85 Tovar ishlаb chiqаrishning vujudgа kеlishi va rivojlаnishi sаbаblаri


Kеyingi qushilgаn miqdor nаfliligi nаzаriyasi



Yüklə 110,22 Kb.
səhifə5/6
tarix26.04.2023
ölçüsü110,22 Kb.
#107068
1   2   3   4   5   6
85 96 gacha javob

93. Kеyingi qushilgаn miqdor nаfliligi nаzаriyasi.
Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi21 nazariyalarining
dastlabki g‘oyalari XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lib, uning
asoschilaridan biri Kondilyak va Galiani degan iqtisodchilar edi. Keyinchalik uning nisbatan rivojlantirilgan g‘oyalari keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi” degan g‘oya edi. Bu g‘oyaning asoschilari avstriya
maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926),
E.Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviyne’matlar (hamda xizmatlar) ulami ishlab chiqarishga ijtimoiy zamriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovami ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, faqat tovaming nafliligi uning qiymatiga va binobarin, narxiga asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli ko‘rinishdagi ikkita tovaming nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin emas
94. Tovar qiymаti va nаrхining uzаro fаrqlаnish shаrt-shаroitlаri.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab
o'zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o'lchanadi. Mehnat unumdorligining o'zgarishi tovar birligi qiymatining o'zgarishiga sabab bo'ladi. Mehnat unumdorligi o'ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
.95. Qiymаt qonuni.

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi,


mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag'batlantiradi va
mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo'yicha taqsimlanishini tartibga
solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab
chiqaruvchilar o'z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin
ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati
kafolatlangan deb bo'lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika
yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o'z vaqtida qo'llab
turmasalar, ma’lum vaqtdan so'ng o'z ustunliklaridan ajralib qolishlari
mumkin. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining tebranib, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo'lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo'lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo'lgan holda narx < qiymat.

Yüklə 110,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə