx Mirzo 1494-yilda vafot etadi hokimiyat 12 yoshli Boburga qoladi. Bobur yosh bo‘lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o‘qimishli, oqila onasi Qutlug` Nigorxonim yordamida boshqarardi. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og‘irlashgan sharoitga to‘g‘ri keldi. U ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. Uning orzusi ulug‘ bobosi Amir Temur saltanatining poytaxti bo‘lmish Samarqand taxtini egallash edi. Bobur Samarqandga 4 marta yurish qiladi: 1496,1497,1500,1511-yillarda Bobur 1501-yildagi mag’lubiyatidan so’ng Kobulga ketadi. 1504-yilda Kobul viloyatida (Kobul – hozirgi Afg'oniston davlatining poytaxti) o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Bu yerda mustaqil davlat tuzishga jadal kirishdi. Qattiq intizomga bo‘ysunuvchi qo‘shin tuzdi. Qurilish, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor berdi. Ko‘plab bog‘-rog‘lar yaratdi. Ularning ichida Bog‘i Bobur ayniqsa mashhurdir. Kobuldagi Bog`i Hisor qal’asini o‘zining qarorgohiga aylantirdi. Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Bobur Mirzoni ham maslahat yig`iniga taklif etganligi, uning yuksak nufuzga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Bobur Mirzo shu taklifga ko‘ra Hirotga otlandi. Biroq Husayn Boyqaroning 1506-yilda to‘satdan vafot etishi vaziyatni og‘irlashtirdi. O‘zaro nizolari kuchliligi tufayli temuriyzodalar dushmanga qarshi ittifoq tuza olmadilar. Bu esa oxir-oqibat Temuriylar saltanatining butunlay barham topishiga olib keldi.1512-yilda Ubaydulla Sultondan mag’lub bo’lib Kobulga ketadi. Bobur Mirzo tariximizda buyuk shoir, Movarounahrni shayboniylar istilosidan saqlab qolish yo‘lida sobitlik bilan kurashgan hukmdor va sarkarda sifatida nom qoldirdi. Kobulni o’gli Kamron Mirzoga qoldirib o’zi Hindistonga yurish qiladi 1526-yilda Dehlini egallaydi. 1526-yili 27-aprelda Bobur nomiga xutba o’qiladi. Bobur 1530-yili 26-dekabrda 47 yoshida vafot etadi. Boburni Kobulda joylashgan Bog’i Oromga dafn etadilar. Z.M.Bobur “Mubayyin”, “Turkiy devon”, “Boburnoma” asarlarini yozadi. “Boburnoma” asari 1493-1529-yilgi voqealar haqida bayon etilgan. Boburning 510 yilligi 1993-yili keng nishonlandi. 3.“Feodal” atamasiga izoh bering. “Feod” so`zi harbiy xizmat evaziga taqdim etilgan yer ma`nosini bergan, “feodal”so`zi esa yer egasini bildirgan. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma`lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi mumkin edi.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə