85 Tovar ishlаb chiqаrishning vujudgа kеlishi va rivojlаnishi sаbаblаri



Yüklə 110,22 Kb.
səhifə3/6
tarix26.04.2023
ölçüsü110,22 Kb.
#107068
1   2   3   4   5   6
85 96 gacha javob

88. Tovar qiymаtining miqdori.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o‘rtacha boMgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boMgan ish vaqtidir.
Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va
murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga
olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat
ko'paytirilgan yoki darajaga ko‘tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga
olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko‘p miqdordagi
oddiy mehnatga tenglashtiriladi
89. Qiymаt pаrаdoksi≪Qiymat - bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko'pincha qisqacha qilib ≪ishlab chiqarish xarajatlari≫ deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovami ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin.
Endi ulami boshqa ko‘rsatkich - almashuv qiymati ifodalaydi.
Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir≫20. Tovarning o‘zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan y ok i qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz. Aslida, ishlabm chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, aksariyat hollarda
miqdor jihatidan qiymatdan kam bo‘ladi Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali oichanishini
ifodalaydi.
90. Qiymаtning mехnаt nаzаriyasi va kеyingi qushilgаn miqdor nаfliligi nаzаriyasining uzаro аloqаsi hаmdа bir-birini tuldirishi
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralarga sabab bo‘lib, bu borada quyidagi ikki asosiy
yo‘nalish mavjud:
1) qiymatning mehnat nazariyasi;
2) qiymatning naflilik yoki keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi
nazariyasi.

Yüklə 110,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə