9-sinf tarix fanidan imtihon javoblari 2022-2023-o‘quv yili uchun


-BILET 1.Karfagen haqida ma’lumot bering



Yüklə 123,06 Kb.
səhifə17/30
tarix06.06.2023
ölçüsü123,06 Kb.
#115606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
9-sinf. Tarix fanidan imtihon javoblari

18-BILET 1.Karfagen haqida ma’lumot bering. Karfagen (finikiycha Karxadashi – yangi shahar) --Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hoz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.av. 825-yilda barpo qilingan. Puni urushlari (mil.av. 264-146- yil)dagi mag`lubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. Mil. avv. III asr o'rtalariga kelib, Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zab tetishga erishdilar. Bu paytda Shimoliy Afrikaning sohillari, Sardiniya, Korsika orollarini o'z ichiga olgan qudratli davlat – Karfagenning quldorlari Sitsiliya orolining g'arbiy qismini egallab olgan edilar. Aynan Sitsiliya masalasi va O'rtayer dengizida hukmronlikni qo'lga kiritishga intilish Rim va Karfagen o'rtasidagi urush boshlanishiga sabab bo'ladi. Harbiy jihatdan Karfagenning kuchli dengiz floti bo'lgani bois u Rimga qaraganda ancha ustunlikka ega edi. Karfagenning yollanma askarlardan iborat katta qo'shini bo'lgan. Yollanma askarlarning birdan-bir maqsadi harbiy o'ljaga ega bo'lishdan iborat bo'lib, o'zlari uchun qulay bo'lgan istalgan paytda dushman tarafiga o'tib ketar edilar. Bu Karfagen qo'shinlarining zaif tomoni hisoblangan. Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan edi, negaki rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi. Birinchi urushda rimliklar g'alaba qozondilar va Sitsiliyani bosib olib, karfagenliklarni o'zlariga o'lpon to'lashga majbur qildilar. Ikki yildan keyin rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar. Rim O'rta-yer dengizi minta-qasida eng kuchli davlatga aylandi. Bi­roq Karfagen O'rtayer dengizidagi orollar ustidagi urushda Rimning xavfli raqibi bo'lib qolaverdi. Sitsiliyadagi yo'qotishlar uchun o'zlarini taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen quldorlari Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajribali sarkarda Gannibal boshchilik qilgan. Gannibal Ispaniyada yollanma qo'shinlarga qo'mondonlik qilganida biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi. Karfagenning vayron etilishi G'arbiy O'rtayer dengizida yagona xo'jayinga aylanish uchun rimliklar Karfagen bilan janglarga tayyorgarlik ko'ra boshladilar. Rimliklar karfagenliklarga ikki tomondan zarba berishga qaror qilishdi. Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, boshqasi esa Karfagenni bosib olishi kerak edi. Biroq Gannibal barcha rejalarni chalkashtirib yubordi. O'tib bo'lmasdek tuyulgan tog'lardan oshgan Gannibal Italiya hududiga bostirib kirdi va miloddan avvalgi 216-yilda Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etdi. Bu jangda 70 ming rimlik legioner halok bo'lgan. Mag'lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglardan botina olmaganlar. Italiya aholisi Gannibalni qo'llab-quvvatlamadi, chunki Karfagen yollanma qo'shinlari mamlakatni talon-taroj qilib tashlagan edi. Rimlik sarkarda Ssipion kutilmaganda o'z qo'shinlari bilan Afrika qirg'og'iga kelib tushganidan xabar topgan Gannibal Karfagenni himoya qilishga oshiqadi, ammo mil. avv. 202-yilda uning lashkari Zama shahri yaqinida rimliklar tomonidan tor-mor etiladi. Mil. avv. 183-yili Gannibal surgunda yurardi, uni rimliklarga topshirish uchun qo'lga olishga urinishganida, u zahar ichadi. Shu tariqa Rim G'arbiy O'rtayer dengizida mutlaq hokimga aylangan. Suriya va Makedoniyani bosib olgandan keyin rimliklar Karfagenni ham bosib olishga qaror qiladilar. Miloddan avvalgi II asr o'rtalarida rimliklar Karfagenni qamal qildilar. Karfagen shahri aholisi ikki yil o'z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar uylarga hujum qilib, ularni talashar, o't qo'yishar edi. Karfagen o'n yetti kun o't-olov girdobida qoldi. Xalq tajribalari va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko'kka sovurildi. Karfagen esa, Senat qaroriga ko'ra qarg'ish tekkan maskan, deb e’lon qilindi. Bu yerda uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug'ullanish ta`qiqlangan edi. Shunday qilib, mil. avv. 146-yilda Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rim qo'shinlari esa g'alaba sururi, talangan o'lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldilar. 2.Mahmud G‘aznaviy haqida ma’lumot bering. 962-963-yillarda G‘azna viloyatini Alp-tegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib, somoniylar tomonidan e’tisof etilgan. Mahmud G‘aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlat-laridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‘aznaviy Xuroson hududini, so‘ng Xorazm davlatini (1017) ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar. Lekin Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o‘z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Keskin kurashlar natijasida Chag’oniyon va Termiz g’aznaviylarga bo’ysundirilgan. G’aznaviylar bilan qoraxoniylar davlati o’rtasidagi chegara Amudaryo deb e’tirof qilingan. 1024— 25 yillarda Mahmud G’aznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib o’tib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sug’dga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha bo’lgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, g’aznaviylar ta’siriga o’tgan. Bu davrda G’aznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud G’aznaviyning o’g’li va valiahdi Mas’ud G’aznaviy hukmronligi davrida (1030—41) G’aznaviylar davlati o’z qo’l ostidagi hududlami birin-ketin qo’ldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. 3.“Shovinizm” atamasiga izoh bering. Shovinizm – irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o‘taketgan millatchilik. Shovinizm [frans. Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari N.Shoven (Spailchop) nomidan] — millatchilikning oʻta agressiv shakli. Oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy kalondimogʻlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etadi. Shovinist-lar gʻoyaviynazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, oʻz gʻoyalarini tazyiq va zoʻravonlik orqali amalga oshiradi. "Sh" termini 19-asrning 30-yillari Fransiyada paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz milliy ekstremizmning turli koʻrinishlarini ifodalashda qoʻllanila boshladi. Sh. biror boshqa millatning tarixiy taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, jahon tarixidagi oʻrni, milliy, maʼnaviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari bilan natsizm va fashizmga ham oʻxshab ketadi. Sh. koʻp millatli davlatda koʻpincha bir millatning ustuvorligiga, cheksiz imtiyozlarga ega boʻlishiga olib keladi. Baʼzan esa muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi ostida namoyon etib, oʻzga davlatga tazyiq oʻtkazishi ham mumkin. Bu hol buyuk davlatchilik Sh.i sifatida taʼriflanadi. Sh. 20-asrda dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida oʻzining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi.
19-BILET

Yüklə 123,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə