9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


“Begar” atamasiga izoh bering. Begar



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə2/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

3.“Begar” atamasiga izoh bering. Begar temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar va undan keyingi xonliklar davrida aholining mehnat bilan ishlab berish majburiyati. Masalan, Xiva xonligida begar rasman 12 kunlik davlat majburiyati sanalgan bo`lib, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to`plashardi. Ular har yili qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo`llarni tuzatishda, turli binolar qurilishida ishlar edilar.
2-BILET. 1.G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi o‘rtasidagi farqli hamda o‘xshash jihatlarni taqqoslang. Imperator Trayan davridan so'ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmaganlar. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperiya chegaralarining shimoli-g'arb tarafidan ko'chmanchi qabilalar paydo bo'ldilar. Rimliklar ularga «varvarlar» degan laqab berishgan va chegarada katta armiya saqlab turishga majbur bo'lishgan. Rimliklar esa, madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog'onasida turuvchi xalqlarni shunday nomlashgan. Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilinadi. Imperatorning buyrug'i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar quriladi, Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan haykallar va ustunlar o'rnatiladi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshlanadi. Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodosiy o‘Iimidan so'ng milodiy 395-yili Rim imperiyasi uning ikki o‘g‘li o'rtasida G‘arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlanadi. G'arbiy qismga Italiya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar, Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr yerlari kirgan. Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qoladi, G'arbiy Rim imperiyasi esa alohida davlatlarga parchalana boshlaydi. Milodiy IV-V asr boshlarida G'arbiy Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo'zg'olonlari qamrab oldi. Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Gotlarning Rimni ishg'ol etishi imperiya aholisini larzaga soladi. Yuz yillar davomida rimliklar o'zlarining barcha raqiblari ustidan g'alaba qozonishgan, O'rtayer dengizi bo'ylaridagi barcha mamlakatlarni zabt etishgan, o'zlarini jahon hukmdori hisoblashgan. Rimni esa «boqiy shahar» deya ta’riflashgan. Go'yo rimliklar qudratining so'ngi yo'qdek tuyulardi. Rim qulashi haqida o'sha zamon tarixchisi nadomat bilan shunday yozgan edi: «Butun Yer yuzini bo'ysundirgan jahon shamchirog‘i ham so‘ndi». Rim aholisining ko'pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nes-nobud bo'lib ketishiga ishonar edi. Ammo dunyo halok bo'lmadi. Alarix ham o'ldi, biroq Rimning undan dahshatliroq dushmani - Attila boshchiligida xunn qabilalari paydo bo'ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi. Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar. Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi, ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o'zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar. Milodiy 476-yilda german qabilalarining Rimdagi yollangan qo'shini sarkardasi Odoakr so'nggi imperator Romulni taxtdan ag'darib tashladi va imperator unvoni nishonini Konstantinopolga jo'natdi. Sobiq G'arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldilar. Shu tariqa milodiy 476-yil, G'arbiy Rim imperiyasining qulashi va Qadimgi dunyo tarixning yakunlanish sanasi sifatida tarixga kirdi.
Konstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan. Vizantiya tarkibiga Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit va Kipr orollari kirgan. Sharqiy Rim imperiyasida yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lganidan davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanadi. Sharqiy Rim imperiyasi aholisini yevropaliklar grek (yunon)lar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o‘zlarini rimliklar (yunoncha, romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey) imperiyasi deb hisoblashgan. Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-da, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug‘orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo‘lishi uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlagan. Shuning uchun imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan. Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko‘p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha, senat) bo‘ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo‘lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug‘ilishidan teng huquqli, deb hisoblashgan.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə