9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Shosh haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə12/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

13-BILET 1.Shosh haqida ma’lumot bering. Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shahri. Xarobasi hozirgi Toshkentning eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. Ilk o`rta asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb yuritilgan. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday tasvir hukmdorning malikasi - xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan. X asr tarixiy ma'lumotlariga ko'ra, Binkatning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan bo`lib, ko`handiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Havqal va Ishtahriy) qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi bo‘lgan. 2.Yustinian I haqida ma’lumot bering. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527—565)da erishadi. U kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. Amakisining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi. Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakat-chanlik, qat’iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanmasa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan (Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan). Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yilda sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O‘rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug‘ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini vandallar qirolligini bo‘ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar. Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo‘lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uchraydi. Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qaramasdan, vizantiya-liklar Italiyaning katta qismini bo‘ysundirib, poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi. Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo‘shin yuboradi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatadi. 3.“Iyeroglif” atamasiga izoh bering. Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko'rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan.Qadimgi yunonlar ularni «iyerogliflar» deyishgan («toshdа chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini anglatadi). Iyerogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari bo`lib, miloddan avvalgi 4-ming yillik oxirida qo`llangan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo'lgan. Har bir so‘z o'zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o'rganish ancha qiyin ish bo'lib, savod chiqarish ko'pchilikka ham nasib etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo'yoqlar siyoh vazifasini o'tagan.

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə