9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Kesh haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə16/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

17-BILET 1.Kesh haqida ma’lumot bering. Kesh – tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh hozirgi Kitob o‘rnida bo‘l-gan, keyin 9—10- asrlarda Shahrisabz hududiga ko‘chgan. Kesh nomining xitoycha trans-kripsiyasi 1-marta 7- asrga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sug‘d tilidagi nomi esa 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh hokimi Axur-pat tangalarida hamda 8- asr oilalarida Keshni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fals(tanga)larida ilk bor zikr etilgan. "Kesh" atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bogiiq boiishi mumkin. Boshqa bir fikrga ko`ra (A.Muhammadjonov), "Kesh" toponimining ma’nosi ilk bor— uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto "Kishvar" shaklida esa mamlakat va Vatan kabi ma’nolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-asr oxiri — 7-asr boshlari) Keshga asos solgan boiib, o‘sha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Ya’qubiy-ning yozishicha, Kesh milodiy 7-asr o‘rtalarida yuksalib, Sug'dning bosh shahriga aylangan. Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga ayla-nib ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo`lgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvoza-ga ega edi. 6-asrda arkning g‘arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgoh-ga asos solingan. 7-asr oxiri — 8- asming 1-yarmida Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751-yilda Kesh hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrugi bilan qatl qilingan bo`lib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta o`ljani qo`lga kiritganlar. 775-776 yillarda Kesh viloyati Muqanna qo‘zg‘olonining asosiy markazlaridan biri bo`lgan. Somoniylar davrida Kesh hududi eni va bo‘yiga 1/3 farsax (2 kmga yaqin) maydonni tashkil etgan. Bu vaqtda aholi Keshning ko‘handiz va madinasini tark etgan bo`lib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta-sekin aholi rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz o‘mida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob o‘rnidagi Keshning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bogliq bo`lib, bu nom 14-asrda xalq ongiga uzil-kesil o‘rnashgan. Shunday bo`lsada, shaharning qadimiy nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan. 2.Oktavian Avgust haqida ma’lumot bering. Miloddan avvalgi 44-yilda Yuliy Sezar hukmronli­gi tugaydi. Ammo uning o'ldirilishi respublikaning qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o'rtasida kurash va mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketadi. Rimda Sezarning jiyani (imperator uni asrab olganida Gay Yuliy Sezar Oktavian deb nom bergan) Oktaviy paydo bo'ladi. U Brut va uning tarafdorlariga qarshi kurash boshlaydi. Shimoliy Yunonistonda Brut qo'shinlar to'plab, Rimga jiddiy xavf soladi. Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va respublikachilarni tor-mor etadi. Brut esa Oktavianga asir tushishni xohlamay o'zini qilich tig'iga tashlab halok bo'ladi. Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G'arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o'z qo'liga oladi. Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleotpatraga uylanadi. Nikoh sovg'asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlari) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo'ldi. Miloddan avvalgi 31-yilda Yunoniston qirg'oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o'rtasida jang bo'ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va flot Oktavianga taslim bo'ladi. Keyingi yili Oktavian qo'shinlar bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o'z-o'zini o'ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdori bo'lib oladi. Miloddan avvalgi 29-yilda Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini oladi. U Rim imperiyasining asoschisiga aylanib, bir qator islohotlar o'tkazdi. Oktavian Avgust senatorlar va Rim armiyasi legionlari sonini qisqartirdi. Jangchilarning xizmat muddati 20 yil etib belgilandi. Oktavian Avgust zamonida Rim impe-riyasi armiyasining umumiy soni 300 mingga yetdi. Imperator keng ko'lamda qurilish ishlari olib bordi. Uning davrida Rimda ko'plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi. Oktavian Avgust milodiy 14-yilda vafot etdi. Uning vorislari bo'lmish Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiya inqirozi boshlandi. 3.“Dukchi” atamasiga izoh bering. Dukchi (forscha - yig, duk) - charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan. Turkiston o‘lkasida XIX asrning oxirlarida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlardan biri bu – 1898 yildagi mahalliy xalq-larning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni hisoblanadi. Bu qo‘zg‘o-longa vodiy aholisi orasida Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali (1846-1898) rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi. U oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan. Uni «avliyo» deb hisoblagan aholi qo‘zg‘olonga boshchilik qilishga undagan.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə